Vazirligi b. M


- jadval. 200 X 200 X 12...30 mm po„latdan 650 stanining 800 siqish kletida teng tomonli ugolnikni prokatlashdagi siqish rejimi



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə39/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

3.3 - jadval. 200 X 200 X 12...30 mm po„latdan 650 stanining 800 siqish kletida teng tomonli ugolnikni prokatlashdagi siqish rejimi




O„tish
no„meri

kalibr
no„meri

Siliqlanish
qalinligi, mm

Siqilishi, mm

Siliqlanish
kengligi, mm

Kengayishi,
mm

1

1

310

10

250

5

2

1

290 (270)

20 (40)

255

5

Кантовкalash

3

2

210210

45

300

10

4

3

193

-

310

10

5

3

160

35

325

15

6

3

138

22

330

5

7

4

100 (55)

38

340

10

Izoh: Qavs ichidagi o„lchamlar polkalarining qalinligi 25 va 30mm bo„lgan ugoloklarni prokatlashda ishlatiladi


Sifatli yon qirrali burchaklarni olish uchun va prokatlash jarayonini stabillashda barcha o„ralgan kalibrlarni siqib kengaytirish ko„zda tutilgan, jo„va diametri bo„ylab ko„chmalar ortishini oldini olish maqsadida nuqtalar oralig„ida yopiq oqimlarni bo„shatish 20 % gacha oshirilgan.
Notekis tokchali po„latlarni kalibrlashda yuqorida ko„rib chiqilgan tengtokchali burchak po„latlarni kalibrlash usullari qo„llaniladi. Bu kalibrlashning avfzalligi barcha o„ralgan burchakli kalibrlarda katta va kichik tokcha to„g„ri maydonlarda egilish burchaklari bir hil qabul qilinganligidir. Bunday simmetriyada katta va kichik tokchali qalinlikdagi notekis yonli o„ralgan burchak kalibrlarida egilish burchagi va jo„va o„qi orasidagi masofa bir hilda o„zgaradi, shuning uchun bitta va qolgan kalibrlarda turli qalinlikdagi tokchali po„lat burchaklarini prokatlash mumkin. Bu kalibrlarda prokatlashda taxlam turg„unligi yaxshilanadi, natijada stan va armaratura sozlamalari soddalashadi jo„valash mexnat sharoiti yengillashadi.
    1. Uzluksiz o„rta navli stanlarda har hil shakilli profillarni prokatlash uchun jo„valarni kalibrlashning avfzalliklari


O„rta navli uzluksiz stanlar uskuna tarkibi, uning joylashuvi va tayyorlanuvchi profil maxsulotiga ko„ra farqlanadi. (3.9 - rasm) da zamonaviy uzluksiz o„rta nav to„sinli stan 450 uskunasining joylanishi ko„rsatilgan. Bu stan kichik va o„rta o„lchamdagi iqtisodiy qurilish profillarini prokatlashga, ingichka devorli to„sinlar va balandligi 160 300 mm li shvellerlar, balandligi 100…180 mm normal turdagi to„sinlar, 75x125 mm li burchakli po„latlar, diametiri 30…56 mm bo„lgan aylana po„latlar, kengligi 125…200 mm qalinligi 4..16 mm bo„lgan tasmali po„latlar ishlab chiqarish uchun mo„ljallangan.
Oraliq kesishmasi 150x150, 200x200 va 200x250 mm, uzunligi 8…12 mm va og„irligi 4,7 t gacha maksimal prokatlash tezligi 12 m/s bo„lgan zagotovkalar boshlang„ich ashyo xisoblanadi.
Xar bir standagi texnologik jarayon o„zining avfzalligiga ega. Shu bilan bir qatorda barcha stanlarga xos tomonlarni aytib o„tish mumkin.
Reversiv siquvchi kletlarni xisobga olmaganda qolgan barcha kletlarda prokat taxlam xarakat yo„nalishini o„zgartirmagan holda amalga oshiriladi, ya‟ni taxlamning avvalgi yakuniy xuddi shundayligicha qoladi.





    1. - rasm. Uzluksiz o„rta sortli stan 450 jixozining joylashish sxemasi:

1 - 900/700/500 uzluksiz zagotovkalash stanining sovutgichi: 2 - yuklash panjarasi, 3 - qizdirib turuvchi pechka; 4 - oxirlarni bir biriga bog„lovchi mashina; 5 - tarozi; 6 - rekuperatirli qizdirish pechkasi; 7 - o„tuvchi seksiyali pechka; 8 - zagotovkalarni oldi qismini kesuvchi pichoq; 9 - birinchi uzluksiz kletlar guruhi; 10 - uchuvchi ehtiyot pichoqlar; 11 - ikkinchi uzluksiz kletlar guruhi; 12 - uchuvchi pichoqlar; 13 - o„rovchi mashina; 14 - o„ramalar uchun ilmoqli kanveyer; 15, 16 - rulonlarni oluvchi va paketlovchi; 17 - sovutgich; 18 - olib ketuvchi rolganglar; 19 - to„g„irlovchi mashinalar; 20 - diskli arralar; 21 - jo„natuvchi aravalar

Prokatlash avvalidagi xarorat 1160…1180ºC bo„lganda prokat yakunidagi xarorat 1050…1120ºC ni tashkil etadi, bu barcha kletlarda katta siqishga va xar hil shakilli kalibrlarda bo„shatishlar sonini qisqartirishga xizmat qiladi. Uzluksiz klet guruhlarida cho„zishni boshqarish tizimining mavjudligi butun stan bo„ylab minimal cho„zishda prokatlashni amaga oshirish imkonini beradi. Taxlamni ko„chirish yo„lini qisqartirish, ko„ndalang aralashtirgichning yo„qligi, zamonaviy rolikli kiritish va chiqarish armaturalarini qo„llash prokatlashda taxlam sirtining minimum zararsizlanishini ta‟minlaydi. Bularning barchasi kerakli sirt sifati va yuqori aniqlikdagi prokat olishga hizmat qiladi.


Flanetsli profillarni tayyorlash uchun jo„valarni kalibrlash, yarimuzluksiz va uzluksiz stanlarda yuzaga kelgan uzluksiz prokatlashni o„zlashtirish chiziqli navli stanlarda jo„valarni kalibrlashdan farqlanadi. Shvellerlarni ishlab chiqarishda
egilgan profil devorli o„ralgan jo„valarni kalibrlash keng tarqalgan. Mavjud tasmasimon profilda flanetslarni sekin asta egish usuli asosidagi kalibrlash ko„p qo„llaniladi. Universal klet yakuniy bo„shatishda flanets qulashini bartaraf etish uchun qo„llaniladi.
Juft tavrli to„sinlar bitta universal kletli o„rta navli uzluksiz standa to„sinli kalibrlarda prokatlanadi, yakuniy guruhdagi uzluksiz ikki jo„vali klet, universal klet bundan mustasno (3.10 - rasm).





    1. - rasm. Balkalarni prokatlash uchun jo„valarni kalibirlash sxemasi

Birinchi kesish kalibrlari jo„vada kesma chuqurligini kamaytirish uchun o„rtada ajratgichli qilib tayyorlangan. Qolganlari Skalibrgacha qo„shib flanets ajratgich holati o„zgartirilgan to„sinli kalibrni (ochiq va yopiq) tashkil etadi. Kalibr d tarkibiga bir hil o„lchamli ustki va ostki flanetsli yopiq to„sinli kalibrga ega. Kalibr B - to„g„irlovchi, davomda universal kletga tushuvchi simmetrik profil ishlab chiqarish uchun mo„ljallangan.



    1. - rasm. Universal klet stanida parallel tokchali balkalarni prokatlash uchun jo„valarni kalibrlash sxemasi

(3.11 - rasm) da 11 ta turli hildagi kalibrdan tashkil topgan to„sinlarini tayyorlash uchun jo„valarni kalibrlash ko„rsatilgan. Chunki prokatlash faqatgina ikki jo„vali kletlarda amalga oshirilgani uchun ingichka va baland kesishma talab etiladi. Jo„vada chuqur kesmalardan qochish uchun birinchi kesish kalibri o„rtada


ajratgichli qilib bajariladi. S dagi to„g„irlagich bo„shatish faqatgina bitta profil o„lchami uchun foydalaniladi. Bir va xuddi shu raqamli boshqa jo„valarni profil o„lchash uchun alohida to„g„irlovchi kalibrlar ko„zda tutilgan.
Bitta universal kalibr bilan to„sinni prokatlash sxemasi asosan sezilarsiz qismi jo„vali stanlarda qo„llaniladi.
Keng tokchali jo„valarni prokatlashda to„rtta universal ikkita gorizontal klet qo„llaniladi. Kengaytirilgan parallel tokchali jo„valar ikkita yakuniy universal va ular orasidagi gorizontal kletlarda prokatlanadi.
Yuqori sonli bo„shatishda prokatlanuvchi barcha jo„valar uchun tekis va keng kesishmalar zarur. Boshqa kamchiliklarga qoralama kletda turli profillarni prokatlash uchun murakkablik qoralama kalibr kengligi chegaralanganligini kiritish mumkin. Ettinchi - sakkizinchi universal kletlarni qo„llash optimali xisoblanadi.
Universal kletning gorizontal jo„valari shunday xisoblanganki bunda flanets taxlam ichki yoqlari orasidagi masofa asta sekin boshlang„ichdan yakuniy klet tomon ortadi. Bu universal klet bilan solishtirganda quyidagi avfzalliklarni keltirib chiqaradi:

  • flanetslar orasidagi masofa ortishi natijasida profilda bitta element kesishmasida metallning boshqasi bilan aralashishi qisqaradi;

  • birinchi turli hil bo„shatishli zagotovkalar uchun dastlabki kesishma kengligi kamayadi;

  • yeyilishga qadar yakuniydan avvalgi kletning guruh boshidagi yoki yakuniy jo„valarni aralashtirish imkoniyati tug„iladi, bu ularning sarfini pasaytiradi.

  • Flanetslar orasidagi masofani aniqlashda quydagilarga e‟tibor qaratish zarur, bunda profil kalibriga tushuvchi ichki flanets chegarali jo„valar nuqtasining u qadar balandda bo„lmasligi, chunki qarshi hollarda devor o„ta cho„zilishi kuzatiladi, va flanets ichki yonlaridagi metall devorda aralashadi (3.12 - rasm). Yakuniy bo„shatish uchun jo„vaning flanets bilan aloqa nuqtasi uning balandligidan 20…30% qilib belgilanishi tavsiya etiladi, birinchi universal bo„shatishda daraja 60% gacha oshirilishi mumkin, oraliq bo„shatishlarda

taqsimlash chiziqli qonunga asosan amalga oshiriladi. Flanets bilan jo„vaga tegishli nuqtasi joylashgan yeri prokatlanuvchi profil flanetsi va gorizontal jo„va yon sirt egilish radiusiga bog„liq.
Barcha universal kletlarda (flanets sirti) gorizontal jo„valar sirti yon egilishi yakuniydan tashqari 2…7% ni tashkil etadi.



    1. - rasm. Balkalarni prokatlashda chistavoy universal kalibrga prokatlangan zagotovkani krish sxemasi

Jo„valarni prokatlash uchun jo„vani bunday kalibrlash (3.10 - rasm qaralsin) gorizontal jo„va sirtida yon burchaklar egilishi quydagicha: A kalibrda - 0,5º, B kalibrda - 3º, qolganlarda - 6º. Xar bir nazorat kalibri tashqi profilga nisbatan 3º ga katta flanets egri burchagiga ega. Bunday kalibrlashning avfzalligiga quydagilar kiradi; flanets ichki chegaralarida deyarli ishqalanish yuzaga kelmaydi va nazorat kalibrlarning turg„unligi sezilarli ortadi. Kletning ortiqcha yuklanishiga yo„l qo„ymaslik va devorga kirishda yuritma elementlarining jo„va keskichlari orasidagi keskichning katta qismi kenglik bo„ylab kichik diametrda charxlanadi, bu qisim prokatlangandan so„ng devor qalinlashadi.


Kalibrlashni shunday loyixalash tavsiya etiladiki bunda universal kletda yuklama bir tekisda bo„lishi lozim. Devor va flanets cho„zish orasidagi farq bitta bo„shatishda o„rtaga 3% ni tashkil etish kerak.
Yakuniy guruh tarkibidagi bir nechta universal kletli o„rta navli uzluksiz stanlar relslarni prokatlash uchun ham yaroqli xisoblanadi. Rels tayyorlash uchun jo„vani kalibrlash huddi jo„valarni prokatlash kabi printsiplarda loyihalanadi, ular kesishmasining simmetrikmasligi, va tayyor profil ekspluatatsiya sharoitlari kabi avfzalliklari xisobga olinadi.
Universal kletli stanlarda qoralama jo„va kalibrlarini deformatsiyalanish optimal sxemasi jo„valar ishlab chiqarishda keng qo„llaniladi.
Bir qancha universal kletlarni qo„llab prokatlashda qoralama kalibr flanetslari orasidagi masofa keng va tekis qilib amalga oshiriladi. Bu uzluksiz qo„yilgan metallni zichlash va nuqsonlarni bartaraf qilishni ta‟minlaydi.
Universal kletlar sonining ortishi qoralama jo„va kalibrlar sonining qisqarishi yoki flanets balandligi kamayishiga sabab bo„ladi, bu ko„chma armaturali jo„vada taxlamni yechishni onsonlashtiradi.
Kalibr mustaxkamligini oshirish zahirasi, jo„valarni qisqartirish va prokat sifatini oshirish jo„valarni sovutish tizimining samaradorligini anglatadi. Jo„valar xizmat muddati, ayniqsa jo„vani prokatlashda sirt darzlari xosil bo„lishi bilan chegaralanadi. Buning oldini olish uchun kalibrdan taxlam chiqish tomonida o„rnatilgan halqa ko„rinishdagi purkagichdan foydalaniladi. Uzluksiz suv uzatishda qoniqarli natijaga erishiladi. Jo„va mustaxkamligini oshirish va uni iqtisod qilish maqsadida kalibr moylanadi.

    1. Yüklə 4,96 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin