Vazir lig I



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/35
tarix13.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#57819
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
abdullayeva rayhon.

Buyruq gaplar 

Buyruq  gap  tinglovchini  biror  narsaga  —  biror  ishni  bajarishga 

buyurish,  qistash  mazmunini,  shu  bilan  bog‘langan  boshqa  ma’nolarni  ham 

ifodalaydi.  Bu  mazmunning  turli  ko‘rinishlari  bor  (do‘q,  qat’iy  buyruq, 

iltimos,  yalinish,  nasihat,  taqiqlash,  ogohlantirish,  ruxsat,  chaqirish,  taklif, 

tilak-istak  va  boshqalar).  Shunga  qarab,  buyruq  gap  o‘z  ichida  har  xil 

ko‘rinishlarga  ega  bo‘ladi:  1.  Sof  buyruqni  bildiradi  (Tez  bor!).  2.  Ba’zan 

shu  ishni  bajarishga  undash,  qistash  ottenkasiga  ham  ega  bo‘ladi  (tezroq 



olsang-chi!).  3.  Ba’zan  bu  mazmun  iltimos  yo‘li  bilan  beriladi   (menga  so‘z 

bering).  4.  Buyruq  maslahat  tariqasida  bo‘lishi  mumkin  (yaxshisi,  bugun 

kutubxonaga  bor).  5.  Bunday  gap  so‘zlovchining  istagini,  tilak-maqsadini 

anglatishi mumkin: yashasin dunyoda doim ishchi -dehqon birligi! Bugun bir 

muzeyga  boray.  6.  Ba’zan  chaqirish-undash  ottenkasi  bilan  bog‘lanadi  (fan 

cho‘qqilari tomon olg‘a!) va b. 

Bu  turlar so‘zlashuv  nutqida  intonatsion  jihatidan  bir-biridan sezilarli 

darajada  farq  qiladi.  Intonatsiya  o‘sha  gaplarning  ichki  turini,  har  xil 

ottenkalarini  ko‘rsatishda  katta  ahamiyatga  ega:  har  bir  ko‘rinishning, 

ottenkaning o‘ziga xos intonatsiyasi bor. 

 Buyruq gapning grammatik, intonatsion xususiyatlari:  

1.  Gapning  bu  turi  buyruq  intonatsiyasiga  ega  bo‘ladi.  Bu  intonatsiya 

darak  gapnikiga  nisbatan  kuchli  bo‘ladi.  Keskin  buyruq,  do‘q  bildiradigan 

gaplarda  intonatsiya  ayniqsa  kuchli  —  yuqori  bo‘ladi:  buyruqni 

ifodalaydigan  bo‘lak  kuchli  aytiladi.  Buyruq  gapning  mazmunidagi  har 

xillikka  qarab,  uning  intonatsiyasi  ham  turlicha  bo‘ladi.  Misol  uchun 

quyidagi  gaplarning  intonatsiyasini  solishtiring:  “Biqin  zolim  boylar! 



Maydonga  chiq,  ishchilar!  Ishchilar,  uyg‘on,  uyg‘on!  (H.  H.)  Suhbat 

aylaylik,  kelinglar,  jo‘ralar,  o‘rtoqlar.  (M.)  Nomimni  tilingga  olma,  e 


18 

 

olchoq!  (G‘.G‘.)  Paxta  tersang,  toza  ter!  Chanog‘ida  qolmasin! 



(ashuladan.)  O‘ltirishga  bir  hikoyat  aylayin.  O‘rtoq  lenin  ishin  so‘zman 

boshlayin. (E J.) So‘zlab beray zaynab va omon sevgisidan yangi bir doston . 

(H.O.)  Opa,  shu  hikoya  kitobini  menga  bering.  («erkatoylar  orasida» 

ocherkidan.)”

6

 

Iltimos,  yalinish,  maslahat,  ruxsat  etish,  istak-orzu  kabi  ma’nolar  bilan 

bog‘langan buyruq gaplarning intonaqiyasi sof darak gapning ohangiga juda 

yaqin bo‘ladi. Demak, bunda intonatsiya mazmundagi turli ottenkalarni, har 

xilliklarni  ko‘rsatish  vositasi  bo‘ladi:  ber!  (buyruq).—  ber  (iltimos, 

maslahat,  yalinish).  Bunday  ottenkalarni  ifodalashda  ba’zan  ayrim  yuk - 

lamalar ham qatnashadi. Misollar: Dasturxonni menga ber-chi! Qani, menga 

musht ko‘tarib ko‘r-chi! 

2.  Bu  tipdagi  gapning  kesimi,  odatda,  buyruq  maylining  ikkinchi 

shaxsi  formasidagi  fe’ldan  bo‘ladi.  Misollar:  Ayting,  nega  meni  onam 

tug‘madikan  ilgari,  million-million  ko‘ngillilar,  partizanlar  singari. 

(G‘.G‘.)  Fanlar  o‘lkasidan  oshing  dovonlar.  (O.)  Qo‘lingdan  kelgancha 

chiqar yaxshi ot, yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot. (F. Y.) 

Kesim birinchi shaxsni ko‘rsatuvchi istak maylida bo‘lganda, istak -qat’iylik 

(birlikda), ishni bajarishga boshqalarni ham undash, iltimos (ko‘plikda) kabi 

ma’nolar ifodalanadi. Misollar: Men aytayin ko‘rganim ham bilganni. (E. J.) 

Kesim  buyruq  maylining  uchinchi  shaxs  formasidagi  fe’ldan  bo‘lganda, 

ikkinchi  shaxs  orqali  aytilgan  buyruq  yoki  istak  mazmuni  ifodalanadi. 

Misollar:  U borsin! O‘rtoq komandir, men keksani quvontir dingiz, umringiz 

uzoq bo‘lsin. Partiyamiz, jonajon, doimo bo‘lsin omon! (M. B.) 

3.Buyruq  maylining  uchinchi  shaxs  (birlik)  formasidagi  fe’l  kesim 

majhul  nisbatda  bo‘lganda,  odatda,  umumiy  buyruq  mazmuni  kelib  chiqadi 

(chog‘ishtiring:  borsin,  kelsin  kabi  xollarda  ikkinchi  shaxs  orqali  uchinchi 

shaxsga  qaratilgan  buyruq  ma’nosi  kelib  chiqadi.  Ba’zan  bu  ham  ikkinchi 

                                                           

6

 

Ғуломов А., Аскарова М., Ҳозирги ўзбек адабий тили.- Т.: Ўқитувчи, 1987, 63-б. 



 


19 

 

shaxs uchun qo‘llanadi). Misollar: zalda chekilmasin! Tartib saqlansin! 



Bu  forma  ayrim  stilistik  talab  bilan  ikkinchi  shaxsga  qaratilishi  ham 

mumkin.  Misol:  Sobirjon,  nega  qarab  turibsiz?  Muzikani  boshlash  haqida 



komanda berilsin. 

4.Bunday  gaplarning  kesimi  ba’zan  shart  mayli  formasida  bo‘ladi. 

Misollar:  Shu  kunlarda  bir  yomg‘ir  yog‘sa  (yog‘sa  edi).  Majlis  ertaga 

qoldirilsa (qoldirilsa, edi). Bu tipdagi gap, odatda, istak, iltimos ma’nolarini 

anglatadi  va  darak  gapga  yaqin  intonatsiyaga  ega  bo‘ladi.  Bu  tip  shartli 

ravishda buyruq gapga kiritiladi. 

5.Aniqlik  maylidagi  yaqin  o‘tgan  zamon  fe’li  ba’zan  intonatsiya 

yordami  bilan  buyruq  gap  hosil  qilishi  mumkin.  Misollar:  Qani,  ketdik! 

Qani, ishga tushdik! 

6.Buyruq gapning kesimi ko‘pincha buyruq  maylidagi fe’ldan bo‘ladi, 

shunga  ko‘ra  bu  gap  undov  intonatsiyasi  bilan  bog‘langan  bo‘ladi. 

Anglashiladiki,  buyruq  gaplarning  kesimi  vazifasidagi  fe’l  buyruq  mayli 

formasida bo‘lganidek, boshqa maylda ham kela oladi. 

7. Buyruq gap ko‘pincha undalmali va undovli bo‘ladi. Masalan:  Hoy, 



tezroq  yuringlar!  Kolxozchilar,  g‘alabangiz  muborak!  Kel,  shu  kampirning 

so‘zini ham eshitaylik. Bu gapdagi kel so‘zi undovga ko‘chgan fe’ldir. 

8.Boshqa  vositalar  bo‘lmaganda,  buyruq  gap  intonaqiya  yordami 

bilangina  tuziladi.  Bunday  vaqtda  intonatsiya  orqali  shu  gap  ikkinchi 

shaxsga  nisbatan  buyruq  ma’nosini  ifodalaydi.  Misollar:  Qo‘ng‘iroqni 



chalish  kerak!  (qo‘ng‘iroqni  chaling!)  Maktabga!  (maktabga  yig‘ilingiz!) 

Olg‘a!  (olg‘a  bosingiz!)  Bolg‘a!  (bolg‘ani  bering!)  Qattiqroq!  Qattiqroq! 

(qattiqroq  gapiring!)  Ko‘rinadiki,  buyruq  gapning  bu  turlari  to‘liqsiz  gap 

bilan ham bog‘lanadi. Bu gaplar kuchli ohang bilan aytiladi. 

           Xulosa  o‘rinida  shuni  aytish  mumkinki,  ritorik  so‘roqda  javob 

gapning  o‘zidan  anglashilib  turadi,  so‘zlovchining  o‘zi  javob  beradi. 

Masalan:  Shunday  go‘zal  vatan  bormi  jahonda?!  E,  uka,  inson  qila 

olmaydigan  ish  bor  ekanmi?!  Ritorik  so‘roq  gaplarda  javob  talab  qilmaydi. 



20 

 

Bunda  so‘roq  yo‘li  bilan  tasdiq  mazmuni  beriladi  (yashirin  tasdiq).  So‘roq 



gapning  bu  turi  fikrni  emotsional  tusda,  kuchli,  ifodali,  ta’sirli  qilib  beradi. 

Masalan:  Bolani  kim  sevmaydi?!  (“hamma  sevadi”).  Yashirin  inkor 

mazmuniga  ega  bo‘lgan  so‘roq-inkor  gaplar  ritorik  so‘roq  gapning  bir 

ko‘rinishidir. 




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin