Vazirligi b. M


Qalin listli po„latni pardozlash



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə56/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

Qalin listli po„latni pardozlash


Pardozlash operatsiyalariga to„g„irlash kesmani sovutish, termik ishlash, sirt nuqsonlarini yo„qotish va boshqalar kiradi.


Qalin listli po„latni to„g„irlash listga tekis yuzani berish uchun amalga oshiriladi, qalin listli po„lat issiq yoki sovuq holatda to„g„irlanadi. Yuqori xaroratda to„g„irlashni ta‟minlash uchun to„g„irlagich mashina yakuniy kletdan 60…80 m masofada o„rnatiladi. Issiqlay to„g„irlash sinish zonasida (150…300ºC) haroratda amalga oshirilishi tavsiya etilmaydi, chunki mexanik hossalar yomonlashadi. Sovuqlay to„g„irlash termik qayta ishlangan va issiq to„g„irlashda to„g„irlanmagan listlar uchun qo„llaniladi. To„g„irlash uchun list to„g„irlagich rolikli mashinalar qo„llaniladi. To„g„irlash aniqligi qadamlar va roliklar soni bilan belgilanadi: roliklar qancha ko„p bo„lsa to„g„irlash sifati shuncha yuqori bo„ladi. Odatda qalinligi 4 mm dan katta qalin listli po„lat uchun 9…11 roliklar qo„llaniladi, roliklar qadami list qalinligiga ko„ra ishlatiladi, to„g„irlash tezligi 1…5 m/s ni tashkil etadi.
Qalin listli po„latni sovutish rolikli konveyerlardan ko„chirishda va sovutkichli jovonlarda amalga oshiriladi.
List sovutishdan so„ng ikki tomondan 180º da listlarni kontovkalash uchun jihozlangan kontovkalar bilan jihozlangan tekshirish stanlarida ko„zdan kechiriladi. List yuzasini ko„zdan kechirgich kesiladi. Sovuq holatdagi 30 mm dan ham qalinlikdagi list yon qirralarini kesish uchun diskli qaychilardan foydalaniladi, 30 mm dan katta qalinlikdagi listlar uchun gilotinlar qo„llaaniladi. Taxlam yakuniy kesish va o„lchov uzunligi bo„ylab kesish uchun gilotinli qaychilar qo„llaniladi.
Listlarni kesish jarayonida mexanik tekshiruv o„tkazish uchun na‟munalar o„tkaziladi.
Qalin listli po„latga qo„yilgan hossalarni olish uchun termik qayta ishlash qo„llaniladi. Po„lat markasi va talab etilayotgan hossalar darajasiga ko„ra normallash, bo„shatib toblash, sekin sovutish va yuqori xaroratda bo„shatish qo„llaniladi.
Normallash va bo„shatish toblash uchun metallni qizdirish odatda o„tishli rolikli pechlarda, yuqori xaroratli bo„shatish qopqoqli pechlarda amalga oshiriladi.
Qalin listli po„latni normallashda 850…950ºC xaroratgacha qizdiriladi so„ng havoda tez sovutiladi. Qalin listli po„latni bo„shatib toblashda avval 850…900ºC
xaroratgacha qizdiriladi so„ng mahsus press ostida suvda tez sovutiladi. Toblangan listlar 600…700ºC xaroratda o„rtacha ikki soat davomida bo„shatiladi. Bo„shatishdan so„ng listlar toblash pressida sovutiladi.
Qalin listli po„latni sekin sovutish shtabeldagi yakuniy prokatlash xaroratida amalga oshiriladi.
Yuqori xaroratli bo„shatish qalin listli po„lat 680…700ºC xaroratgacha qizdirilganda va pechda davomiy sovutilganda amalga oshiriladi.
Odatda normallash puxtalikni yechish, elastiklik hossalarni yaxshilash va mayda donali struktura olish uchun qo„llaniladi. Bo„shatib toblash po„latning mustaxkamlik hossalarini oshirishga xizmat qiladi. Bo„shatish po„lat qovushqoqligi va elastiklik hossalarini yaxshilaydi, mexanik qayta ishlash va shtamplanishni ta‟minlaydi. Sekin sovutish ichki kuchlanishlarni yo„qotish va po„latni elastik hossalarini oshirish uchun qo„llaniladi.
Ayrim hollarda list mustaxkamlik hossalarini oshirish uchun purkagich qurilma yordamida prokatlashdan keyin suvda tez sovutish qo„llaniladi, bu donalar maydalanishga olib keladi. Sovutish tezligi uglerod miqdoriga bog„liq: uglerod miqdori 0,1 % bo„lgan po„lat uchun tezlik 4ºC/c dan oshmasligi kerak.
Hozirgi vaqtda ayrim qalin listli po„latni tayyorlash prokat qizdirishli termomustaxkamlash qo„llaniladi bu list mustaxkamlik hossalarini sezilarli oshiradi. Bunda listlar 2800 stan rolikli toblash mashinasida termomustahlamlashdan so„ng mustaxkamlik chegarasi 15 % ga ortadi.
Qalin listli po„lat sirt nuqsonlarini bartaraf etish xarakatlanuvchi silliqlash mashinasi, pitralash qurilmalari va boshqalar, yordamida amalga oshiriladi.

    1. Yüklə 4,96 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin