Vazirligi b. M


Qoralama kletda prokatlash texnologiyasi



Yüklə 4,96 Mb.
səhifə54/80
tarix19.12.2023
ölçüsü4,96 Mb.
#186185
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   80
PROKAT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI DARSLIK

Qoralama kletda prokatlash texnologiyasi


Qoralama kletda prokatlash quyidagi asosiy masalalarni hal etadi: taxlam sirtidan kuyundini tozalash va yakuniy klet uchun to„shama shakli va zaruriy o„lchamlarni olish.


Qoralama kletda kuyundini tozalash uchun gidrourish va maxsus sirtli jo„valar qo„llaniladi. Shuning uchun oysimon jo„valar keng qo„llaniladi (5.10 a - rasm).
Duo qoralama kleti uchun 2800 stan jo„valari quyidagi o„lchamlarda tayyorlanadi: 𝑏 = 30 mm, 𝑟 = 3 mm, 𝑏л = 200 mm, 𝑐 = 15 … 30 mm.
O„yiq jo„valarni kuyundiga ta‟sir qilish mexanizimi shundaki jo„valarni jadal
sovutishda suvning bir qismi jo„vadan oqib chiqadi va bir qismi uning yuzasini namlaydi. Metallni prokatlash jarayonida to„ldiriluvchi o„yiqlarda suvni undan siqib chiqaradi, issiq metall ta‟siri suvning bir qismi parchalanadi, bunda bosim ostida o„yiq va taxlam yuzasi orasidagi bo„shliqda teshik qoldiradi va kuyundini yo„q qiladi.



    1. - rasm. (a) O„yiqli va kletli (b) jo„valar sxemasi

Shuning uchun kuyundini tozalashning bunday usuli ba‟zida bug„ bilan prokatlash deb ataladi. O„yiqli jo„valarda prokatlash jarayonida bug„ asosiy omil xisoblanadi, bu kuyundini prokatlashga olib keladi. Deformatsiya zonasining uzunligi va kengligi bo„ylab turli hil siqish natijasida yuzaga keladigan kuyundining mexanik yo„q qilishi ham muhim rol o„ynaydi.
Bug„ bilan portlash usulining zaruriy sharti - bu o„yiq sirti va suv bilan to„ldirilgan yopiq bo„shliqning metall o„rtasida hosil bo„lishidir. Agar yopiq bo„shliq hosil bo„lmasa unda deformatsiyalanuvchi metall o„yiqdan suvni siqib chiqaradi va bug„ portlash jarayoni yuzaga kelmaydi.

Geometrik ko„rsatkichlarda (5.10 a - rasm) ko„rinadiki, yopiq bo„shliq hosil bo„ladi agar γ > а (bu yerda γ - o„yiqning og„ish burchagi α – tutish burchagi),
𝑡𝑔 = 2𝑟/𝑏 , 𝑡𝑔 𝛼 = ∆ℎ/𝑅 , 𝛼 ≅ 𝑡𝑔 𝛼 va 𝛾 ≅ 𝑡𝑔 𝛾 o„yiqda og„ish kengligining hosil bo„lishi shartlari quydagicha.





2𝑟/𝑏 > ∆ℎ/𝑅 va ∆ℎ < 4𝑟2𝑅/𝑏2 (5.19)

(5.19) tenglamasi o„yiq kengligi va minimal chuqurligida va qanday siqishlarda bug„ portlash effektining aniqlanishiga imkon beradi. Shunday qilib 2800 stan sharoitlari uchun ∆ℎ < 22 mm da yopiq og„ma hosil bo„ladi.


O„yiqli jo„valarning keng tarqalishiga ularning past mustahkamligi va o„yiq ishlab chiqarishda mexnat sarifining kattaligi to„sqinlik qiladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda duo qoralama kletlarida rifel sirtli jo„valar qo„llaniladi, masalan kletli jo„valar (5.10 b - rasm).
Jo„va bochkasining ikkala yakunida vint chiziqlari 45…60º burchak ostida payvandlanadi. Ushbu chiziqlar kesishganda 30…50 mm ga teng qirralar bilan parallelogram kataklari hosil bo„ladi. Vint chiziqlari kengligi 10…18 mm va balandligi 2…3 mm jo„va ko„rinishida eritiladi va kletga o„rnatishdan avval silliqlanadi.
Kletli jo„valarda prokatlash deformatsiya o„chog„i kengligi va uzunligi bo„ylab turli siqishning ta‟minlaydi, bundan tashqari kuyundi bug„ bilan
parchalanadi, (o„yiqli jo„va analogi). Ularning asosiy maqsadi kuyundini mexanik ravishda yo„q qilish.
Kletli jo„valar o„yiqli bilan solishtirganda bir qator avfzalliklarga ega: qoplashning qulayligi natijasida ishlab chiqarishning arzonligi; yuqori mustaxkamlik; tutib turishda sirt nuqsonlarining oz miqdori, chunki o„yiqli jo„vada prokatlashda metallda tez sovuvchi do„ngliklar hosil bo„ladi, klet jo„valarni prokatlashda esa metallning asosiy massasiga nisbatan sekin sovuvchi chuqurlik yuzaga keladi.
Yeyilgan klet jo„valari asosiy erish qatlamida yirik nuqsonlarni butunlay yo„qotish uchun 6…8 marta qayta silliqlanadi.
Qoralama klet to„shama shakli va zarur o„lchamlarni olish uchun po„lat markasi slyab, list o„lchamlariga bog„liq siqish rejimi va bir necha bo„shatishlarda qabul qilingan sxemada amalga oshiriladi. Jo„va mustaxkamligi va stan asosiy yuritmasi quvvati minimal bo„shatishlar sonida taxlamni talab etilgan qalinlikgacha prokatni ta‟minlashi zarur, bu to„shama xarorat rejimi va stan samaradorligiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi.
Qalinligi va kengligi bo„yicha to„shamaning aniqligi alohida ahamiyatga ega bo„lib u (5.20) tenglamaga binoan klet qattiqligi va jo„vaning aniqligi bilan aniqlanadi.
Silliqlash jarayonida aniqlik (list kengligi bo„ylab) asosan jo„valarni o„rnatish aniqligi bilan aniqlanadi. Kenglik taxlamada taxlam uzunligi (list kengligi) tenglama bilan aniqlanadi.

𝐿к = ℎ0𝐿0/ℎк, (5.20)


bu yerda 𝐿0 va 𝐿к - uzunlik; ℎ0 va ℎк – kenglikni saqlashdan keyingi va silliqlashgacha bo„lgan qalinlik.


0, ℎк, 𝐿0 mustaqil o„zgaruvchilarning o„sishiga qarab 𝐿кkattaligining ortishi butun deformatsiyal bilan aniqlanadi.

𝑑𝐿 = 0 𝑑𝐿 + 𝐿0 𝑑ℎ + 𝐿00 𝑑ℎ



(5.21)




к
к к 0 к 0 2 к
Shunday qilib yakuniy bo„shatishda taxlam qalinligi bo„yicha aniqlik sezilarli ta‟sir ko„rsatadi. Yuqori jo„va qurilmasining aniqligi siqish vinti tezligi, siqish qurilmasi tuzilishi va operator sub‟ektiv sifatlariga ko„ra aniqlanadi. Duo stani 2800 qoralama kleti uchun jo„valarni o„rnatishdagi o„rta kvadrat xato turli operatorlarda 0,5…1,1 mm chegarasida o„zgaradi.
Jo„valarni o„rnatishdagi aniqlik uchun ayniqsa yakuniy bo„shatishlarda juft tezlikli siqish qurilmasi o„rnatiladi. Bunda qattiqlik koeffitsienti 5 MH/mm kvarto qoralama kletini qo„llashda qattiqligi 2,6 MH/mm duo klet va juft tezlikli siqish qurilmasini qo„llash bo„ylama prokatlashda yon kesmani 35…40 % ga bo„shatishga metall sarfi - 1,2…1,6 % ga qisqartirish imkonini beradi.
Qoralama klet asosan prokatlash sxemasiga bog„liq silliqlash shaklini, slyab o„lchamlarini to„g„ri tanlashni, vertikal jo„valarda slyab deformatsiyalanishi va jo„valar oraliq shaklini aniqlaydi.

Yüklə 4,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin