- jadval.Qalin list ishlab chiqarish 3600 stani ishchi kletlarining qisqacha texnik ko„rsatgichlari
Klet nomi
|
Klet turi
|
Jo„valar o„lchami, mm
|
Elektryuritma
|
Prokatlash tezligi, m/s
|
d
|
L
|
N. kVt
|
п, Gts
|
Vertikal
|
duo
|
900
|
1400
|
2 X 1800
|
0...12
|
3,5
|
Chernovoy
|
kvarto
|
1130/1800
|
3600
|
2 X 6920
|
0...8
|
4,4
|
Chistovoy
|
kvarto
|
1030/1800
|
3600
|
2X8800
|
0...14
|
6,0
|
Vertikal kletda prokatlashning asosiy maqsadi; kuyundini yo„qotish, slyab kengligining har hilligini kamaytirish va taxlam shaklini yaxshilash.
Zamonaviy QLST prokatlash texnologiyasining asosiy muammolaridan biri kuyundini yo„qotish hisoblanadi. Kuyundi qatlami qalinligi slyab qizdirish xarorati, po„lat kimyoviy tarkibi, yonilg„i tarkibi, pechdagi gaz muhiti va
boshqalarga bog„liq. Vertikal jo„vali kletda kuyundini tozalash gidrourishni qo„llab metallni plastik deformatsiyalash hisobiga amalga oshiriladi.
Kuyundini sindirishning zarur sharoitlari - butun slyab kesmasining plastik deformatsiyasi. Agar slyabning markaziy qatlami plastik deformatsiyalanmasa, unda kuyundi, asosan maxalliy kengaytirish maydonida tozalanadi, harakterlanuvchi balandlik ℎ𝑝𝑙 (5.6 - rasm).
Brovman M.Ya ga ko„ra plastik deformatsiyalanuvchi barcha kesmalar
slyabning maksimal kengligi quydagi formula bilan aniqlanadi.
𝐻𝑠𝑟 = 4,5𝑙𝑑 + 4𝐵0, (5.16)
bunda 𝐻𝑠𝑟 = (𝐻0 + 𝐻1)/2 - slabning o„rtacha kengligi; 𝑙𝑑 = √𝑅∆ℎ - kontak yoyi uzunligi; ∆ℎ = 𝐻0 + 𝐻1 - siqish; 𝐵0 - slyabning boshlang„ich qalinligi.
(5.16) tenglamasidan ko„riladiki 𝐻𝑠𝑟 > 4,5𝑙𝑑 + 4𝐵0 bo„lganda slyab
markaziy qatlami deyarli deformatsiyalanmaydi. Bu holatda vertikal jo„vali kletlarni tozalagich sifatida qo„llash samarasiz, chunki kuyundi kontaktli kengaytirish maydonida yaxshi tozalanadi. ℎ𝑝𝑙 kattaligi formula orqali aniqlanadi.
2ℎ𝑝𝑙/𝐵0 = 1,9 − 0,33𝐵0/𝑙𝑑. (5.17) (5.16) tenglamasi orqali kuyundini tozalashni ta‟minlovchi siqish aniqlandi.
∆ℎ = (𝐻cp − 4𝐵0)2/(20,2 · 𝑅). (5.18)
Odatda QLST vertikal kletida slyab qalinligi 𝐻0 = 150 … 180 mm, siqish
∆ℎ = 30 … 40 mm, jo„va diametri 𝐷 = 900 … 1000 mm, kuyundi tozalagich rolini bajaruvchi vertikal klet uchun slyabning maksimal kengligi o„rtacha 1100…1300 mm ni tashkil etadi.
- rasm. Vertikal jo„valarda metallni prokatlashdagi deformatsiya sxemasi
(5.16) formula zarur ammo kuyundini sifatli yo„qotishning kam sharoitini ifodalaydi, chunki nafaqat slyab kesishmasining plastik deformatsiyasi balki oksid qatlami va asosiy metall o„rtasidagi aloqaning buzilishi kam talab qilinadi. Kuyundini yumshatish qanchalik to„liq bo„lsa, markaziy qatlamlarning deformatsiya darajasi shunchalik yuqori bo„ladi. Shuning uchun (5.18) tenglamada hisoblangan quymalarni ko„paytirish tavsiya etiladi.
Vertikal jo„vali klet ishini yaxshilash uchun jo„va diametrini 1200…1300 mm gacha, oshirish tavsiya etiladi, siqishni 60…70 mm gacha oshirish imkoniyati ko„rib chiqiladi. Masalan, 2800 standa siqish slyabi o„lchamlarini 140…1000 mm 20…30 mm dan 50…55 mm gacha oshirish kuyundi bo„yicha ikkinchi nav miqdorini 3,6 marta va tartibsiz mahsulotlarni 2 marta qisqartirish imkonini beradi. Kuyundi keskich samaradorligini oshirishning usullaridan biri kalibrlarni qo„llash hisoblanadi. Vertikal jo„vada kalibrlangan 2800 standa na‟munani prokatlash markaziy qatlamlari cho„zishni 60…70 % ga oshirish imkonini beradi.
Biroq kalibrlarni qo„llash qalinlik bo„ylab slyab o„lchamlar oralig„ining kattaligi sabab chegaralangan.
Taxlam ostki va ustki sirtidan kuyundini tozalash uchun vertikal jo„vali kletda gidrourgich o„rnatilsin. Kuyundini gidravlik urish bir muncha iqtisodiy va samarali hisoblanadi. Suv oqimining urilish kuchi 1 sm taxlam kengligi uchun 10…20 H bo„lishi, 12 МPа suv bosimiga mos bo„lishi kerak.
Suv taxlam sirtida urilib kuyundini maydalaydi va yuvadi. Tasma sirtini va kuyundini sovutish kuyundini qatlamlanishi uchun sharoit yaratadi. Gidrourish qurilmasi nasos stantsiyasi, gidropnivmatik akumlyator, yig„ish baki, quvur va klapnlar tizimidan tashkil topgan. Jo„valardan so„ng soplo kollektori o„rnatiladi, u orqali suv taxlam sirtiga yo„naladi.
Kallektorda sopel joylashishi uchun tasma kengligi bo„ylab suv oqimi berkitilishi ta‟minlanadi. Sopla taxlam sirtidan o„rtacha 300 mm masofada o„rnatiladi. Sopel oraliq konstruktsiyasi birmuncha ratsional.
Iqtisod qilish maqsadida gidrourish faqatgina soplo ostida taxlamga kelish vaqtida yoqiladi va yakuniy taxlam chiqqanidan so„ng o„chiriladi. Oldingi sopel harakatlantirgich bilan jihozlangan, bunda ingichka taxlamlarni prokatlashda suv yopiladi.
Siqish stoliga tushuvchi slyablar slyabdan slyabgacha uzunlik bo„ylab kenglik doimiy emas. Slyab kengligi bo„ylab ruxsat etilgan umumiy maydon 4,5…5,5 % ni tashkil etadi. Vertikal jo„vali klet samaradorsiz yo„qotilishini kamaytirib yon kesmani 6…7 % pasaytiradi. Vertikal jo„vali kletlarni prokatlash ingichka va baland deformatsiya o„chog„i bilan harakterlanadi. Bunday sharoitlarda prokatlash slyab uzunligi va deformatsiya o„chog„i balandligi bo„ylab notekis taqsimlanishi natijasida kontaktlararo kengayish sezilarli darajada rivojlanadi. Gorizontal jo„vali kletda davomiy prokatlash jarayonida kontaktli kengayish (5.6 - rasm) qo„shimcha jadal kengayishning rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun slyab kengligi faqatgina vertikal jo„vada emas balki gorizontal jo„vada ham hosil bo„ladi.
Kenglikni o„zgartirish uchun vertikal jo„valarni qo„llash samaradorligi asosan uning deformatsiya o„chig„idagi ko„rsatkichlari bilan aniqlanadi. U В0/Н0 nisbati kamayishi bilan oshadi, ya‟ni birmuncha tenglashtirish qobiliyatiga birinchi bo„shatish egalik qiladi.
Bundan tashqari jo„va diametri va siqish vertikal klet ish samaradorligini oshiradi. 2800 Standa siqishning 40…45 mm ga ortishi vertikal va gorizontal jo„valarda siqishdan keyin taxlam kengligini 25 % ga pasayishiga olib keladi, jo„va diametrining 1200 mm gacha oshishi esa turli kengliklarni tekislash koeffitsiyentini 18…20 % ga oshiradi. Turli kengliklarni tekislash samaradorligi kalibirlangan vertikal jo„valarni qo„llash bilan ortadi.
Vertikal jo„vali kletlarni prokatlash bir qator avfzalliklarga ega. Ulardan biri kontaktli kengayishda tasmalar eniga va uzunasiga bir tekis taqsimlanmaydi. Oldingi va orqa yakunda kontaktli kengayish kuzatilmaydi va tasma yakunidagi ayrim masofada rivojlanadi. Taxlash uzunligi bo„ylab kontaktli kengayishning notekis taqsimlanishi gorizontal jo„valarda taxlam yakunining siqilishiga olib keladi.
Bundan tashqari vertikal jo„valarda prokatlash jarayonining avvalgi yakunida zagatovkalar jo„va orasidagi aralashmaga nisbatan kamroq balandlikda jo„vadan chiqariladi (slyab kengligi). Bu chala sirtqi zona mavjudligida plastik deformatsiyaning taqsimlanish avfzalligini ta‟riflaydi.
- rasm. Vertikal kletda prokatlangan slyab shakli
(Δh = 65 mm, slyab 160 x 900 mm, A - bosh qismi, В - tag qismi)
- rasm. Slyabning uzunligi bo„yicha o„zgaruvchan siqilishidagi deformatsiya sxemasi
Oldingi yakun uzunligi kerakli uzunlikka yetmaguncha “qattiq” sirt zonasiga o„tmagunigacha siqish deformatsiyasi tashqi zonaga chala tarqaladi va u ham deformatsiyalanadi. Chala tashqi maydon uzunligi ortishi bilan deformatsiya darajasi kamayadi.
Vertikal jo„valarda deformatsiyalangan odatiy slyab shakli (5.7 - rasm) da keltirilgan (5.7 - rasm) dan ko„rinadiki slyab siqilgan yakunga ega. Bu yon kesmalarni o„rtacha 2…5 % ga oshishiga olib keladi. Yon kesmani pasaytirish va sifatli metall chiqishini 3…4 % oshirishga xizmat qiluvchi taxlam shaklini yaxshilash uchun vertikal kletni slyab uzunligi bo„ylab siqish slyabi bilan qoplash maqsadga muvofiq (5.8 - rasm). Bunda uzunligi 350…700 mm slyab oxiri o„rta qismiga nisbatan kam darajada siqiladi; kengligi 1000…1200 mm slyablarning o„rtasi va oxiridagi siqishlarning maksimal farqi 60…70 mm ni tashkil etadi.
Vertikal kletda taxlam shaklini yaxshilash uchun slyab burchaklarini o„rtacha 2 % ga siqiladi.
- rasm. Toretslarni siqishsiz (a) va siqish bilan (b) prokatlashdagi taxlam
shakli
Slyab burchaklar deformatsiyasi taxlam yakunida maydon uzunligini maksimal kengayish joyigacha qisqarishiga olib keladi. (5.9 - rasm) da vertikal klet burchaklarining deformatsiyalangan va deformatsiyalanmagan slyablarda prokatlangan taxlamlar keltirilgan.
Siqilgan burchakli slyabda prokatlangan yaroqli listlar uzunligi, oddiy sxema bo„yicha prokatlangan listlar bilan solishtirganda 2…3 % ga ortadi. Slyab burchaklarini siqishni qo„llashda slyabni kamaytirish uchun va kletni deformatsiyalashda ularni tutib turish uchun qurilma o„rnatish talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |