1 – ko‘tarish va burilish moduli; 2 – burilish moduli; 3 – burilish va siljishmoduli;4–ko‘tarishmoduli;5–burilishvachiziqliharakatmoduli;6–aylanish moduli; 7 – tebranma harakat moduli; 8 – siljish moduli; 10 – 14 qisqichmodullari. 1.5 – rasmda keltirilgan robot modullari yetarli darajada universal hisoblanadi. Masalan, 1,2 yoki 1,8,6 hamda 10 – 14 modullar asosida “Siklon – 3B”, “PR – 10”, “MP – 5” sanoat robotlari manipulyatorining konstruksiyalarini; 3,7,10 modullar yordamida “MP1”, “Sport – 1”; 2,4,9,13 – modullar asosida “Universal”, “Yunimeyt” robotlari manipulyatorlari konstruksiyalarini hosil qilish mumkin [4].
Avtomobilsozlikda robotlarning qo‘llanilishi
Hozirgi vaqtda avtomobilsozlikda robotlar boshqa sohalarga qaraganda, ko‘proq ishlatiladi, chunki bu sohadagi qator operatsiyalar inson sog‘lig‘i uchun zararli va xavli operatsiyalarga payvandlash, bo‘yash, yig‘ish, germitasiyalash, issiq detallami tashish operatsiyalari kiradi. (1.8.-rasm).
Robotlarni avtomobilsozlikda qo‘llash mahsulot sifatini oshirish imkoniyatini beradi. Masalan, ishlatilganda bo‘yoq bir xil qalinlikda amalga oshiriladi; payvandlash yuqori sifatli va aniq bajariladi.
Avtomobilsozlikda robotlarni avtomatlashtirilgan tizimlar tarkibida ishlatilganda, ishlab chiqarishning unumdorligi va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlari oshadi. Robotlarning qayta programmalash imkoniyatlari mavjudligi tufayli, ularning turli xil modellari ishlab chiqarishda ishlatilishi mumkin.
Bu esa avtomobilsozlik sohalari texnologiyasining yuqori darajaga ko‘tarilishini ta’minlaydi. Sanoat robotlarini qo‘llash, ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish imkonini beradi.