Prokat stanini tez va sifatli sozlashning samaradorligiga ta‟sir ko„rsatuvchi asosiy omillardan biri.
Stanni sozlash birinchidan belgilangan joizlik chegarasida berilgan o„lchamli zarur profilni olish, ikkinchidan sirt nuqsonsiz profil olish uchun amalga oshiriladi.
Oddiy va turli hil profillarni prokatlashda stan asosan jo„vani gorizontal va vertikal kenglikda o„rnatish va jo„vali armaturani to„g„ri o„rnatishda sozlanadi.
Gorizontal kenglikda jo„vaning holati daraja o„lchagich bilan, vertikal esa jo„va bochkasi yoki tref og„irligini o„lchab tekshiriladi. Ikki jo„vali stan jo„valar
gorizontalligi quyi jo„valar bilan tekshiriladi. Uch jo„vali kletni sozlashda o„rtacha gorizontal jo„va o„rnatiladi, so„ng u bo„yicha ustki va quyi jo„valar tekshiriladi. Quyi jo„vaning holati doim ishchi rol‟gang roliklar darajasi bilan bog„lanadi.
Jo„valarni o„rnatishning to„g„riligi shablon oralig„idagi oraliq (material jihoz) bilan tekshiriladi. Burtaning mos kelmasligi noto„g„ri profil olishga olib keladi va jo„vada tasmaning to„g„ri chiziqda chiqmasligini ta‟minlamaydi. O„q yo„nalishi bo„ylab jo„vani sezilarli surish tasmani aylanishi uning jo„vadan chiqishi, profil qisimlarini aralashishiga olib keladi bu esa masalan kvadrat notekis tomonlari, aylana profil yonlarida bo„shatishni yuzaga keltiradi.
Alohida klet va dvigatelda jo„va holatini aniqlash stan chuqur sozlash deb ataladi.
Agar stanning bitta chizig„ida bir nechta klet bo„lsa u holda jo„valarni prokatlash diametri shpindel kesishmasi 4…4,5º oshmagan holda tanlanadi. Bitta chiziqda qo„shni klet jo„valari nisbiiy joizlik farqi, masalan 500 stan uchun 25 mln, 800 stan uchun 40 mm ni tashkil etadi.
Qo„shni kletda jo„va diametrining farqi qanchalik kam bo„lsa stan shunchalik yahshi ishlaydi. Qo„shni kletda jo„valar kesishmasi sezilarli bo„lsa u holda metallni prokatlashda kuchli urilishlar yuzaga keladi bu esa stanni buzilishga, jo„vani qotirishning bo„shashishi, podshibnikning jadal yeyilishi va stan birlashtirgich detallar yeyilishiga olib keladi.
Oltiburchakli jo„va o„qi ishchi jo„va o„qi bilan to„g„richiziq hosil qilmaganda shpindel egilish burchagi belgilangandan yuqori bo„ladi bu esa stanlarni (yoki ulardan birini) bir tomonga qochishiga olib keladi. Bu xolatda ishchi jo„va bo„yni aylanganda aylanani ta‟riflaydi, ellikslar esa stanni “otib yuboradi”. Shuncha o„xshash hodisa quyi jo„vaning podshibniklarini kuchli cho„kishi natijasida kuzatiladi. Stanning silkinishiga vertikal kenglikda jo„valar kesishmasi, podshibnik asos sirtiga jo„va bo„ynining yetarlicha yopishmasligi sabab bo„ladi.
Stanni silkitishda yuzaga kelgan kuchli tebranishlar flanetsli (burchakli) qatlamning jadal yeyilishini keltirib chiqaradi. Oltiburchakli klet podshibniklarini qizdirish mustaxkam to„g„ri profil olishni murakkablashtiradi.
Jo„va boyni podshibniklarda shunday joylashtirilishi kerakki natijada ular qizimasligi kerak: tekistolit podshibniklar ish jarayonida jo„va bo„ynining o„ta siqilishi podshibniklar jadal yeyilishiga olib keladi buning natijasida stan sozlamalari buziladi. Podshibniklarning jadal yeyilishi jo„va kletiga notekis yuzali bo„yinni o„rnatish natijasida yuz beradi.
Tajribadan aniqki bo„yin zanglashi: jo„valarni ochiq joyda moylamasdan ximoya asossiz saqlash; tarkibiga turli oksidlar kiruvchi (kaltsiy, magniy, natriy) yoki ishqorlar (kremniyli va boshqalar) suv bilan bo„yinni moylash va sovutish natijasida yuz beradi va tezlashadi.
Aniqlanishicha suv miqdori va uning kimyoviy tarkibi podshibnikning ish davomiyligiga katta ta‟sir o„tkazadi. Sovutish uchun sovuq suvni qo„llaganda podshibnikning tekistalit qatlami ish davomiyligiga 1,5…2 barobar qisqaradi.
Qo„shimcha quruq moyli presslangan tekstolit taxlamlarni qo„llash podshibnik ishlash davomiyligini bir necha martta (4…6) oshiradi, ish jarayonida oddiy buzilishlarni bartaraf etadi, prokat sifatini oshiradi.
Tekstolit qatlamli podshibniklarni qo„llash shuni ko„rsatadiki ularning mustaxlamligi asosan sovutish muhiti, xarorati va tozaligiga bog„liq. Jo„va bo„yniga suv mexanik aralashmalarsiz uzluksiz va bir tekisda butun uzunlik bo„ylab tarqalishi kerak. Sovutish va moylash uchun suv sarfi xisobi podshibnik sirti 1 sm2 uchun 0,75 l/s ni tashkil qiladi.
Stanni sifatli sozlash va aniq profil olishni ta‟minlash uchun rolikli va suyuq ishqalanishli zamonaviy uzluksiz stanlarda qo„llaniluvchi podshibniklar yaroqli xisoblanadi.
Suvni nafaqat jo„va bo„yniga podshibnik (tekstolit podshibnikka) balki jo„vaning ishchi va ishlamaydigan yerlariga ham uzatish kerak. Prokatlash qanchalik jadal bo„lsa jo„va sirti sovutishga kam vaqt talab etiladi, bochka sirt xarorati shunchalik yuqori bo„ladi. Shuning uchun jadal prokatlashda sovituvchi suvning miqdorini oshirish zarur. Sovutish suvi deformatsiya markaziga tushmasligiga harakat qilish kerak. O„tkazilgan kuzatuvlar shuni ko„rsatadiki
deformatsiya markaziga suv tushishi va tezda parlanishi jo„va sirtining qiyshayishi va mexanik yeyilishiga olib keladi.
Jo„valarni davomiy prokatlashda kalibr balandligining qizishi va qisqarishi yuz beradi. Bunda jo„va sirt xarorati 30ºC ko„tarilganda kalibr balandligi 0,26 mm ga qisqaradi bu yerda sezilarli kattalik xisoblanadi. Turli hildagi profillarni prokatlashda (to„sin, shveller) jo„valar sezilarli yuqori darajada oddiy profilga (kvadrat, aylana) nisbatan qizdiriladi. Shuning uchun prokatlash jarayonida jo„valar xarorati o„zgarmasligiga xarakat qilish lozim. Asosiy e‟tiborni yoz vaqtida sovutish suvining xarorati yuqori bo„lganda jo„valarni sovutishga qaratish lozim.
Yakuniy kalibrlashning tez - tez o„zgartirish yoki jo„valarni qayta jo„valash: jo„va sirtining parchalanishi, ularni bo„yash qizdirish to„rining hosil bo„lishi; kalibr ishlab chiqarish va ularning o„lchamlarini tutib turish natijasida yuzaga keladi.
Kalibr faqatgina prokatlanuvchi metall va jo„vali armaturaning noto„g„ri o„rnatilishi va noaniq ishqalanadi. Qisqa simlar jo„va jismiga urilib uning tezda ishdan chiqishiga sabab bo„ladi.
Cho„zish va tayyorlash kalibrlari yeyilishi ko„p hollarda yakuniga nisbatan ko„proq kuzatiladi. Yakuniydan avvalgi va yakuniy kalibrlarda yeyilish minimal bo„lishi kerak, chunki berilgan o„lchamdan har qanday qochish yakuniy profil aniqligicha ta‟sir ko„rsatadi. Ikki taraflama har bir ishchi klet mahsus jo„vali armatura (brus, chiziqli, qutili) bilan jihozlangan. Brusning gorizontal holati daraja bilan tekshiriladi. Yirik navli relsjo„vali stanlarning asos brus yuqori kengligi rol‟gang quyi roliklaridan o„rtacha 30…35 mm pastda joylashadi.
Kiritish va chiqarish chiziqlari kalibrga simmetrik ravishda o„rnatiladi. Chiziqlar orasidagi oraliq kattaligi tasmaning jo„vaga nisbatan normal harakatini uning kalibrda tushishini ta‟minlashi kerak. Chiziqlar orasidagi masofa tasma kengligi bilan aniqlanadi. Qutili kalibrlar tizimini prokatlashda taxlamni qadoqlash xisobga olinadi. Yirik navli chiziqlar orasidagi masofa odatda tasma kengligining 15 mm dan ortadi. Chiziqning oldingi yakuni jo„va burtasidan 5…15 maksimal diametrda tashkil etadi.
Brusga quti daraja bo„ylab o„rnatiladi, bo„shatish esa qutiga vertikal bo„ladi. Qulashga yo„l qo„ymaslik va prokatlanuvchi tasma holatini ta‟minlash uchun qutida bo„shatishlar mustaxkam turishi va tasmani yetarlicha zich siqish kerak. Yirik navli profillarni prokatlash uchun bitta xarakatsiz va xarakatli bo„shatishga ega quti konstruktsiyasi o„zini oqladi. Bo„shatish xarakati harakatlanuvchi kiln va vint yordamoda ta‟momlanadi. Qutida bo„shatuvchilar holati kalibr burtasiga nisbatan simmetrik bo„lishi kerak.
Brus, quti yoki bo„shatgichlarni noto„g„ri o„rnatish profilda qator nuqsonlar hosil bo„lishi manbayi xisoblanadi: prokatlanuvchi tasma aylanishi, bittasida tekis yon (lyska), boshqasida - lampas (aylana profilini prokatlanganda) xosil bo„lishi, notekis yoki bo„shatgich yeyilishini tezlashishi va boshqalar. Stanning normal ishlashi uchun vertikal tekislikda prokatlangan tasmaning zaruriy yo„nalishini ta‟minlovchi simlar muhim ahamiyatga ega bo„lib, jo„valarni tasmadan himoya qiladi. Kalibrlarning yopiq qisimlariga o„rnatilgan osma kabellarga alohida e‟tibor berish kerak. noto„g„ri o„rnatilgan kabellar (juda uzun yoki juda qisqa) standagi muammoli va to„qnashuv (avariyaviy) holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Jo„vadan prokatlanuvchi tasmaning normal chiqishi 5…10 mm oqim tubidan pastda o„tkazgich o„rnatish bilan ta‟minlanadi.
Yo„llanma kabellarning ishdan chiqishiga asosiy sabab noqulay ish sharoitida joylashgan payloqning yeyilishi: uning ishchi yuzasi harakatlanuvchi tasma bilan ishqalanadi, o„zak yuzasi jo„valar aylanish natijasida ishqalanib yeyiladi. Flanetsli va boshqa tor kabellar kichik kesishma payloqli prokatlanuvchi jo„vaga sig„uvchi sezilarsiz maydonga ega bo„lib buzilishlarga ko„proq moyil bo„ladi.
Prokatlash stanining tez yeyiluvchi detallar sarasiga mufta va shpindellar kiradi; ularning yeyilishiga ma‟lum chegaragacha; ularning yeyilishiga ma‟lum chegaragacha yo„l qo„yiladi. Takidlanishiga reversiv ikki jo„vali stanlarda biriktirgich muftalariga yeyilishi jadalligi shesterno jo„valari ishchi tref bog„liqligi bilan farqlanadi. Katta diametrli jo„valarni aylantiruvchi muftalar kichik diametrli aylana jo„valar muftasiga qaraganda tezroq yeyiladi, bunda birinchisi katta momentga uzatiladi.
Kletning makkamlash va asos detallarning holatiga, shuningdek yon muruvvatlarini o„rnatish holatiga alohida e‟tibor berish kerak. Yon boltlarning zaiflashishi jo„valarning asos siljishiga va bu yuzaga bog„liq profil nuqsonlarining xosil bo„lishiga olib kelishi mumkin.
Prokatlash boshida birinchi tasmadan na‟munalar olinadi, o„lchamlar tekshiriladi va sirt holati ko„zdan kechiriladi. Qabul qilingan o„lchamlar talab qilinganidan chetga chiqqanda ular stan sozlamalarida o„rnatiladi. Keyinchalik nazorat qilish uchun namunalar vaqti - vaqti bilan tanlanadi.