Vazirligi b. M


Navli profillarni uzluksiz prokatlashning ratsional rejimi



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə34/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

Navli profillarni uzluksiz prokatlashning ratsional rejimi


Uzluksiz navli stanlarda prokatlashning texnologiya jarayoni va uning texnik iqtisodiy ish ko„rsatkichlari sezilarli darajada tanlangan prokatlash rejimiga stan boshqaruv vositalariga, uzluksiz stan qurulmalarining joylashuviga va tarkibiga bog„liq ravishda aniqlanadi.


Uzluksiz navli stanlarda uchta prokatlash rejimini amalga oshirish mumkin: tirgakli, ilgakli va cho„zish. Ularning har biri stan ishini aniqlovchi kinematik va dinamik prokatlash ko„rsatkichlariga ega.
Qoralama klet guruhida yirik kesishmali tasmalar prokatlanadi, shuning uchun ilgakli prokatlash kletlar orasidagi masofa sezilarli bo„lgandagina amalga oshirilishi mumkin. Qoralama guruhlar kleti o„qlarining oraliq masofasi 3…3,5m ni tashkil etadi, bu tirgakli yerda ilgak bilan prokatlash extimolini yo„qotadi. Tirgakli prokatlashda prokatlash kuchi ortadi, energiya sarfi va kengayish oshadi. Yirik kesishmali taxlamlarni tirgakli prokatlashda bo„ylama turg„unlik yo„qoladi, bu esa avariaga olib keladi. Shu sababli qoralama guruh kletlarida tirgakli prokatlashni mayda navli stanlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq emas. Shu bilan birga uzluksiz navli standa prokatlash sharoitlari barqaror bo„lmaydi: metallni qizdirish harorati o„zgaradi, kalibr ishlab chiqarish zagotovka kesishmasida o„lchamlarning turg„unmasligiga ega, ko„p tarmoqli prokatlashda bir vaqtda prokatlanuvchi tarmoqlar soni o„zgaradi. Mana shu barcha faktorlar stan konstantasi buzilishiga va kletlar orasidagi tirgak xosil bo„lishiga olib keladi. Shuning uchun prokatlash rejimida texnologik omillar o„zgarishini xisobga olish kerak.
Asosiy yuritmalarni boshqarishning hozirgi holatida tirgakli va cho„zish prokatlash rejimlarini nazorat qilish imkonini bermaydi. Shuning uchun ergashuvchi cho„zilgan tasmalar xosil qilinadi.
Mahalliy uzluksiz stanlar tajribasiga ko„ra bir maromda ishlash uchma - uch
standa zagotovkalash ko„rsatmasiga asosan ta‟minlanadi. Bunda birinchi kletda to„xtalishlar deyarli bo„lmaydi. Qolgan kletlarda taxlamlarni uchma - uch prokatlashni ta‟minlash imkoni yo„q, chunki stan konstantasiga ko„pgina omillar katta ta‟sir o„tkazadi; ulardan ayrimlari tirgakli tasmalarni keltirib chiqaradi.
Cho„zishni xosil qilish jarayoni prokatlash qadami bo„ylab konstantalarni oshiradi. Bunda siqilgan taxlam yakuniy oralig„ida parchalanish xosil bo„ladi. Qoralama guruhda ketma - ket taxlamlar orasidagi optimal masofa 100…150 mm. Qoralama guruhida kletlarni prokatlashning qabul qilingan tezligi operator tomonidan jo„valar aylanish tezligiga nisbatan to„g„irlanadi va avvalgi tasmaning ketma - ket ishga tushishini bartaraf etadi. Shunday qilib qoralama guruh kletlarida cho„zib prokatlash rejimi qo„lda boshqariluvchi uzluksiz navli stanning yuqori samaradorligini ta‟minlovchi zarur texnologik sharoit xisoblanadi.
Prokatlash jarayonlarini avtamatik boshqarish va siqilgan taxlamlar orasidagi masofani yuqori tez harakatli tizimlar bilan boshqarish natijasida qoralama guruh kletlarida cho„zish qisqartirilishi mumkin. Tozalash guruhi kletlarida tahlam kesishmalari va kletlar orasidagi masofa tengligi tirgakli prokatlash orqali bartaraf etiladi. Shuning uchun uzluksiz stan tozalash guruhi kletida prokatlashning ikki hil rejimi amalga oshiriladi: ilgakli yoki cho„zishli. U yoki bu prokatlash rejimi talab etilgan stan samaradorligi mahsulot navi va profil aniqligi talablariga ko„ra aniqlanadi.
Prokatlash jarayonida tasmalarni cho„zish doimiy bo„lib qolmaydi. U tasma stanni bo„shatganda to„lish va kamayish darajasida ortadi yoki kamayadi. Tasmani cho„zishning noturg„unligi prokatlash ko„rsatkichlari profil o„lchamlariga ta‟sir ko„rsatadi. Cho„zib prokatlangan tasmalar cho„zilgan o„zak va kengaygan yakunga ega. Profil aniqligi tomonidan qaraganda bu cho„zib prokatlashdagi kamchiliklardan biri xisoblanadi. Tasma qalinligining turlicha bo„lishi cho„zishning ortishi bilan ko„payadi.
Kletga kuch ta‟sir ettirmasdan ilgakli prokatlashda tasma uzunligi bo„ylab turli qalinlik yuzaga kelishi bartaraf etadi. Profil o„lchamining nominaldan o„zgarishi + 0,2 mm va undan kam bo„lishi mumkin. Ilgakli prokatlashning bu
avfzalligi yakuniy chegarada tamg„alash uchun yuqori baholanadi.
Ilgakli prokatlash jarayoni noturg„un o„tadi: prokatlash sharoitidagi ozgina o„zgarishlar (zagotovka uzunligi bo„ylab bir tekis qizdirilmaslik, zagotovka sirtida nuqsonlarni mahalliy ravishda yo„qotish va boshqalar) ilgakni o„girishiga olib keladi. Tasmalar qochishini bartaraf etish uchun, ular orasidagi bo„shliq oshirilishi kerak.
Asosiy yuritmani qo„lda boshqarishda mayda navli ilgakning egilish kattaligi 300…500 mm ni tashkil etadi. Bunda tezlik rejimi buzulganda operator kletlar bo„yicha prokatlash tezligini to„g„irlashi va taxlamda cho„zilish xosil bo„lishini bartaraf etish uchun metall zahirasi yetarli bo„ladi.
Yuqori tez harakatni tizimlarda avtamatik boshqarishning ishonchli vositalari yordamida ilgak kattaligi sezilarli kichrayishi mumkin, taxlamlar orasidagi to„xtalishlar qisqaradi. Bunda ilgakli prokatlash tezligi cho„zib prokatlash tezligiga yaqinlashadi.
Ilgakli va cho„zib prokatlash taxlili shuni ko„rsatadiki har bir rejimning o„z avfzalliklari mavjud, shuning uchun u yoki bu rejimni qo„llash birinchi navbatda talablarga bog„liq, ravishda profil oraliq o„lchamlari aniqligiga javob berishi, texnologik uskuna imkoniyatlari va stan samaradorligiga bog„liq bo„lishi kerak.

    1. Yüklə 4,96 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin