Vazir lig I


I BOB. SODDA GAPNING TURLARI



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/35
tarix13.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#57819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
abdullayeva rayhon.

I BOB. SODDA GAPNING TURLARI 

1.1.  Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari 

Gaplar,  kuzatilgan  maqsadning  har  xilligiga  —  maqsadning  yo‘nalishiga 

qarab, quyidagi turlarga bo‘linadi: 

1.  Darak  gaplar:  Derazamning  oldida  bir  tup  o‘rik  oppoq  bo‘lib  gulladi. 



(H.O.) Paxtaning birinchi terimi boshlandi. (“S. Uzb.”) 

2.  So‘roq  gaplar:  Hoy,  qiz!  Qayga?  Maktabga  borasanmi?  (U.)  Bolani 



doktorga ko‘rsatmadingizmi? ( Q.) 

3.  Buyruq gaplar: Bir daqiqadan keyin hamma joyida bo‘lsin.  

  Gapning  bu  turlari  kuchli  emotsionallikka,  shuni  ko‘rsatuvchi  undov 

intonatsiyasiga ega bo‘lish bilan undov gap bo‘ladi. Misollar: Ko‘klam keldi 

(darak  gap).—  ko‘klam  keldi!  (undov  gap).  Havo  qanday?  (so‘roq  gap).— 

havo  qanday!  (undov  gap).  Yana  chog‘ishtiring:  Kecha  o‘zingizning 

oldingizda  aytgan  emasmi?  gapi  (so‘roq  gap)  undov  intonatsiyasi  bilan 

aytilganda,  “kecha  o‘zingizning  oldingizda  aytgan  edi-ku!”  degan 

mazmunni beradi.

1

 



Yuqoridagi  uch  turning  undov  gapga  xos  intonatsiya  olib,  keyingi 

turga  o‘tishi,  buning  emotsionallikni  bildirish  bilan  bog‘lanishi  undov 

gapning  tasnifi  biroz  boshqacharoq  ekanligini  ko‘rsatadi  (“kuchli 

emotsionallik  tusida  bo‘lish  —  bunday  tusga  ega  bo‘lmaslik”  tamoyili), 

lekin  shunday  bo‘lsa  ham,  ularning  yaqinlik,  o‘xshash  tomonlari  bor. 

Masalan, buyruq gap ko‘pincha emotsionallik tusiga ega bo‘ladi:  Yoz keldi! 

kabi  gaplarning  xususiyati  (darak  berish+bu  bilan  o‘zining  juda  se - 

vinganligini, emotsiyani ifodalash) ham shu yaqinlikn i ko‘rsatadi. 

Undov  gaplarga  misollar:  May  tongi.  Havo  qanday  yoqimli!..  Eh,  totli  soz 

chalib o‘tdingiz! (U.) 

Yuqoridagi  turlarning  har  biri  o‘z  ichida  modallik  jihatidan  har  xil 

bo‘lishi mumkin.  Masalan: U boradi. U borar (borsa kerak). U bormoqchi. 

                                                           

1

 

Ғуломов А., Аскарова М., Ҳозирги ўзбек адабий тили.- Т.: Ўқитувчи, 1987, 55-б. 



 


 

U  borsa.  Terak  —  daraxt.  Bularning  hammasi  darak  gap  bo‘lsa  ham,  lekin 

birinchisi xabarni, darakni, hodisaning realligini bildiradi, ikkinchisi gumon 

ottenkasiga ega; uchinchisi maqsadni ifodalaydi; to‘rtinchisi istak, orzu bil -

diradi;  beshinchisi  tasviriy  xarakterga  ega  (terak  jins  jihatidan  daraxtdir  — 

daraxtga  kiradi).  Sen  bording.  Sen  bor  gaplarini  ham  solishtiraylik. 

Birinchisi  —  darak  gap  (kesimi  —  aniqlik  maylidagi  fe’l),  ikkinchisi  — 

buyruq  gap  (kesimi-—  buyruq  maylidagi  fe’l).  Demak,  gapning  turini 

aniqlash  so‘zlovchining  voqelikka  munosabati,  kesimning  qanday  so‘zdan 

bo‘lishi,  kesim  vazifasidagi  fe’lning  formasi,  qaysi  maylda  bo‘lishi  kabi 

hodisalarga bog‘liq. 

Gapning  yuqorida  ko‘rsatilgan  turlari,  maqsadning  har  xil  bo‘lishi 

jihatidan  bir-biridan  farq  qilishi  bilan  birga,  o‘z  ayrim  ohang  strukturasiga, 

grammatik  xususiyatlariga  ham  ega:  har  bir  turning  o‘ziga  mos  keladigan 

formalari  bor.  Bular  gapdagi  elementlarning  tartibi,  tarkibidagi  so‘zlarning 

turi  jihatidan  ham  farq  qiladi:  so‘roq  gaplarda  ko‘pincha  so‘roq, 

bildiradigan  elementlarning  bo‘lishi,  darak  gaplarda  kesimning,  odatda, 

shunga  mos  xarakterdagi  fe’llar  bilan  ifodalanishi  va  b.  Demak,  bu  turlar 

mazmundagi  farq  bilangina  chegaralanmaydi,  bular  logik -grammatik 

hodisadir. 

Xullas,  gapning  yuqoridagi  turlari  bir-biridan  maqsad,  ohang,  o‘z 

tarkibidagi  so‘zlarning  turi  va  tartibi  bilan  ajralib  turadi.  Biroq  bundagi 

uchinchi  va  to‘rtinchi  farqlar  (gap  tarkibidagi  so‘zlarning  turi  va  tartibi) 

qat’iy, doimiy belgilar emas. 

Yuqoridagi  misollardan  bilinadiki,  gapning  bu  turlarida  fikr  materiali 

boshqa  bo‘lib  ketmaydi  (sen  kitobni  o‘qiding.—  sen  kitobni  o‘qidingmi?— 




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin