Vazir lig I



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/35
tarix13.05.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#57819
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
abdullayeva rayhon.

1.2.  Ritorik so’roq gaplar 

So‘roq  gap,  odatda,  so‘zlovchiga  noma’lum  bo‘lgan  biror  narsa  haqida 

xabar  bilish,  shu  to‘g‘rida  ma’lumot  olish  maqsadida  ishlatiladi  va  shu 

xabarni anglatuvchi javobni talab qiladi; lekin uning so‘roq bildirmaydigan, 

javob  talab  qilmaydigan  ko‘rinishlari  ham  bor.  Masalan:  “Karima  xolani 

to‘yga  toshkentdan  tez  chaqirish  kerak.  Nima  qilamiz?”—  dedi  chol. 

Kattalarning  suhbatini  jim  tinglab  o‘tirgan  turg‘un,  cholning  nevarasi, 

birdan  gapirib  yubor-  di:  “telegraf-chi?!”  (ikkinchi  misoldagi  “telegraf-

chi?  Gapi  so‘roq  yo‘li  bilan  taajjub,  ta’kid,  uqtirish,   xabar  bildiradi: 

“telegraf  bor-ku!”  degan  ma’noda).  Bunday  ko‘rinishlar  ham  aslida  javob 

talab  qiladigan  so‘roq  gapdan  kelib  chiqadi.  So‘roq-darak  gap  o‘z  ichki 

xarakteri bilan darak gapga to‘g‘ri keladi; bundan tashqari, u xabarni darak 

gapdagiga nisbatan kuchli ravishda, qat’iy tusda bayon qiladi. So‘roq tusiga 

ega  bo‘lgan  (tashqi  tomondan),  lekin  so‘roq  bildirmaydigan,  demak,  javob 

talab  qilmaydigan  bunday  gaplar,  odatda,  asosiy  holatga  emotsionallik 

hodisasini  qo‘shadi:  qat’iy  tusda  ifodalangan  hukm+emotsional  moment. 

Masalan:  Bizdan  baxtli  bormi,  yoronlar?!  (A.  M.)  Bu  gap  “dunyoda  bizdan 



baxtli  odam  yo‘q,  biz  eng  baxtli  odammiz”  degan  mazmunni  emotsionallik 

bilan,  kuchli  ravishda  ifodalaydi.  Bunday  so‘roq  ritorik  so‘roq  deyiladi. 

Ritorik  so‘roq  va  javob  gapning  o‘zidan  anglashilib  turadi,  so‘zlovchining 

o‘zi  javob  beradi.  Masalan:  Shunday  go‘zal  vatan  bormi  jahonda?!  E,  uka, 



inson qila olmaydigan ish bor ekanmi?! (A. Q.) 

Ritorik  so‘roq  gapda  kesim  ko‘pincha  bo‘lishsiz  formada  bo‘ladi, 

lekin  tasdiqni  bildiradi.  (Buni  kim  bilmaydi?!—“hamma  biladi”);  bo‘lishli 

formada bo‘lganda, inkorni bildiradi (yutuqlarimizni kim inkor qila oladi? —

“hech  kim  inkor  qila  olmaydi”).  Demak,  ritorik  so‘roqda  kesim  tasdiq  yo 

inkor  kategoriyasi  jihatidan  bu  formaning  aksini  bild iradi.  So‘roq,  odatda, 




11 

 

inkor ma’nosining elementlariga ega bo‘ladi.



4

 

Yuqoridagi  xususiyatlari  jihatidan  so‘roq  gaplar  shunday  yirik 



gruppalarga bo‘linadi: 

1.  Sof  so‘roq  gaplar  (asl  so‘roq  gaplar).  Bular  javob  talab  qiladigan  

so‘roqni  ifodalaydi.  Masalan:  Bugun  qayerga  borasan?  Bunday  so‘roq 

gaplar  shubha,  taajjub  kabi  ottenkalarga  ham  ega  bo‘la  oladi.  Bunday 

ottenkani og‘zaki nutqda intonatsiya ko‘rsatadi. 

2.  Ritorik  so‘roq  gaplar.  Bunday  gaplar  javob  talab  qilmaydi.  Bunda 

so‘roq yo‘li bilan tasdiq mazmuni  beriladi (yashirin tasdiq). So‘roq gapning 

bu turi fikrni emotsional tusda, kuchli, ifodali, ta’sirli qilib beradi.  Masalan: 



Bolani  kim  sevmaydi?!  (“hamma  sevadi”).  Yashirin  inkor  mazmuniga  ega 

bo‘lgan  so‘roq-inkor  gaplar  ritorik  so‘roq  gapning  bir  ko‘rinishidir. 

Masalan:  Bolani  sevmaydigan  odam  bormi?  (“yo‘q”)  ertalab  gimnastika 

qilmay  bo‘ladimi?  (“bo‘lmaydi”)  ritorik  so‘roq  gapda:  a)  yashirin  javob, 

uning  konkret  mazmuni  shu  gapning  o‘zidan  bilinib  turadi.  (Bolani  kim 



sevmaydi?!—“hamma  sevadi”);  b)  ba’zan  shu  tasdiq  eslatiladi,  lekin  uning 

konkret  mazmuni  yana  bir  gap  keltirish  bilan  ochiladi.  Masalan:  Men senga 



nima degan edim?! “Majlisga kechikma!”— degan edim-ku! 

3.  So‘roq-buyruq  gaplar.  Bunday  gaplar  so‘roq  yo‘li  bilan  buyurish 

ottenkasini  ham  beradi.  Masalan:  Majlisga  tezroq  bormaysizmi?!  (“tezroq 


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin