Vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Mehribonlik uyilarida psixologik xizmat va psixolog faoliyatini



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/31
tarix28.11.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#169126
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining ijtimoiylashuvida muloqotchanlikka kirishishning psixologik xususiyatlari (1)

2.2. Mehribonlik uyilarida psixologik xizmat va psixolog faoliyatini 
tashkil etilishining ahamiyati


69 
O‘sib kelayotgan yosh, bunyodkor avlod kelajagini har tomonlama 
takomillashgan va ijtimoiy taraqqiyot talablariga to‘la-to‘kis javob bera oluvchi
ta’lim tizimining muvaffaqiyatli tatbiqisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ta’limning 
muvaffaqiyati esa tashkil etilgan o‘quv faoliyatining har bir o‘quvchi shaxsiga,
uning ijtimoiy taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi bilan belgilanadi. Bu mas’uliyatli 
vazifani, ayniqsa, bugungi kunda psixologik xizmatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
Qolaversa, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda, o‘quv topshiriqlarini 
takomillashtirishda, o‘quvchilarni u yoki bu kasbga yo‘naltirishdagi o‘ziga xos 
individual psixologik xususiyatlarini va qiziqishlarini aniqlashda, ularni o‘z-o‘zini 
anglashlarida, o‘quv jarayoni, o‘quvchilar jamoasi, o‘quvchi-o‘qituvchi faoliyati 
bilan bog‘liq barcha muammolarni bartaraf etish yo‘llarini izlashdagi psixolog-
olimlarning bugungi yutuqlari haqida yetarli dalillar mavjud. Masalan, 
I.V.Dubrovina tadqiqotlarida maktabda psixologik xizmatni tashkil etishdagi
nazariy va amaliy jihatlarning asoslanishi, L.I.Bojovichning o‘quvchi shaxsi va 
uning maktab yoshidagi shakllanish bosqichlarini psixologik tasniflovchi empirik 
ma’lumotlari; A.G.Asmolovning o‘quvchi faoliyati va ustanovka uyg‘unlgini
izohlab beruvchi tadqiqotlari; D.I.Feldshteynning ontogenezda rivojlanuvchi shaxs 
ijtimoiy taraqqiyotining psixologik qonuniyatlarini ochib berishga qaratilgan qator 
ilmiy-tadqiqiy ko‘rsatmalari,E.A.Klimovning o‘quvchini kasbga yo‘naltirishdagi 
individual uslubni o‘zida mujassamlashtirgan psixologik mezonlar ishlanmalari, 
B.S.Merlinning o‘quvchi shaxsidagi individual va sotsial tipik xususiyatlar 
psixologiyasini izohlab berishga qaratilgan asarlari, E.G‘.G‘oziyevning ta’lim 
muassasalaridagi psixologik xizmat vazifalarini qayd etishga bag‘ishlangan 
ko‘rsatmalari, M.G.Davletshinning O‘zbekistondagi psixologik xizmatning
bugungi holati va vazifalarini talqin qilishga qaratilgan ilmiy-amaliy fikr-
mulohazalari, V.A.Tokarevaning o‘quvchi shaxsi taraqqiyoti uchun muhim
bo‘lgan o‘z-o‘zini bilish va axloqiy rivojlanish imkoniyatlarini ochib berishga 
qaratilgan ilmiy va empirik ma’lumotlari, G‘.B.Shoumarovning Xalq ta’limi 
tizimida psixologik xizmatning joriy etilishi bilan bog‘liq yangiliklar, muammolar 
va yechimlarga bag‘ishlangan nazariy-ilmiy va ijtimoiy-amaliy ahamiyatga molik 


70 
fikr-mulohazalari, B.R.Qodirovning O‘zbekistondagi iqtidorli va iste’dodli
bolalarni tanlash va tarbiyalashga qaratilgan qator nazariy-ilmiy va amaliy-
uslubiy asarlari shular jumlasidandir. 
Ayniqsa, bugungi kunda o‘zbekistonlik psixologlar guruhi tomonidan 
"O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimida psixologik xizmat, xalq ta’limi 
tizimida ishlaydigan psixologlarning malakasini oshirish va ularning 
attestatsiyasi haqidagi Nizom"ning ishlab chiqilishi va Xalq ta’limi vazirligi 
tomonidan tasdiqlanishi O‘zbekistondagi psixologik xizmat tizimining rasmiy 
tarzda "jonlanishi" va taraqqiy etib borishi uchun muhim ijtimoiy ahamiyat kasb 
etadi. Tabiiyki, ushbu "Nizom" ta’lim muassasalarida tatbiq etilajak psixologik 
xizmat tizimining asl maqsadi, mazmuni, mohiyati, ahamiyati, vazifalari va asosiy 
yo‘nalishlari haqida yetarlicha tasavvur hosil qilish va shu tasavvur asosida
muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish uchun o‘ziga xos qo‘llanma va yo‘llanma bo‘lib 
xizmat qiladi. Xuddi ana shu " yo‘llanma" asosida bugungi kunda Respublikamiz
miqyosida talaygina ta’lim muassasalarida psixologik xizmat tizimi tashkil etilgan. 
Darhaqiqat, Respublika xalq ta’limi tizimida psixologik xizmatning joriy 
etilishi, dastavval, o‘quvchi shaxsini har tomonlama tushunish tahlil qilish va 
rivojlantirish borasida o‘ziga xos yuksak ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, 
hamma rivojlangan davlatlarda va hamma zamonlarda ham inson omilidan unumli 
foydalanish muammosi eng dolzarb muammo hisoblangan. Ushbu muammoni 
bartaraf etish esa eng birinchi navbatda o‘quv maskanlaridagi har bir o‘quvchi 
shaxsiga, o‘quvchilar jamoasiga bo‘lgan psixologik yondashuvning 
mazmuniga,mohiyatiga va saviyasiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Umumta’lim maktablarida tashkil etilgan psixologik xizmat tizimi uchun 
mo‘ljallangan "Psixologik xizmat Nizomiga" kiritilgan barcha vazifalarni ma’lum 
ma’noda psixologik himoyalanishni shakllantirish vazifalari ham, deb tushunish 
mumkin.Chunki, psixologik xizmat jarayonida har bir o‘quvchini o‘z-o‘zini
anglashga,o‘z-o‘zidan unumli foydalanishga, o‘z individual imkoniyatlarini 
namoyon qilishga va rivojlantirishga, faoliyat jarayonida sodir etilishi mumkin 
bo‘lgan ziddiyatlarga va ayrim tanglik holatlariga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan 


71 
tadbirlar ko‘lami muntazam ravishda amalga oshirilib boriladi. Bularning barchasi 
esa ayni paytda, psixologik muhofaza imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan 
uslubiy vositalar bilan ham xarakterlanadi. 
1987 yildan boshlab bolalar uylariga (hozirgi mеhribonlik uylari) va maktab 
intеrnatlarda psixolog shtati joriy etildi. Ushbu hodisa oiladan tashqarida 
tarbiyalanayotgan bolalarning psixik rivojlanishi uchun maxsus psixologik yordam 
zarurligini tan olishni anglatadi. Mеhribonlik uylari yoki maktab intеrnatlardagi 
psixolog ishining asosiy yo’nalishlari, prinsip va mеtodlari ko’p jihatdan oddiy 
maktabdagiga o’xshash bo’ladi. Biroq shu bilan birga ushbu muassasalardagi 
psixologlar ishi o’ziga xosliklarga ham ega. Bu o’ziga xoslik, birinchidan, bunday 
tip muassasalardagi ta'lim tarbiya jarayonining o’ziga xosligi, ikkinchidan, 
bolalarning psixik rivojlanishidagi o’ziga xoslik tufayli kеlib chiqadi. Shu narsa 
ma'lumki, ilk bolalik davridanoq (1-3 yosh) intеrnat tipidagi muassasalarda 
tarbiyalanayotgan bolalar bir qancha psixologik xususiyatlari bilan oilada 
tarbiyalanuvchi bolalardan farqlanadilar: ba'zi xususiyatlarda ushbu muassasalarda 
tarbiyalanuvchi bolalar oddiy maktabdagi bolalar bilan barobar va hatto, ulardan 
ustunroq bo’lsa, ayrim xususiyatlari bilan ulardan hatto o’zidan kichik yoshdagi 
o’quvchilardan ham orqada qoladilar. Afsuski, bunday holat butun maktab yoshi 
davrida saqlanib qoladi. 
Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, psixologik rivojlanishda orqada 
qolish ancha vaqtli, maktabgacha yosh davridayoq vujudga kеladi. Uni bartaraf 
etish ishi maxsus muassasalarda yеtarli darajada olib borilmasligi oqibatida ular 
kеyingi yosh bosqichlarida yanada chuqurlashib kеtadi.Mеhribonlik uylari yoki 
maktab-intеrnatlarda ishlay boshlar ekan, psixolog mе'yoriy hujjatlarda 
ko’rsatilganidеk, quyidagilarni amalga oshirishi talab etiladi: ota-onalar 
qaramog’isiz qolgan bolalar bilan mеhribonlik uylari hamda intеrnat tipidagi 
muassasalarda 
olib 
boriladigan 
psixolog 
ishi 
ushbu 
muassasalar 
tarbiyalanuvchilarining psixologik jihatdan to’laqonli rivojlanishini ta'minlash,
shaxs sifatida va intеllеktual rivojlanish xususiyatlarini, ta'lim tarbiya jarayonidagi 


72 
buzilishlarning psixologik sabablarini diagnostika qilish va bunday buzilishlarni 
bartaraf etish uchun profilaktik tadbirlar o’tkazishga yo’naltirishi kеrak. Psixolog 
bola hayotidagi ro’y bеrgan fojianing bola psixik rivojlanishiga ta'sir etishini 
susaytirish va tеgishli psixologik mеtodlarni o’tkazish orqali bola shaxsi progrеssiv 
shakllanishini ta'minlash lozim.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin