Vazirligi b. M


Tasma qalinligining asosiy tenglamasi



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə46/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

Tasma qalinligining asosiy tenglamasi


Tasma qalinligi ko„pgina ko„rsatgichlarning funktsiyasi xisoblanadi, bunda bitta tasma chegarasida yoki tasma partiyasi keng chegaralarda o„zgaradi. Tasma qalinligi va prokatlash jarayoni ko„rsatkichlari o„rtasidagi bog„kiqlikni o„rnatish tasma yakuniy qalinligini va turli buzilishlar tufayli paydo bo„ladigan og„ishlarni taxmin qilish imkonini beradi.


Jo„valar orasidagi aniqlangan oraliqda egri plastiklik va klet egilish deformatsiyasi tengligini birgalikda ishlab tasma qalinligining asosiy tenglamasini aniqlaymiz. (4.6 - rasm) da bu yechimning grafik ko„rinishi keltirilgan.
Kletning egilish deformatsiyasi chizig„i NM va egri plastiklik KL kesishmasi belgilangan kenglik uchun C nuqtani beradi, tasma yakuniy qalinligi h abtsissni belgilaydi, ordinata esa bu qalinlikga javob beruvchi prokatlash kuchini belgilaydi.




    1. - rasm. Polosa qalinligi asosiy tenglamasining xulosa sxemasi

(4.6 - rasm) dan kuzatiladiki tasma qalinlik tenglamasi
ℎ = 𝑆 + 𝛿 = 𝑆 + 𝑃/𝑀к, (4.2)

bu yerda S - jo„valar orasidagi boshlang„ich oraliq; P - prokatlash kuchi; 𝑀к - klet qattiqlik moduli.


Bu tenglama texnik adabiyotlarda Golovino - Sims tenglamasi deb ataladi.
Klet egilish deformatsiyasi N'M' chizig„ining kesishmasi (4.6 - rasm) jo„valar orasida boshlang„ich oraliqning yo„qligiga xizmat qiladi, egri plastiklik KL C' nuqtasini belgiladi, abtsissa yakuniy qalinlik ℎ1 ni ko„satadi.
Klet egilish deformatsiyasi chizig„i N''M'' kesishmasi (4.6 - rasm) jo„valar orasidagi nisbiy boshlang„ich oraliqga javob beradi (jo„valar bir biriga ayrim kuch bilan yaqinlashtiriladi), egri plastiklik KL C'' nuqtasini beradi, abtsissa yakuniy qalinlik ℎ2 ni aniqlaydi.




    1. - rasm. Bikirlik moduli a - jo„valar orasidagi masofa b - polosa cho„zilishi d - va prokatlash kuchi e - larni polosaning yakuniy qalinligiga tasiri

(4.2) tenglamasiga ko„ra tasmaning yakuniy qalinligi bir qator ko„rsatkichlarga bog„liq. (4.7 - rasm) da klet qattiqlik moduli ta‟siri, jo„valar orasidagi boshlang„ich oraliq, prokatlash kuchi va silliqlash yakuniy qalinligida tasmalarni cho„zish ko„rsatilgan.


(4.7 a - rasm) ga ko„ra klet qattiqlik moduli ortganda tasma qalinligi kamayadi. Chunki klet qattiqlik moduli o„sganda 𝛼1 dan 𝛼2 gacha tasma qalinligi ℎ1 dan ℎ2 gacha kamayadi.
Jo„valar orasidagi oraliq 𝑆1 dan 𝑆2 gacha ortganda (4.7 b - rasm) yakuniy
qalinlikni ℎ1 dan ℎ2 gacha o„sishiga olib keladi.
Tasmani cho„zish (4.7 d - rasm) prokatlash kuchi orqali qalinlikka ta‟sir ko„rsatadi. 𝑇1 dan 𝑇2 gacha cho„zishning o„sishi bilan kuch 𝑃1 dan 𝑃2 gacha kamayadi, bu esa tasma qalinligining kichrayishiga olib keladi.
Prokatlash kuchi (4.7 e - rasm) tasma qalinligiga sezilarli ta‟sir ko„rsatadi: S jo„valari orasidagi doimiy oraliqda 𝑃1 dan 𝑃2 gacha kuchning o„sishi ℎ1 dan ℎ2 gacha tasma qalinligining ortishiga olib keladi.

    1. Yüklə 4,96 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin