Simli stanlarni prokatlash texnologiyasining asosiy masalalariga berilgan diametrdan minimal qochgan geometrik qolipda to„g„ri katan olish va uning sirtida nuqsonlarni bartaraf qilish.
Uzluksiz standa tayyorlangan zagotovkalar kesishmasi qolgan teng sharoitlarda cho„zishning umumiy koeffitsientiga, prokatlashning yakuniy tezligiga va stan xarorat rejimiga bog„liq.
Stan chizig„i bo„ylab optimal xarorat rejimini ta‟minlash uchun birinchi kletda zagotovkaning minimal tezligi 0,09 m/s olishi kerak. Bunday holatda minimal maydonda ko„ndalang kesmali profilni prokatlash yakuniy tezligi quydagicha belgilanadi: 𝑢к ≥ 0,09𝜇o6щ , bu yerda 𝑢к - yakuniy kletda berilgan profilni prokatlashning maksimal tezligi, m/s; 𝜇o6щ - profilni cho„zishning umumiy koeffitsienti; 0,09 m/s - birinchi ishchi kletda prokatlashning minimal tezligi.
To„rtarmoqli yuqori tezlikdagi simli stan qurilmasini joylashtirish sxemasi: stanni to„rtta tarmog„i uchun zagotovkani bir tekis qizishini ta‟minlovchi itargichli pech orqali guruhdagi 7 - kletli ishchi guruh stani bunda prokatlash to„rtta tarmoqda olib boriladi, yakka tarmoqli 10 - kletli blok, ularning har birida diametri 200 mm ikki juft va diametri 150 mm, sakkiz juft konsolli qotirilgan diskli jo„va. Kvadrat zagotovkali 127 mm diametrik 5,5 mm bo„lgan katankani ishlab chiqarishda qurilma prokatlash yakuniy tezligi 70 m/s (ba‟zan 100 m/s) gacha xisoblanadi. Diametri 5,5 mm katanni prokatlab cho„zishning o„rtacha koeffitsienti 1,296 ni tashkil qiladi.
Yakuniy klet to„sin konstruktsiyasining avfzalliklaridan biri cho„zishni orttiruvchi va kengayishni ta‟minlovchi prokatlash jo„vasining kichik diametri xisoblanadi.
Diametri 150 mm diskli jo„vaning sakkizta blok kletlari umumiy deformatsiyalanish darajasi 83% ni nashkil etadi diametri 280 mm bo„lganda - 74%. Bu sharoitlarda (kam kengayish va katta cho„zish) yuqori aniq o„lchamga ega bo„lishi zarur.
Yeyilishga bardoshli materialdan tayyorlangan jo„valarni qo„llash natijasida davomiy vaqt oralig„ida jo„valar orasidagi oraliqni o„zgarishsiz prokatlashni amalga oshirish mumkin. Shpindel va muftasiz jo„valar yuritmasini qo„llash ularning yuqori aylanish tezligiga qaramasdan titrashni amaliy bartaraf etish imkonini beradi.
Jo„valar orasidagi oraliqni o„zgarishsiz prokatlashni amalga oshirish birmuncha qulayliklarga ega bo„lib, bu usulda prokatlangan mahsulotni aniq o„lchamda olishga va sifatini oshirishga erishiladi. Prokatlash davomida jo„valarni yeyilishi va jo„valar orasidagi oraliqni kengayishiga yo„l qo„ymaslik albatta mahsulot sifatini taminlashga xizmat qiladi.
- rasm. Jo„valar diametri 150 mm bo„lgan kletlarning blokli konstruksiyasi (a) va diametri 280 mm li vertikal va gorizontal joylashgan
jo„valarga (b) ega bo„lgan chistavoy sakkiz kletli kletlar guruhining kalibrlash sxemasi
(3.14 - rasm) da simni prokatlashda yakuniy klet guruhida qo„llaniluvchi kalibrlash sxemasi ko„rsatilgan. O„n kletli blokning oval - doira kalibrlash sxemasi (3.15 - rasm) jo„va diametri 150 mm li to„sin konstruktsiyasi uchun qo„llaniladi. Bitta va bir hil kletlarda (birinchisidan tashqari) nisbiy siqish va cho„zish koeffitsienti turli profillarni prokatlashda doimo bir hil, bu guruhli yuritma uchun zaruriy shart hisoblanadi.
Katanka diametri 5…12,7 mm bo„lgan barcha mahsulotni prokatlash uchun jo„valar orasidagi bo„g„liq boshqariladi. Boshqa diametrli katanlarni prokatlashga o„tishda yangi jo„valar asosan yakuniy klet blokiga o„rnatiladi. Bir muncha katta o„lchamdagi katanlar yakuniy blokning minimum to„rtta kletida prokatlanadi, buning uchun talab etilgan prokat aniqligi ta‟minlanishi zarur.
- rasm. Jo‟valari 150 mm diametrga ega bo„lgan o„nkletli blokning
kalibrlash sxemasi
- rasm. Chistovoy kletlar blokining oval - oval kalibrlash sxemasi
Ko„rib chiqilgan sxema katta universallikga ega, natijada jo„valardan ratsional foydalaniladi va navni almashtirishda minimum vaqt yo„qotilishiga erishiladi.
Oval kalibrlash sxemasi (3.16 - rasm) 5,0 dan 12,5 mm gacha katanlarni prokatlash uchun, yakuniy kletning blok konstruktsiyasiga qo„llaniladi. Yakunidan tashqari (aylana) har bir kalibr shunday loyihalanganki bunda normal prokatlash 80% dan oshirmasdan to„ldiriladi. Oval - oval kalibrlash sxemasi kesma bo„ylab likvatsiya maydonining teng taqsimlash imkonini beradi, kalibrlarning bir tekisda yeyilishi kalibr ishlab chiqarish jarayonida doimiy cho„zish rejimini ta‟minlaydi. Kalibrlashning bu tizimida tasmalar boshqacha nisbatan ko„proq parchalanishiga moyil, bunda tutib turilgan bo„shatishlarga (armatura) katta e‟tibor qaratish zarur.
317 - rasm. Chistovoy kletlar blokining uchburchak - uchburchak kalibrlash
sxemasi
Uchburchak kalibrlash sxemasi (3.17 - rasm) mayda navli simli stan uchjo„vali bloklarda muvaffaqiyatli qo„llaniladi. Har bir kletda uchta jo„va uchburchak kalibrni hosil qiladi. Uchyoqli tasmaning aylana burchaklari navbatdagi bo„shatishda siqiladi, natijada tasmani kantovkalash zarurati yo„qoladi. Mavjud deformatsiya rejimida metallning xajmiy kuchlanish holati qiyin deformatsiyalanuvchi po„lat markalarini prokatlash imkonini beradi. Bu tizimda prokatlashda tasmaga tushuvchi ag„darish kuchi yo„qoladi.
Dostları ilə paylaş: |