Vazirligi b. M


Jo„va profilini faol yuzaga keltirish xaqida tushuncha



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə47/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

Jo„va profilini faol yuzaga keltirish xaqida tushuncha


Listning ko„ndalang profili prokatlash vaqtida ishchi jo„va orasidagi oraliq qolipi bilan aniqlanadi. Deformatsiya o„chog„ida jo„valar profili o„z o„rnida jo„va kletiga o„rnatilayotgan boshlang„ich profilga, jo„vaning elastikligi va egilishiga, jo„va bochkasi uzunligi bo„ylab xaroratning notekisligiga (profil issiqligiga) va jo„valar sirtining yeyilishiga bog„liq. jo„va profili orasida va prokatlash jarayoni ko„rsatkichlarining bog„liqligini o„rnatish profil list zaruriy qolipini olish va uning geometrik o„lchamlar aniqligini olish imkonini beradi.


Jo„va egilish deformatsiyasining jo„va profiliga ta‟sirini ko„rib chiqamiz. Prokatlash kuchi ta‟siri ostida ishchi va tirgak jo„valari egilib deformatsi-
yalanadi. Egilish deformatsiyasi kattaligi prokat kuchi tirgakli jo„va va tasma tomonlarida jo„vaning bochka uzunligi bo„ylab bosimning taqsimlanishiga, prokatlanuvchi list kengligiga, jo„va materiali va o„lchamlariga bog„liq.
Prokatlash jarayonida tirgak jo„valar va ishchi jo„valarning egilib bukilishi, deformatsiya o„chog„ida ishchi jo„vani tekislab egish, tirgakli jo„va va ishchi jo„va oralig„ida tekislab egish, amalga oshiriladi. Yakuniy profil tasmasida ishchi jo„vani tekislash ta‟siri nuqtai nazaridan tekislashning absolyut kattaligini bilish zarur, jo„va bochkasi chekkasida deformatsiya o„chog„ini tekislash kattaligi o„zgaradi.


    1. - rasm. Kvarto kleti jo„valarining deformatsiyasi:

УоВ va УоL- tayanch jo„vasining list kengligi va bo„chka uzunligi bo„yicha bukilishi; Урв и
УрL - Ishchi jo„vaning list kengligi va bo„chka uzunligi bo„yicha bukilishi





    1. - rasm. В/L va Dр/Dо nisbatidan jo„valararo bosimni taqsimlanish grafigi

4.8 - rasmda ko„p uchraydigan jo„vaning egilish deformatsiyasi sxemasi (quyi jo„valar shartli ravishda ko„rsatilmagan).

    1. - rasmga ko„ra ishchi jo„valarni egish ishchi va tirgakli jo„valarni o„zaro egilib siqilishiga bog„liq. Ishchi jo„va qattiqligi tirgakliga nisbatan sezilarli kam va

shuning uchun ishchi va tirgakli jo„va orasida kontaktli tekislash yo„qolsa yoki jo„va bochkasi yoqlarida tekislash kattaligi bir hil bo„lsa u holda ishchi va tirgakli jo„va egilishi teng bo„ladi. Ammo ishchi va tirgakli jo„valarni kontaktli tekislab egish mumkin va ko„pgina hollarda jo„va uzunligi bo„ylab turli kattalikga ega u holda ishchi va tirgakli jo„valarda egish teng bo„lmaydi.
Shunday qilib tirgakli va ishchi jo„valar orasida egish bog„liqligining uch hil varianti mavjud: 𝑌𝑝𝐿 = 𝑌𝑜𝐿 ; 𝑌𝑝𝐿 > 𝑌𝑜𝐿 ; 𝑌𝑝𝐿 < 𝑌𝑜𝐿 . Bu bog„liqliklarni amalga oshirish tekislanuvchi jo„valarga bog„liq, ya‟ni o„z o„rnida jo„valararo bosim taqsimlanish xarakteri bilan aniqlanadi.
Jo„valararo bosim ko„pgina o„zgaruvchanlarining funktsiyasi xisoblanadi. Xususan B/L va 𝐷𝑝/𝐷𝑜 munosabatiga ko„ra jo„valararo bosim epyurai hosil bo„ladi (4.9 - rasm).

    1. - rasmdagi butun chiziq B/L va 𝐷𝑝/𝐷𝑜 ko„rsatkichlar munosabatini ko„rsatadi bunda jo„valararo bosim kontakt uzunligi bo„ylab bir tekis bo„ladi. Bunday holatda 𝑌𝑝𝐿 = 𝑌𝑜𝐿 shartlari amalga oshiriladi.

Butun egri ostida joylashgan B/L va 𝐷𝑝/𝐷𝑜 o„zaro nisbati, maksimum o„rtalikda jo„valararo bosimni taqsimlashga mos keladi. Bunday holatda 𝑌𝑝𝐿 > 𝑌𝑜𝐿 shartli amalga oshiriladi, chunki jo„valar bochkasi o„rtasida tekislash yonlarga nisbatan ko„proq butun egrilik ustida joylashgan B/L va 𝐷𝑝/𝐷𝑜 nisbati maksimum yoqlarda jo„valararo bosimni taqsimlashga mos keladi. Bu holatda 𝑌𝑝𝐿 < 𝑌𝑜𝐿 sharoiti amalga oshiriladi, chunki jo„va bochkalari o„rtasida tekislash yon tekislashga nisbatan kam.
Jo„valararo bosim taqsimlashning notekisligi sezilarli darajaga yetishini aytib o„tish zarur. Bunda, ishchi jo„va diametri 800 mm bo„lganda 𝐷𝑝/𝐷𝑜 = 0,5 va
𝐵 = 1500 mm (𝐵/𝐿 = 0,54) bir metr bosimning taqsimlanishi notekislik koeffitsienti 1,47 ga teng.
Bundan tashqari jo„valararo bosim harakteri va kattaligi birlamchi notekislik xisobiga jo„va silindrik profilining buzilishi yoki jo„valar yeyilishi natijasida bukilishga bog„liq.
Ishchi jo„vaning kontakt maydonida tasma kengligi bo„ylab tekislash jo„va profil tuzilishini o„zgartiradi. Agar kontakt kuchlanish kenglik bog„lab bir tekisda taqsimlansa u holda bochka chekkasida tasma ostida jo„vani radial tekislash huddi shunday bir maromda bo„ladi, tasma yon qirralaridagi jo„valar yeridan tashqari. Bu yerda jo„vaning yuklangan qismidan yuklanmagan qismiga o„tish natijasida notekis tekislanish kuzatiladi, bu esa tasma qirralari qalinligini kichrayishini keltirib chiqaradi.
Bunga ko„ra, ishchi jo„vaning faol tashkil etuvchilari - bu chiziq, jo„vadan metall chiqish tekisligida uning tasmali kontakt maydonidagi ishchi jo„va profil sirtini chizadi.



    1. - rasm. Klet jo„valarining egilish deformatsiyasi sxemasi:

kvarto (a) va aktiv tashkil etuvchilar shakli (b)
(4.10 - rasm) da jo„vaning egilish deformatsiyasi tashkil etuvchilari va quyi ishchi jo„va aktiv tashkil etuvchilari konfiguratsiyasi (yoyilgan va issiq qavariqsiz silindrik jo„valar ko„riladi) keltirilgan.
Ishchi jo„va o„qi egilish (egri 4) tayanch jo„va o„qi egilishdan iborat (egri 1) kontaktlararo tayanch tekislash (egri 2) va ishchi (egri 3) jo„valar. Ishchi jo„vani egish egri ordinatalari 1…3 egri ordinatalarga tegishli yig„indidan iborat. Ishchi jo„vaning aktiv tashkil etuvchilari (4.10 b - rasm) ishchi jo„va o„qining egilishidan (egri 4) va tasmali kontakt maydonidan ishchi jo„vani tekislash (egri 5) dan tashkil topadi.

Yüklə 4,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin