3.8.1. Juft tavrli to„sinlarni prokatlash uchun jo„valarni kalibrlash
Juft tavrli to„sinlar bir muncha massali va shu bilan bir qatorda murakkab prakatlanuvchi profillar qatoriga kiradi. To„g„ri burchakli zagotovkalardan juft tavrli profillarni rivojlantirishda profilning turli elementlarida deformatsiyaning notekisligi, oqim kesimlarining chuqurligi, kalibrning turli nuqtalarida jo„valar tezligidagi katta farqlar murakkabliklarni yuzaga keltiradi.
To„sinlarni prokatlashda asosan to„g„ri devorli va (odatda 2…4%) kalibr tokchalarida tashqi burchaklarni chiqaruvchi kalibrlash qo„llaniladi. (3.7 a - rasm) Xuddi shunday kalibrlash tizimidan avval soddalashtirilgan to„sinlarni prokatlash uchun qo„llanilgan. Biroq boshlang„ich tajribalar soddalashtirilgan to„sinlarni prokatlash uchun bu tizimning samarasiz ekanligini ko„rsatadi. Kichik bo„shatishlarda kalibr tokchasida yon siqilmalarni oshirish imkoni yo„q. Tokchalar kengligi yangi standartlar bo„yicha ortgan, ichki chegaralarni bo„shatish kamaygan, oz miqdorda tashqi chegaralarni bo„shatishda yopiq kalibr tokchalarida taxlamlar tiqilishi kuzatiladi. Nuqtalar orasida jo„va diametrik bo„ylab metallning katta ko„chishi natijasida kenglik bo„ylab kalibr o„lchamlarining butunlay qayta tiklanishi ta‟minlanmaydi. Shuning uchun soddalashtirilgan to„sinlarni avvalgi tizimda kalibrlash deyarli imkonsiz va undan ushbu to„sinlarni ishlab chiqarishning avvalida rad etishga to„g„ri kelgan.
Egilgan (egri) joylashgan juft tavrli kalibrlarni kalibrlash (3.7 b - rasm) xorijiy zavodlarning qoralama kletlarida qo„llaniladi, bu ham qoniqarli natijalarni bermadi. Egri joylashgan kalibrlarda nuqtalar orasida kalibrlarning qayta tiklanishini yaxshilashga xizmat qiluvchi tokcha tashqi chegaralari ortadi. Shu bilan birga muqarrar ravishda yuzaga keladigan asos kuchlar prokatlashda ishchi jo„va konuslarini jadal rivojlanishiga taxlam tokchasining qalinlashishiga, profil turli elementlarining cho„zilishlar nisbatini buzilishiga olib keladi.
Ko„pgina metallurgiya korhonalarida soddalashtirilgan to„sinlarni prokatlash uchun tashqi chegarasi 8 % ga bo„shatilgan tokchali va yoysimon egilgan devorli kalibrlar qo„llaniladi (3.7 d - rasm). Devor egilishi xisobiga bunday kalibrlash tizimida tokchaning tashqi bo„shatilishi ortadi, kalibrning egri joylashishida va shu
vaqtning o„zida u egri kalibrlashda kamchiliklardan ham bo„ladi. Bu kalibrlashni qo„llash kalibrda metallning deformatsiyalash sharoitini yaxshilash, nuqtalararo jo„valar diametrini kamaytirish, prikatlash jo„valarining ish muddatini uzaytirish imkonini beradi.
Egilgan devorli va tokcha tashqi chegaralarini ikkilamchi bo„shatiluvchi kalibrlash (12…15 % ochiq va 6…8 % yopiq flanetsli) ning boshqa varianti ham bor, u nisbatan maqsadga muvofiq xisoblanadi (3.7 e - ram). Kalibrlashning bunday tizimi kalibr ochiq tokchalarida metallni yon siqishning nisbatan jadalligini, prokatlash jarayonida profil o„lchamining qayta tiklanishini yaxshilash
jo„va turg„unligini oshirish va ularning sarfini kamaytirish, to„sin og„irligi bo„ylab joizlik maydonidan foydalanishni yaxshilash uchun qulay sharoitlarni yuzaga keltirish imkonini beradi.
Bir qator metallurgiya korhonalarida juft tavrli to„sinlarni prokatlash uchun ayniqsa katta sonli to„sinlar uchun ikkita gorizontal va ikkita vertikal jo„vali universal yakuniy kletlar qo„llaniladi. Bunday kletlardan foydalanish sezilarli iqtisodiy natijani beradi.
Universal kletlarni qo„llash bilan parallel tokchali to„sinlarni olish va jo„valarni sarifini qisqartirish masalasi hal etiladi.
Yana bir muhim jihatni yodda tutish kerak. Tokcha va devor orasida standart to„sinlarni prokatlash yakunida xarorat farqining kattaligi natijasida yirik to„sinlar uchun 150…170ºC ga erishilganda tashqi tasir xaroratigacha davomiy sovutilganda ularda siqiluvchi devor va cho„ziluvchan tokchalar bo„ylab katta ichki kuchlanish yuzaga keladi. Tokcha qalinligining devor qalinligiga nisbatining ortishi t/d yuqorida aniqlangan (kritik) kattalik natijasida kuchlanish shu darajada ortadiki, bu to„sin devorlarining to„g„ri chiziq bo„ylab buzilishiga - to„lqinlanish yuzaga kelishiga olib keladi.
Universal kletda devor qalinligi va taxlam tokchasi mustaqil ravishda tartibga solinadi shuning uchun butun prokatlash jarayoni davomida to„sin o„lchamlarini berilgan chegaralarda tutib turish mumkin. Bunda minus maydon joizligi chegarasida prokatlash turg„unligi uchun sharoit yaratiladi.