Robotlashtirilgan ishchi pozitsiya sxemasi 8.1 - rasmda keltirilgan. Robotlashtirilgan ishchi pozitsiyasi yoki moslashuvchan (epchil) ishlab chiqarish modulining namunaviy sxemasi quyidagilardan iborat: 1- uzatib turuvchi qurilma; 2- stanok; 3- sanoat roboti; 4- olib turuvchi qurilma; 5- SR ning boshqarish qurilmasi; 6- ishlab turgan jihoz –uskunani boshqarish qurilmasi RTKni joylashtirishda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:
Sanoat robotini o‘qitish jarayonida operator mehnatini muhofazalash bo‘yicha talablar .
Jihoz asbobini almashtirish bo‘yicha talablar.
Jihozga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha talablar.
- rasm. Robotlashtirilgan ishchi pozitsiya sxemasi:
1-uzatibturuvchiqurilma;2–stanok;3–sanoatroboti;4-olibturuvchiqurilma;5-SRningboshqarishqurilmasi;6–dastgoh(stanok)niboshqarishqurilmasi. Robototexnik bo‘linmalarning namunaviy joylashishi quyidagi ko‘rinishga ega (8.2-rasm.).
EHM orqali boshqariladigan sanoat roboti va sonli programmalash boshqaruvi 8.3 - rasmda keltirilgan.
8.3- rasm. Sonli programmali boshqariladigan robototexnik bo‘linmalarning struktura sxemasi:
1- transportli ombor sistemasi; 2- qabul stoli; 3- sanoat roboti boshqarish qurilmasi; 4- yordamchi jihoz-uskuna boshqarish qurilmasi; 5- sonli programmali boshqarish qurilmasi; 6- asosiy jihoz-uskuna; 7- yo‘naltiruvchi qurilma; 8- sanoat roboti; 9- yuvuvchi mashina; 10- magazin.
Pol ustida joylashtiriladigan statsionar turdagi SRdan foydalanadigan robototexnik bo‘linma sxemasi 8.4 - rasmda keltirilgan.