Yuqorida ta‟kidlab o„tilgandek qalin listli stanning zamonaviy turiga juft kletli stan kiradi. Bunday stanga 2800 stani kiradi. (5.5 - rasm) da 2800 stan qurilmasining asosiy joylashish sxemasi ko„rsatilgan.
- rasm. Qalin list ishlab chiqarish 2800 stani jihozining joylashish sxemasi;
1 - rolgang, 2 - itargich, 3,4 - qizdirish pechi, 5 - rolikli konveyer, 6 - vertikal klet, 7 - qoralama duo klet, 8 - rolik, 9 - klet kvarto, 10 - rolgang, 11,12 - to„g„irlash mashinasi
Stan 2800 qalinligi ℎ = 50 mm, kengligi 1000…2500 mm, uzunligi l legirlangan va konstruktsion, uglerodli po„lat markalarini ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi. Zagotovka sifatida qalinligi 𝐻 = 125 … 250 mm, kengligi 𝐵 = 700 … 1600 mm, uzunligi 𝑙 = 2,5 … 6,0 li og„irligi 12 t gacha bo„lgan slyablar qo„llaniladi.
- jadvalda 2800 stanning qisqacha texnik tavsifi keltirilgan.
Stan 2800 sexi uch korpusli binoda joylashgan bo„lib, o„z tarkibida uchta metodik qizdirish pechi, tabiy, koks va domen gazlar bilan qizdirish aralashmasi, vertikal jo„vali klet, qoralama duo klet, yakuniy universal kvarto kleti va qalinligi ℎ = 4 … 25 mm va ℎ = 25 … 50 mm listlar uchun ushlab beruvchi ikkita chiziq mavjud (5.5 - rasm).
Tekshiruv va yuklash qurilmalaridagi slyablarni ta‟mirlash uchun 1 rolgang 3 bilan qizdirish pechi 4 ga uzatadi, va itargich 2 bilan yuklash amalga oshiriladi.
- jadval. Qalin list ishlab chiqarish 2800 stani jihozining texnik
ko„rsatgichlari
Klet turi
|
Jo„valar o„lchami, mm
|
Asosiy yuritma
|
D
|
L
|
N. kVt
|
п, Gts
|
turi
|
Vertikal
|
1000
|
700
|
880
|
15
|
individual
|
Chernovoy
duo
|
1150
|
2800
|
2 X 2570
|
3...4...6
|
individual
|
Universal
chistovoy
|
|
|
|
|
orqali
|
Gorizontal
jo„valar
|
800/1400
|
2800
|
5500
|
6...9...12
|
Shesternyali klet
|
Vertikal
jo„valar
|
700
|
400
|
2X200
|
50...100
|
individual
|
Prokatlash xaroratigacha qizdirilgan slyablar metodik pechlarda rolikli konveyer 5 yordamida vertikal klet 6 ga uzatiladi, unda kuyundi yo„qotiladi va yon qirra siqilishi amalga oshiriladi.
Qoralama duo klet 7 da hisoblangan siqish va qabul qilingan sxema bo„yicha bir nechta bo„shatishda silliqlab prokatlash amalga oshiriladi. Duo kletining oldingi va orqa tomonida gorizontal tekislikda slyabni kontovkalash va jo„vada silliqlash uchun to„g„ri ko„rsatma manipulyator uchun rolik 8 o„rnatilgan. Duo kletida bundan tashqari silliqlagich sirtidan kuyundini tozalash ham amalga oshiriladi.
Qoralama kletda prokatlangandan so„ng taxlam rolgan bo„ylab universal yakuniy klet kvarto 9 ga o„tkaziladi, unda (zarur bo„shatishlar soni bo„yicha) list uzunligi va yakuniy qalinlikda prokatlash amalga oshiriladi. Prokatlangan list rolgang 10 bo„ylab list to„g„irlash mashinasi 11 yoki 12 (list qalinligiga ko„ra) yo„naltiriladi, so„ng pardozlanadi.
Yevropadagi qalin listli stanlarning yiriklaridan biri Jdanov metallurgiya kombinatidagi 3600 stani hisoblanadi. 3600 Stanida qalinligi 5…50 mm list va qalinligi 50…200 mm plita prokatlanadi, listning maksimal kengligi 3,2 m, uzunligi 28 m, plita - 3,2 va 12 m. Tayyor mahsulot turli po„lat markalaridan ishlab chiqariladi: oddiy sifatli uglerodli po„lat, kemasozlik uchun uglerodli po„lat,
ko„prik qurish uchun, qozonhona uchun, magistral quvurlar uchun kam legirlangan va boshqalar.
List va plitalarni prokatlash quyilgan slyab va quymalarda amalga oshiriladi. Slyablar qalinligi 130…350 mm, kengligi 1100…1900 mm, uzunligi 3,4 m gacha, og„irligi 16 t gacha. Quymalar qalinligi 450…940 mm, kengligi 1300…2000 mm, uzunligi 3,0 m gacha, og„irligi 37 t gacha.
3600 Stan boshqa qizdirgich metodik pech, to„rtta guruh qizdirish guruhi, vertikal kuyundi chiqargich, qoralama va yakuniy reversiv kvarto klet, ishchi rolgang, zagotovkani 90º gorizontal tekislikda aylantirish uchun konusli rolik, toblash mashinasi, normallash pechi, silliqlash mashinasi, sovutgich va pardozlash maydonidan tashkil topgan.
Ishchi kletning qisqacha texnik tavsifi 5.2 - jadvalda keltirilgan. Har bir kletda prokatlash texnologiyasini ko„rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |