Robotlar funksiyasi va vazifasiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?
Maxsusligi bo‘yicha robotlar qanday bo‘ladi?
Robotlar yuk ko‘tarish qobiliyati bo‘yicha necha xil bo‘ladi?
Robotlarga qanday yuritmalar ishlatiladi?
Koordinatalar sistemasi bo‘yicha robotlar qanday guruhlarga bo‘linadi?
Robotlarda qanday programmalash usullari qo‘llaniladi?
Programmalash adaptiv va intellektual robotlar, ularning struktura sxemalari va asosiy qismlari.
Robotlarni qabul qilish prinsipini bayon qiling.
Sanoat robotlarning mexanik sistemasi nimaga xizmat qiladi?
2-BOB. ROBOTLARNING MEXANIK TIZIMI
Sanoat robotining mexanik sistemasi harakat funksiyalarini va texnologik operatsiyani amalga oshirishga xizmat qiladi.
Uning tarkibiga manipulyator va harkatlanish qurilmasining mexanik sistemasi kiradi va quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi: elementlar konstruksiyalari, yuritgichlar va qisqich qurilmalari.
2.1 – rasmda sanoat roboti konstruksiyasining asosiy elementlari keltirilgan.
2.1 – rasm. Sanoat roboti konstruksiyasining asosiy elementlari: