Murakkab profillarni prokatlash uchun kalibrlash sxemasi Shveller profillarni prokatlash uchun jo„valarni kalibrlash
Shveller profillarni prokatlash uchun jo„valarni kalibrlash sxemalaridan asosiylariga:
To„sinli (3.6 a - rasm) bunda tayyorlov idishli kalibrlari bilan bir qatorda qoralama ikki tavrli kalibrlarni prokatlash uchun 2…4 qadamlarga, shvellerlarni prokatlash uchun umumiy va profil devorlari balandligi bo„yicha bitta yoki ikkita siqilgan o„lchamlar to„siniga ega;
Idishli (3.6 b - rasm) bunda barcha turli shakildagi kalibrlar faqatgina idishli, to„g„ri tokchali, to„g„ri yoki biroz bukilgan devorli qilib bajariladi;
O„ralgan (3.6 d - rasm) bunda ikkilamchi va tayyorlov kalibrlar bukilgan tokchali va devorli qilib o„rab tayyorlanadi.
Bundan tashqari shunday usul borki unda taxlam birinchi bo„shatishda tasmali turdagi kalibrlarda prokatlanadi (to„g„ri devorli va tokchali), so„ng prokatlash so„ngida tasma sekin asta yakuniy shveller profilini olish uchun egiladi.
Stan texnik jihozlanish, texnologiyasi, maxsulot sifatiga talablar va ishlab chiqarishni tashkil qilish darajasiga va konstruktsiyasiga bog„liq ravishda A.P. Chekmarev nomlagan kalibrlash sxemalaridan biri qo„llaniladi.
Tajribadan ko„rinadiki yuqori tokchali idishli kalibrlarda oddiy jo„vali armaturalarni qo„llashda taxlamning yetarli taxlamligi mustaxkamligi va yetarli markazlashish ta‟minlanadi. Shu bilan birga tokcha tashqi burchaklarini chiqarishni ortishi kalibrda metall deformatsiyalanish rejimini jadallashtirish kenglik bo„yicha kalibr o„lchamlarini qayta tiklashni yaxshilash, nuqtalararo jo„va diametri bo„yicha ajratgichni kamaytirish imkonini beradi. Shuning uchun bukil- gan devorli va yuqori tokcha chiqarishli, idishli kalibrlash tizimi keng tarqalgan.
- rasm. Shvellerni kalibrlash sxemasi
So„ngi yillarda o„ralgan kalibrlash sxemasiga keng e‟tibor qaratilmoqda. Amaliyotda shvellerni o„rab kalibrlash sxemasi idishli va to„sinli kalibrlash sxemalariga nisbatan avfzalliklari tasdiqlangan. Tajribalar shuni ko„rsatadiki kelajakda asta sekin sekin boshqa o„lchamdagi shvellerlarni o„rab kalibrlashda prokatlashga o„tiladi: 18, 18V yirik navli stanlarda va 24, 27, 30 va 30V rels to„sinli stanlar.
Stan yakuniy chiziq bo„shatishlarda o„ralgan kalibrlarni prokatlash xarorati idishli kalibrlarga nisbatan yuqori bo„ladi, yakuniy bo„shatishli o„ralgan kalibrlashda u 18…20ºC dan yuqori. Bu birinchi bo„shatishda o„ralgan taxlam idishliga nisbatan kamroq sirt issiqlik nurlanishiga ega ekanligi bilan izoxlanadi. Shuning uchun o„ralgan kalibrlashda birinchi bo„shatishda issqlik sarfi kamayadi va yakuniy bo„shatishda prokatlash uchun issiqlikning katta zahirasi saqlab qolinadi. Shvellerlarni o„rab kalibrlashning avfzalliklariga uning prokatlash jo„valari ishiga bo„lgan ta‟siri xisoblanadi. Kalibrlashning bu tizimida jo„valarga nisbatan metallning sirg„alish notekisligi kamayadi. O„ralgan kalibrlarda sirg„alishni kamaytirish, uncha - muncha teng taqsimlashga oqim parametri bo„ylab siljish diametri farqini kamaytirish va kalibrning turli nuqtalarida jo„valar tezligining turlicha bo„lishi orqali erishiladi. Bu kalibr yeyilish notekislik darajasini kamaytirish va prokatlashda jo„valar mustaxkamligini oshirishga imkon beradi.
O„ralgan qolipda kalibrlash taxlam qalinligini tokcha bo„ylab va devor bo„ylab sozlashni sezilarli yengillashtiradi shuning uchun og„irlik bo„yicha minus joizlik chegarasida shvellrlarni prokatlash uchun qulay sharoit yaratiladi. Buning natijasida o„ralgan kalibrlashning idishli oldidagi yana bir avfzalligi namoyon bo„ladi. O„ralgan kalibrlash qolipi profil elementlari bo„ylab notekis cho„zishni kamaytirishga imkon beradi natijada yakuniy kesma va taxlam so„ngida tokchani vertikal cho„zilishi kamayadi.
Dostları ilə paylaş: |