Kalibr raqami va uning o„lchamlari (hk x bk x bp), мм
h
b
ΔbsrΔbsgr
Δbmax
865
770
D0=
=1300
Kantovkalash
1.
680
874
В
90
9
-
1150
1020
Бочка
2.
610
881
В
70
7
24
1150
1020
-»-
Kantovkalash
3.
790
615
Н
91
5
-
1150
1020
-»-
4.
720
619
Н
70
4
-
1150
1020
-»-
5.
650
624
Н
70
5
-
1150
1020
-»-
6.
580
630
Н
70
6
23
1150
1020
-»-
Kontovkalash
7.
540
590
В
90
10
-
1150
1020
-»-
8.
450
604
В
90
14
30
1150
1020
-»-
9.
504
464
Н
100
14
10 5
935
-»-
10.
404
477
Н
100
13
42
10 5
935
-»-
11.
387
433
В
90
29
10 5
935
-»-
12.
297
462
В
90
29
72
10 5
935
-»-
Kontovkalash
13.
335
318
Н
127
21
33
1120
990
-»-
Zagotovkalash stanlarida prokatlash texnologiyasi
Zagotovkalash stanlari to„g„ridan to„g„ri blyuming orasida o„rnatiladi va tuzilishiga ko„ra turli hillarga ega bo„ladi.
Bir guruh kletli uzluksiz zagotovkalash stoli (masalan, stan 700) oralig„i 125x125 dan 140x140 mm gacha va 140x140 dan 200x200 mm gacha blyumli yirik navli kvadrat zagotovkalarni prokatlaydi.
Ikki guruh kletli uzluksiz zagotovkalash stani (masalan, 700/500 stan) 60x60 dan 140x140 mm gacha oraliqli navli zagotovkalar va 130x140 dan 200x200 mm gacha oraliqli blyumlar prokatlanadi.
Ketma - ket quvir tayyorlash stanlari quvur prokatlash qurilmalarida taxlash va ishlov berish uchun 75…300 mm diametrli aylana zagotovkalarni tayyorlaydi.
Zavodlarda o„rnatilgan quymakorlik turidagi zagotovkalash stani, 140x140 mm gacha oraliqli zagotovkalar og„irligi (1…3 t) sifatli po„lat quymalarini prokatlaydi.
- rasm. 900/700/500 Uzluksiz zagotovkalash stani qurilmasining
joylashish sxemasi:
I. III - stan oralig„i; II - oraliq chekkasi; IV - elektromashina zali; 1, 15, 19, 20, 23 - rolganglar: 2 - ikki jo„vali ishchi klet 900 X 1300; 3 - kantovkalagich; 4, 5 - uzluksiz ishchi guruh gorizontal va vertikal kleti; 6 - tayanch; 7 - uzatgich rolgang; 8 - yonlama rolgang; 9, 22 - shlepper; 10 - tayanch; 11 - uchar mayatnikli qaychi; 12 - kantovkalagich; 13, 14 - ikkinchi uzluksiz yakuniy guruhning vertikal va gorizontal kletlar; 16 - qaychilar; 17 - kesmalar konveyeri; 18 - tez xarakatli uchar qaychilar; 21 - qadoqlovchi rolgang; 24 - sovutgich; 25 - ko„targich; 26 - kuyundi uchun chuqur
Kvadrat, aylana va to„g„ri burchakli zagotovkalarni prokatlash uchun ikki turdagi uzluksiz zagotovkalash stanlari qurilgan.
1300 blyuming ortida to„g„ridan to„g„ri o„rnatilgan 900/700/500 14 kletli stan, stan samaradorligi 1300 blyuming samaradorligiga mos keladi;
1150 blyuming ortida to„g„ridan to„g„ri o„rnatilgan 850/700/500 12 kletli stan, stan samaradorligi 1150 blyuming samaradorligiga mos keladi.
Birinchi stan 80x80 dan 200x200 mm gacha oraliqli, og„irligi o„rtacha 12 t oralig„i 400x400 mm blyumdan olingan legirlangan va uglerodli po„lat zagotovkalarni prokatlashga mo„ljallangan, ikkinchi oralig„i 60x60 dan 170x170 mm gacha og„irli 7.2 t (26) oralig„i 300x300 mm blyum zagotovkalarni
prokatlaydi. Bundan tashqari ko„rsatilgan blyum stanlarida aylana quvurli va tekkis zagotovkalar prokatlanadi.
Misol tariqasida (2.15 - rasm) da og„irligi 12 t oralig„i 400x400 mm blyumli 80x80 dan 200x200 mm oraliqli legirlangan va uglerodli po„lat zagotovkalarni prokatlovchi 900/700/500 uzluksiz zagotovkalash sxemasi keltirilgan. U uch guruxda joylashgan ikki jo„vali kletdan tashkil topgan: birinchisi (siqish) ikkta kletdan, ikkinchisi - uzluksiz (qoralama) va uchinchisi uzluksiz (toza). Bu stanning asosiy farqlovchi avzalligi - uzluksiz guruxlarda vertikal va gorizontal jo„valarning klet bilan almashtirilishi.
Oralig„i 400x400 bo„lgan issiq blyum o„lchov uzunligida kesilgandan so„ng (qo„shimcha qizdirishsiz) 1300 blyumingdan o„rtacha 0.2 m/s tezlikda 900x1300 mm birinchi kletdan rolgang 1 - ga kelib tushadi. Agar zarur bo„lsa blyum garizantal tekislikda 180 ºC ga aylantiriladi yakunida mo„rtlashuvchanlik belgilari bo„lmagan 900 kletga ishlov beriladi.
Birinchi jo„vali ikkta klet 2 aloxida o„rnatilgan; bu guruxdagi ikkinchi klet oralig„idan ikkinchi gurux birinchi kletgacha kantovatel 3 yordamida bo„sh blyumni kontovkalashni amalga oshirishga imkon beradi.
Ikkinchi gurux 900x1300 mm li jo„vali ikkta klet va 730x1300 mm li to„rtta klet (ulardan birinchi va uchinchi tartib bo„yicha beshinchi va yettinchi) - vertikal jo„vali kletdan tashkil topgan. Ikkinchi guruxda prokatlashda 200x200, 170x170 va 150x150 mm (to„rtinchi, oltinchi va sakkizinchi kletga mos bo„lgan) oraliqli zagotovkalarni olish mumkin. 150x150 mm dan katta oraliqli ko„ndalang transporter yordamida rolgang 7 dan chiquvchi yirik zagotovkalar yakuniy stasiyonar kuch 6 li yon 8 rolgangga yo„naltiriladi, so„ng bu zagotovkalar rolgang 15 blan 10 mm qo„sh kuch bilan kesuvchi qaychi 16 ga uzatiladi, 6…8 m nisbiy o„lchov uzunligida kesiladi va 19.23 rolgang bo„ylab sovutgich 24 - tamonga yo„naltiriladi. Rolgang 7 dan 2.3 m/s gacha tezlikda chiquvchi 150x150 mm oraliqli zagotovkalar navbatdagi prokatlash uchun 3 - chi guruxga o„tkaziladi.
Uchinchi gurux gorizantal 14 va vertikal 13 jo„vali 530x900 mm almashuvchan olti kletdan tashkil topgan. To„qqizinchi kletga doimiy xaroratli
zagotovkani berish uchun oraliq rolgangda zagotovka ko„targich tirgakli 10 da qoldiriladi va bir muddat rolgangda tutib turiladi.
Oldindagi notekis yuzali zagotovkalar 1,5 MN kuchli mayatnikli qaychi 11 bilan kesiladi. Zarur hollarda (jo„valarni kalibrlash shartlariga ko„ra) o„girgich 12 bilan zagotovka o„giriladi. Oxirgi kletdan chiqqandan so„ng 80x80 mm gacha oraliqli zagotovka o„lchov uzunligi 8…12 mm qaychi 18 da kesiladi,kesilgan zagotovkalar qadoqlovchi roigang 21 da haltalarga yig„iladi va 23 rolgang bo„ylab sovutgich 24 ga yo„naltiriladi. Uchunchi guruxdan: 10 - chi kletdan - 120x120 mm tezligi 3,5 m/s, 12 - chi kletdan - 100x100 mm o„rtacha 5 m/s tezlikli va 14 - chi kletdan 80x80 mm 7 m/s tezlikda oraliq zagotovkalar chiqariladi. 1.5 MN kuchli qaychilar bilan ko„rsatilgan tezlikda xarakatlanuvchi zagotovkalar kesiladi. Shu yerning o„zida tamg„alanadi.
Standa qo„llaniladi; 1) jo„va to„plamlarini almashtirish uchun mexanizimlar va gorizontal vertikal kletlarni xarakatlantirish (qo„shni kalibrlarda prokatlashga o„tishda); 2) tebranish podshibniklaridagi universal shipindelli sharnirlar; 3) qaychidan kesmalarni sinxronlashgan holatda tozalash; 4) prokatlashda cho„zilgan zagotovkalar va prokatlash kuchini o„lchash uchun mesdozlar; 5) yarim rotorli dvigatel yuritmasidagi suv bilan sovitiluvchi rolgang roliklari; 6) zagotovkalarni aftomatik qadoqlash; 7) stan ishini boshqarish uchun dasturlovchi xisoblash mashinasi.