Vazirligi X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


Intellektual, adaptiv va programmali robotlar



Yüklə 1,66 Mb.
səhifə7/86
tarix07.01.2024
ölçüsü1,66 Mb.
#204883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   86
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020 (1)

Intellektual, adaptiv va programmali robotlar.


Adaptiv robot moslashuvchan sistemalarning bir turidir. Bunday robot programmalashtirilgan harakat funksiyalari qisman aniq tashqi muhitda bajarish imkoniyatiga ega. Tashqi muhit o‘zgarishini adaptiv robot sensor qurilmalari yordamida qabul qilib, o‘z faoliyatini avtomatik ravishda qayta programmalaydi.


Adaptiv robotlarda sensor qurilmalari sifatida sun’iy ko‘z, lokatsion sensorlar, taktil va kuch-moment datchiklari qo‘llaniladi.
Adaptiv robotning sxemasi 1.3- rasmda keltirilgan.


1.3- rasm. Adaptiv robot sxemasi:


1- manipulyator, 2- harakatlanish qurilmasi, 3- programmani o‘zgartirish qurilmasi, 4-hisoblash qurilmasi, 5- sun’iy intellekt, 6- sensor qurilmasi, 7-
muloqot qurilmasi, 8- manba blogi.
Adaptiv robotlarda sun’iy intellekt blogi bo‘lmaydi.
Programmali robot sxemasi 1.4- rasmda keltirilgan. Bunday robot aniq tashqi muhitga oldindan programmalashtirilgan harakat funksiyalarini bajaradi [5]. Shuni ta’kidlash lozimki, «avlod» termini robotlarning bir avlodini ikkinchisi bilan almashtirish deb tushunmaydi. har bir robot avlodi mustaqil ahamiyatga ega va element bazasi bo‘yicha texnik ko‘rsatgichlari takomillashib
boradi. har bir robot avlodi ekspluatatsiya tartibiga qarab, keng qo‘llaniladi.
Adaptiv robotlarga qaraganda intellektual robotlarda kuchli rivojlangan matematik ta’minot bo‘ladi. Intellektual robot struktura sxemasi 1.5 – rasmda keltirilgan.

1.4- rasm. Programmali robot sxemasi





1.5- rasm. Intellektual robot sxemasi:
1-manipulyatorlar, 2 – harakatlanish qurilmasi, 3 – programmalarni o‘zgartirish qurilmasi, 4 hisoblash qurilmasi, 5 sun’iy intellekt, 6 sensor
qurilmalar, 7 muloqot qurilmasi, 8 manba bloki;
BQ – boshqarish qurilmasi, TIS – ta’minot ijro sistemasi, TM – tashqi muhit; – informatsion o‘zaro ta’sir, , –- material, energetik o‘zaro
ta’sir va aloqalar.
Intellektual robotning boshqarish qurilmasi (BQ) robotga intellektuallik xususiyatini ta’minlash va tashqi muhit bilan faol va maqsadli informatsion o‘zaro ta’sirlarni bir necha kompyuterlar asosida amalga oshiradi.
BQ si quyidagilardan tashkil topadi: sensor qurilmasi (6), u tashqi muhit va robotning holati bo‘yicha informatsiya bilan ta’minlaydi; muloqot qurilmasi (7) robotning operator bilan va tashqi muhitdagi funksional qurilmalar bilan dialogi uchun xizmat qiladi; sun’iy intellekt (5) obrazlarni bilish, ma’lum predmat sohasidagi bilimlarni yig‘ish va ishlatishga xizmat qiladi; hisoblash qurilmasi (4) boshqarish programmalarini shakllantiradi; programmalarni o‘zgartirish qurilmasi
(3) boshqarish programmalarini o‘zgartiradi va manipulyator yuritmalarini, harakatlanish qurilmasini, tashqi muhitdagi texnologik jihozlarni boshqarish uchun kerakli holga keltiradi; tashqi muhit (9) – real mavjud fizik muhit, robot u bilan
informatsion va energetik o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Agar robot ishlab chiqarish sharoitida ishlatilsa, unda robotning tashqi muhitiga operator, boshqa robotlar, texnologik jihozlar, texnologik jarayonlar, transport sistemalari, energiya ta’minoti sistemalari va boshqalar kiradi.

    1. Yüklə 1,66 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin