Vazirligi b. M


Navli po„latni nazoratli prokatlash



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə43/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

Navli po„latni nazoratli prokatlash


Nazoratli prokatlash qotishma va po„latlarni plastik qayta ishlash jarayonining bir turi xisoblanadi, qayta ishlashning turli bosqichlarida metallni sovutishning berilgan rejimlarida, jarayonning deformatsion va harorat ko„rsatkichlarida, qat‟iy belgilangan kimyoviy tarkibiga ko„ra aniqlanadi. Nazoratli prokatlash amalga oshirish berilgan strukturani mahsus turdagi strukturani va mustaxkamlash fazalarini olish imkonini beradi, bunda bir vaqtning o„zida metallning mustaxkamligi va qovushqoqligi ortadi yoki unga mahsus xossalar beriladi.


Navli profillar ishlab chiqarishda qo„llaniluvchi nazoratli prokatlash jarayoni bir qator hollarda odatiy texnologiyalarda ishlab chiqariluvchi yuqori sifatli prokatlar bilan raqobatlasha oladi. Biroq profil tuzilishining murakkabligi va prokatlash tezligining kattaligi prokatlash jarayonida taxlamni ezish uchun ma‟lum qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.
Nazoratli prokatlash bir vaqtning o„zida po„latning mustaxkamlik, plastiklik, cho„ziluvchanligini oshiradi. Nazoratli issiq prokatlash natijasida mustaxlamlik, plastiklik va cho„ziluvchanlikning optimal birligini olish uchta strukturali omillarga bog„liq: 1) strukturali maydalash (mayda va birjinsli donalar olish); donani maydalab po„latni mustaxkamlash natijasi 20…30 %; 2) dispersion mustaxkamlash; 3) poligan substruktura olish. Sanab o„tilgan omillardan asosiy o„rinni birinchi va uchinchi usul egallaydi. Donalarni maydalash metallning cho„ziluvchanlik hossasi va monoton mustaxkamlikni oshishini ta‟minlaydi, poliganlashgan substrukturani olish esa mustaxkamlikni oshirish bilan bir qatorda
yuqori plastiklikni saqlashga imkon beradi. Dispers mustaxkamlash zarur emas chunki mustaxkamlik hossalari sezilarli darajada ortganda, qovushqoqlik va plastiklik tezda kamayadi. Kamlegirlangan po„latlarni nazoratli prokatlashda ajralgan dispers karbonitridlar donalarni maydalovchi asosiy usul sifatida qo„llaniladi.
Bunday holatda donalarni maydalash va substruktura olish - mustaxkamlikni oshiruvchi maqsadli mehanizm xisoblanadi. Nazoratli prokatlashda boshqaruvchi ko„rsatkichlarga: austenizatsiya harorati (prokatlashda qizdirish harorati) haroratni va deformatsiyalangan prokatlash rejimi (prokatlash so„ngidagi harorat); siqish va bo„shatish bo„ylab taqsimlash va ayniqsa yakuniy bo„shatishda chiqish kattaligi; bo„shatishlar orasidagi to„xtatishlar vaqti (deformatsiyalanish orasidagi tutilishlar); yakuniy sovutish rejimi. Biroq bo„shatishlar orasida metallni tabiy sharoitda havoda sovutish vaqtining ortishi xisobga ko„ra deformatsiyalanishning yakuniy haroratining pasayishi prokatlash stanining samaradorligining pasayishini harakterlaydi. Yaxshilangan hossali prokat ishlab chiqarishda stan yuqori samaradorligini ta‟minlash uchun deformatsiyalararo tutilishlarda tezlashtirilgan metallni sovutishni qo„llash maqsadga muvofiq.
Nazoratli prokatlashda po„latning mexanik xossalarini oshirish deformatsiyalanuvchi austenitning rekrisstallanish jarayonini sekinlashtirishga asoslangan, bu esa ikki yo„l bilan amalga oshiriladi.
Birinchi usul: po„latni eritishda unga kuchli karbidsimon elementli mikralegirlash qo„shimchalari qo„shiladi (niobiy, vadaniy va boshqalar) ular donalarni maydalashga va austenitni rekristallanishni to„xtatishga xizmat qiladi, dispers qattiqlashish va uning mo„rt parchalanishga qarshiligini oshirish xisobiga po„lat mustaxkamlanadi. Bunday usul listli prokatlash ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Ikkinchi usul: jadal deformatsiyalanishidan so„ng sovutishni qo„llash, mikrolegirlovchi qo„shimchalarsiz po„lat sifatlarini oshirishga imkon beradi. Tekshiruvlar shuni ko„rsatadiki, kamlegirlangan va uglerodli po„latlarni davomiy sovutishli austenit maydoni nisbatan past harortda deformatsiyalanishi zarur.
Prokatlash sifatini yaxshilashning bunday usuli avfzal xisoblanadi, chunki bunda prokatlash stani oqimida kamlegirlangan po„latlar va uglerodli po„latlarning keng tarqalgan sifatlarini oshirishga imkon yaratiladi.
Nazoratli prokatlash jarayonini quyidagi uchta bo„limga bo„lish mumkin.

  1. 1000ºC xaroratdan yuqori prokatlash. Bunda austenit donasining defor- matsiyalanishi uning bo„shatishlar orasida to„xtalishlar vaqtida rekristallanish bilan almashadi. Natijada austenit donasi maydalanadi.

  2. 𝐴𝑟3 - 950ºC xarorat oralig„ida prokatlash, bunda austenit donasi uzayadi va deformatsiyada ko„p sonli tasmalar hosil bo„ladi, bu esa ferritning mayda strukturasini ta‟minlaydi.

  3. 𝐴𝑟3 nuqtasidan past xaroratda prokatlash (tekstura hosil bo„lish davri) prokatlashning sovuqlay turg„unligi va mustaxkamligini ortishiga hizmat qiladi.

Po„latning mexanik hossalariga ta‟sir etuvchi nazoratli prokatlash ko„rsatkichlariga yagona bo„shatish deformatsiyalanish darajasi va bir necha bo„shatishda umumiy deformatsiyalanish darajasi, deformatsiya tezligi, deformatsiyani bo„lish, bo„shatishda xususiy siqishni o„zgarishiga bog„liq.
Po„lat hossasi va tuzilishi deformatsiya rejimiga ta‟sir o„tkazadi, ya‟ni doimiy deformatsiya yig„indisida bo„shatishlar bo„ylab siqishni harakterlaydi. Prokatlash so„ngida deformatsiyaning ortishi deformatsion qizdirish va prokatlashning yakuniy haroratini oshiradi. Bu mustaxkamlash jarayonining borish tezligiga ta‟sir o„tkazadi, shuning uchun siqish rejimini kamaytiruvchi prokatlashni o„tkazish tavsiya etiladi. Biroq yakuniy bo„shatishda deformatsiyalanish issiqlay deformatsiyalanuvchi po„lat hajmi bo„ylab dislokatsiyaning bir tekis taqsimlanishini ta‟minlash uchun 15…20 % dan kam bo„lmasligi kerak.
Legirlovchi element saqlaydigan uglerodli va kamlegirlangan po„latlar uchun (niobiy, vanadiy, titan va boshqalar) yuqori haroratda rekristallashda austenit deformatsiyalanish turg„unligini oshiradi, mexanik hossalar issiqlay prokatlashda metallni deformatsiyalashdan so„ng va sovutish jarayonida tezlikning ortishi natijasida yuzaga keladi.
Nazoratli prokatlashda deformatsiyaning harorat rejimini boshqarish uchun metallni sovutishni boshqarish qurilmasini qo„llash zarur. Hozirgi vaqtda prokat ishlab chiqarishda metallni suv bilan sovutish qo„llaniladi. Bunda suvni laminar va oqimli uzatish tizimi qo„llaniladi. Yopiq kamerada laminar suv oqimida (sim, armatura) kichik kesimli va oddiy qolipli navli metallni sovutish uchun bir qator uskuna konstruktsiyalari ishlab chiqilgan.
Bundan tashqari prokat havo aralashmasi oqimi bilan ham sovutiladi. Suv havoli aralashmalar metallni kesim bo„ylab bir maromda sovutadi.
Yuqori sifat ko„rsatkichli uglerodli va kamlegirlangan po„latlardan navli profillar ishlab chiqarish uchun tavsiyalar.

  1. Navli stan oqimida boshqarib sovutishli nazoratli prokatlash texnologiyasi, prokatlash yakunida nisbatan yuqori haroratda (850…950ºC) mexanik hossalarni yaxshilashni ta‟minlaydi, deformatsiyalanishdan keyingi sovutish va deformatsiyalararo sovutish tezligini boshqarishni qo„llash tavsiya qilinadi.

  2. Po„latning qovushqoqlik va mustaxkamlik hossalarini oshirish uchun siqish birligi 15…20 % bo„lgan sovutilgan metallni bo„lib deformatsiyalashni qo„llash maqsadga muvofiq.

  3. Boshqariluvchi sovutishli prokatlash jarayonini amalga oshirishda deformatsiyalashdan keyingi to„xtalish sanoat stanining texnologik sharoitlaridan kelib chiqib (5 sek kam) minimal bo„lishi kerak.

Yüklə 4,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin