Vazirligi b. M



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə48/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

Nazorat savollari:





  1. Ishchi klet va tasmalar mustaxkamligi haqida nimalarni bilasiz?

  2. Kletning egilish deformatsiyasi nimalarga bog„liq?

  3. Tasma qalinligining aniqlash usullarini bilasizmi?

  4. Listli prokatlasda prokatlash kuchi qanday aniqlanadi?

  5. Klet qattiqligining teskari modul kattaligi nima deb ataladi?

  6. Turli qalinlikdagi tasmalarni prokatlashda prokatlash kuchi o„zgaradimi?

  7. Klet egilish deformatsiyasi chizig„i N''M'' kesishmasi jo„valar orasidagi nisbiy boshlang„ich oraliqga javob beradimi?

  8. Kvarto kleti jo„valarining deformatsiyasi haqida nimalarni bilasiz?

  9. Prokatlash kuchi ta‟siri ostida ishchi va tirgak jo„valari qanday deformatsi- yalanadi?

  10. Agar kontakt kuchlanish kenglik bog„lab bir tekisda taqsimlansa qanday jarayon sodir bo„ladi?

  11. Prokatlanuvchi kletning elastiklik deformatsiya yuklangan holatda jo„valar aralashmasi orasidagi farq qanday aniqlanadi?

  12. Deformatsiya o„chog„i deganda nimalarni tushunasiz?
  1. - BOB. QALIN LISTLI PO„LAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI

    1. Qalin listli po„lat ishlab chiqarish usullari


Qalin listli po„latlar (QLP) qalinligi 4…160 mm. kengligi 600 mm dan yuqori, uzunligi 28 m gacha (ba‟zan qalin listli po„latlar qalinligi 50 mm dan yuqori bo„lsa plita deb ataluvchi listlar kiradi).


Qalin listli po„latlar uchun zagotovka sifatida quyma va slyablar qo„llaniladi. Hozirgi vaqtda umumiy qabul qilingan listlarni prokatlash qalinligi ℎ = 4 … 5 mm bo„lsa slyabdan ishlab chiqariladi, qalinligi ℎ > 50 mm bo„lsa quymadan. Qalin listli po„latlar ishlab chiqarish uchun qo„llaniluvchi slyablar slyabing yoki blyumingda prokatlanadi yoki zagotovkalarni uzluksiz quyish mashinalarida quyiladi (ZUQM). Zagotovka olishning yakuniy usuli bir muncha zamonaviy va samarali xisoblanadi, chunki zagotovkalarni uzluksiz quyish mashinalarida slyabingni almashtirish mexnat samaradorligini 7…8 % ga oshiradi, mahsulot tan narhini 8 % ga pasaytiradi, uglerodli po„latlar uchun yaroqli metall chiqishini o„rtacha 8…12 % ga legirlangan po„latlar uchun esa 15…20 % ga oshiradi.
Qo„llanilishiga ko„ra qalin listli po„latlarning quyidagi turlari farqlanadi.
Qozonxona uchun 3К, 15К va 25К, 09G2S, 10G2S1, 09G2S0 va boshqa po„latlardan prokatlanadi. Bu po„latlar uchun mexanik tekshiruvlarda mustaxkamlik chegarasi, nisbiy oquvchanlik, nisbiy uzayish, zarbiy qovushqoqlik aniqlanadi. Po„lat sovuq holatda egib tekshiriladi, po„lat sinig„i bir jisimli mayda donali strukturaga ega bo„lishi unda cho„kma g„ovaklik, qatlamlash gazli puffaklar va shlak qo„shimchalar bo„lmasligi kerak.
Kemasozlik uchun 1С, 5С, 4F, 4L, 09G2, 10G2S1D, StZps va boshqa uglerodli po„latlar prokatlanadi. Bu po„lat cho„zilishga va sovuq holatda bukilishga mexanik sinaladi.
Parchinlangan va payvandlangan ko„prik qurilmalari uchun sanoat va fuqarolik ob‟ektlarini, vagonlarni ishlab chiqarish uchun martenli tinch uglerodli po„latlar M16S, marten qaynovchi va tinch po„lat StZ prokatlanadi.
Turli konstruktsiyalarni ishlab chiqarishda 08…50 markali sifatli uglerodli konstruktsion po„latlar prokatlanadi. Bu po„lat termik qayta ishlangan holatda yetkaziladi va cho„zishga, sovuq holatda bukilishga sinaladi, list sirtida kuyundi, egilishlar va boshqa nuqsonlar bo„lishiga yo„l qo„yilmaydi.
Past xaroratli sharoitlarda ishlovchi payvandlanuvchi quvurlarni tayyorlash uchun yuqori zarbiy qovushqoqlikga ega 09G2SFB turidagi kamperlitli po„latlar prokatlanadi.

    1. Yüklə 4,96 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin