Sanoat robotining yuk ko‘tarish qobiliyati deyilganda manipulyatsiya qilinayotgan ob’ektning eng katta massasi tushuniladi.
Sanoat robotining harakatlanish darajasi soni, bu kinematik zanjir zvenolarining qo‘zg‘almas deb qabul qilingan zvenoga nisbatan erkinlik darajalari sonidir.
Robot ishchi organining to‘xtash xatoligi deganda, ishchi organning boshqarish programmasida ko‘rsatilgan holatdan chetga chiqishi tushuniladi.
Sanoat robotining asosiy texnik ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda standartlash, unifikatsiyalash, yasash texnologiyasi, ergonomik ko‘rsatkichlar ham ko‘rsatilishi mumkin [7, 8].