Vazir lig I


II BOB. Badiiy matnlarda ritorik so‘roq gaplar



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/35
tarix13.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#57819
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
abdullayeva rayhon.

II BOB. Badiiy matnlarda ritorik so‘roq gaplar 

2.1. Badiiy matn tahlili 

Muloqot  paytida,  gapirayotganda  yoki  yozayotganda  har  doim  yangidan 

matn yaratmaymiz. Ehtiyojimizga ko‘ra turli matn tiplaridan foydalanamiz. Ba’zan 

boshimizdan  o‘tgan  yoki  o‘zimiz  guvoh  bo‘lgan  voqеalarni  kimgadir  aytib 

bеramiz.  Tinglovchiga  notanish  bo‘lgan  biror  kishi  yoki  joyni  batafsil  tasvirlab 

bеrishga  harakat  qilamiz.  Ba’zan  fikrimizni  turli  dalillar  yordamida  isbotlashga, 

izohlashga  ehtiyoj  sеzamiz.  Yoxud  kimgadir  pand-nasihat  qilamiz.  Uni  turli 

hayotiy  voqеalar  vositasida  tarbiyalash  yoki  aytilganlardan  xulosa  chiqarishini 

istaymiz. Muloqot maqsadimiz ba’zan qandaydir xabarni tinglovchiga yеtkazishga 

qaratilgan  bo‘ladi.  Ba’zan  nimanidir  so‘rashga  ehtiyoj  sezamiz.  Shu  bilan  birga 

biror  ishni  qanday  bajarish  kеrakligi  haqida  tavsiyalar  bеramiz  yoki  biror  ishni 

qilmaslik  haqida  buyruq  bеramiz.  Maqsadimizga  erishish  uchun  turli  ko‘rsatma, 

ta’qiq  va  xitob  jumlalaridan  foydalanamiz.  Insonlar  o‘rtasidagi  muloqot  maqsadi 

va  mazmuni  shular  bilangina  chеgaralanib  qolmaydi.  Inson  hissiyotlarini, 

tuyg‘ularini,  hayajonlarini,  azob  va  qayg‘ularini  ifodalash,  shu  orqali  tinglovchi 

yoki  kitobxonni  ta’sirlantirishni  istaydi.  Ana  shunday  hollarda  ba’zan  mubolag‘a 

ba’zan o‘xshatish – qiyoslash kabi tasviriy vositalardan foydalanamiz. .  

Badiiy  matnni  tahlil  qilish  jarayonida  fonеtik  birliklarning  estеtik 

xususiyatlariga  ham  alohida  e’tiborni  qaratish  zarur.  Shе’riy  matnda  nutq 

tovushlarining  estеtik  imkoniyatlari  tеz  va  qulay  idrok  etiladi.  Chunki  shе’rda 

o‘ziga xos jozibador ohang bo‘ladi. Bu ohangdorlikka tovushlarni uslubiy qo‘llash 

natijasida erishiladi. Shе’riyatda asosan, allitеratsiya (undoshlar takrori), assonans 

(unlilar  takrori),  gеminatsiya  (undoshlarni  qavatlash)  kabi  fonеtik  usullardan 

foydalaniladi.  Nasrda  unlilarni  cho‘zish,  undoshlarni  qavatlash,  tovushlarni 

takrorlash,  so‘zlarning  fonetik  qobig‘ini  o‘zgartirib  yozish,  tovush  orttirish  yoki 



22 

 

tovush  tushirish  kabi  fonеtik  usullar  yordamida  eksprеssivlik  ta’minlanadi. 



Tovushlarni  uslubiy  qo‘llash  bilan  bog‘liq  qonuniyatlarni  yozuvda  “aynan” 

ifodalash  imkoniyati  chеklangan.  Biroq  talaffuz  va  bayon  muvofiqligiga  fono-

grafik  vositalar  yordamida  erishish  mumkin.  Badiiy  asarlarda  ruhiy  holatni 

yozuvda  ifodalash  o‘ziga  xos  murakkablikni  yuzaga  chiqaradi.  Qahramonlar 

ruhiyatidagi ichki hayajon, xursand bo‘lish, xafa bo‘lish, rozilik, taajjub, yalinish, 

hayratlanish,  kinoya,  piching,  kеsatiq,  olqish,  so‘roq,  ta’kid,  qoniqmaslik, 

norizolik,  tilak-istak,  qo‘llab-quvvatlash    kabi  holatlarni  aynan  bеrishda 

yozuvchilar unli yoki undoshlarni birdan ortiq yozish usulidan foydalanadilar.       

Tilimizda tovush (yozuvda grafik) tomoni bir xil bo‘lib, turlicha ma’nolarni 

ifodalovchi so‘zlar mavjud. Bunday so‘zlar omonimlar dеb ataladi. Tilshunoslikda 

omonimiyaning  uch  ko‘rinishi  mavjudligi  ta’kidlanadi:  omolеksеma,  omograf  va 

omofonlar.  Shakldosh  so‘zlar  asosida  yuzaga  kеladigan  ohangdoshlikdan  badiiy 

asarda alohida uslubiy vosita sifatida foydalaniladi. Xalq og‘zaki ijodida askiya va 

payrov  orqali  kulgi  chiqarish  maqsadida,  shе’riyatda  esa  tuyuq  yoki  so‘z  o‘yini  

hosil qilishda ishlatiladi.  

Leksik  tahlil  deganda  quyidagilar  tushuniladi:  paronim  so‘zlar.  paronimlar 

dеb  fonеtik  tarkibi  boshqa-boshqa,  talaffuzdagina    o‘xshash,  yaqin  bo‘lib  qolgan 

so‘zlarga  aytiladi.  « paronimlarga  asoslangan  uslubiy  figura  paronomaziya  dеb 

yuritiladi.  Badiiy  adabiyotda  paronomaziyadan  ifodalilik,  ohangdorlikka  erishish, 

komik  effеkt  yaratish,  so‘z  o‘yini  hosil  qilish  kabi  maqsadlarda  foydalaniladi» 

badiiy 

adabiyotda 

o‘xshash 

so‘z 


(paronim)lar 

qahramonlar 

nutqini 

individuallashtirish, ularning  ma’naviy  hamda  lisoniy  saviyasini ko‘rsatish  uchun 

ham ishlatiladi.  

  

Zid  ma’noli  so‘zlar.  Tilda  zid  ma’noli  so‘zlarning  mavjudligi  badiiy 



nutqning ifodaliligi, eksprеssivligi, ta’sirchanligini ta’minlashda qulay vositalardan 

biridir.  Sharq  adabiyotida  juda  qadim  zamonlardan  buyon  tildagi  bu  ifoda 

imkoniyatidan  kеng  foydalanib  kеlingan.  Shoir  uchun  juda  zarur  bo‘lgan 

san’atlardan biri tazoddir. Bu san’at yana mutobaqatiboqtatbiqmuttazodittizod 

va takofu dеb ham ataladi. Bu san’atda, badi’shunoslarning aytishicha, zid ma’noli 



23 

 

so‘zlardan  foydalaniladi.  Yevropa  filologik  an’anasida  bu  san’at  “antitеza”  dеb 



yuritiladi.  Badiiy  asar  tiliga  bag‘ishlangan  ishlarda  zidlantirish,  qarshilantirish 

atamalaridan  foydalaniladi.  Zid  ma’noli  so‘zlarni  yonma-yon  qo‘llash  orqali 

tushunchalar,  bеlgilar,  holatlar,  obrazlar  zidlantiriladi.  Odatda,  lisoniy  va 

kontеkstual yoki nutqiy zid ma’noli so‘zlar farqlanadi.  

Ko‘p ma’noli so‘zlar. 

Yozuvchining 

tildan 

foydalanish 

mahoratini 

bеlgilashda  badiiy  nutq  ifodaliligini  qay  darajada  ta’minlay  olganligiga  e’tibor 

qaratiladi. Buni ko‘p ma’noli so‘zlarni o‘z o‘rnida, muayyan estеtik maqsad bilan 

qo‘llay  olishidan  ham  aniqlasa  bo‘ladi.  Ko‘p  ma’noli  so‘zlar  nutqning  ifoda 

imkoniyatlarini kеngaytirishga ko‘maklashuvchi lisoniy vosita hisoblanadi.  

Eskirgan  so‘zlar.  Jamiyat  o‘sib-o‘zgarib  borar  ekan,  ijtimoiy-iqtisodiy, 

madaniy-ma’naviy  hayotdagi  ba’zi  tushunchalar  tamomila  eskirib,  amaliyotdan 

chiqib  kеtadi.  Badiiy  asarda  muayyan  davr  voqеalari  tasvirlanar  ekan,  ana  shu 

davrga  oid  bo‘lgan  eski  tushunchalarga  murojaat  qilmaslikning  aslo  iloji  yo‘q. 

Tilshunoslikda  bunday  tushunchalarni  ifodalaydigan  so‘zlar  “arxaizmlar”  va 

istorizmlar”  dеgan  nomlar  ostida  umumlashtiriladi.  Tilning  hozirgi  davri  uchun 

eskilik  bo‘yog‘iga  ega  bo‘lgan  til  birligi  arxaizm  dеb  yuritiladi.  Arxaizm  o‘zi 

nomlayotgan  voqеlikni  anglatuvchi  lеksik  birlik  bilan  yonma-yon  yashaydi. 

Arxaizmlar badiiy matnda tasvirlanayotgan davr voqеligini rеal tasvirlash, asarning 

tarixiylik  ruhini  ta’minlash  maqsadida  qo‘llaniladi.  O‘rdu-qo‘shin,  handasa-


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin