Vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


muloqotchanlikka kirishish muammosini o‘rganish usullari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/31
tarix28.11.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#169126
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining ijtimoiylashuvida muloqotchanlikka kirishishning psixologik xususiyatlari (1)

muloqotchanlikka kirishish muammosini o‘rganish usullari
Mehribonlik uyi 
tarbiyalanuvchilarda 
muloqotmandlikning 
umumiy 
darajasini 
aniqlash(V.F.Ryaxovskiy) 
Tadqiqotimizda biz mehribonlik uyida tarbiyalanuvchi o‘smirlarimizning 
muloqotga qay darajada kirisha olishlarini o‘rganish maqsadida V.F.Ryaxovskiy 
tomonidan ishlab chiqilgan “Muloqotchanlikning umumiy darajasini aniqlash” 
so‘rovnomasidan foydalandik. So‘rovnomani o‘tkazishdan oldin respondentlarga 
quyidagicha ko‘rsatma berildi:”Sizning e’tiboringizga bir necha sodda savollar 
beriladi. Tez va aniq qilib “ha”, “yo‘q”, “ba’zan” deb javob bering”. Javoblarni 
baholash esa, “ha” – 2 ball, “ba’zan” – 1 ball, “yo‘q” – 0 ball. 
 
Muloqotchanlikni umumiy darajasini aniqlash
1.Siz muhim yoki biror ishingiz hal qilinadigan uchrashuv arafasidasiz. Buni 
kutish sizning kun tartibingizni izdan chiqaradimi? 
2.Sizga birorta majlisda, yig‘ilishda, tadbirda ma’ruza qilish, axborot 
berishyoki nutq so‘zlash topshirilsa, bu narsa sizda norozilik va o‘zini yo‘qotish 
hissini qo‘zg‘otadimi? 
3.Siz vrachning qabuliga borishingiz kerakbo‘lsa, bu ishni oxirigi 
daqiqagacha paysalga solasizmi? 


80 
4. Sizga mutlaqo notanishbo‘lgan shaharga xizmat safari bilan borishni taklif 
etishsa, siz bundan bo‘yin tovlash uchun hamma choralarni ishga solasizmi? 
5.Siz o‘z hissiyotlaringiz haqida birovlar bilan o‘rtoqlashasizmi? 
6.Agar ko‘chada begona kishi sizga biror iltimos bilan murojaat etsa (soat 
necha bo‘lganini, biror joygacha bo‘lgan yo‘lni, biror ma’lumotni aytib berishni), 
bu narsa sizning g‘ashingizga tegadimi? 
7.Siz “kattalar va bolalar” muammosi borligiga hamda turli avlodga mansub 
kishilarning bir – birlarini tushunishlari qiyinligiga ishonasizmi? 
8.Sizdan bir necha oy burun qarzga pul olgan kishiga bu haqda 
ogohlantirishga tortinmaysizmi? 
9.Restoranda yoki oshxonada sifatsiz taom berishsa, siz faqat achchig‘ingiz 
chiqib tarelkani surib qo‘yish va indamay turaverish bilan kifoyalanasizmi? 
10.Notanish kishi bilan yakkama-yakka qolsangiz, siz u bilan gaplashishni 
boshlamaysiz va agar u birinchi bo‘lib so‘z boshlasa, sizga malol keladi. Shu 
to‘g‘rimi? 
11.Sizga har qanday uzun navbat, u qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, 
yoqmaydi (poliklinikada, magazinda, kinoteatrda, har qanday kassada). Shunday 
vaziyatda sizga o‘z maqsadingizga yetish uchun navbatning oxirigacha turib, 
qiynalib bo‘lsa ham kutasizmi? 
12.Janjalli komissiyalarning faoliyatida qatnashishdan cho‘chimaysizmi? 
13.Adabiyot, san’at va madaniyat boyliklarini baholashbo‘yicha sizning o‘z 
mezon va me’yorlaringiz bor. Shuning uchun bu boradagi hech qanday boshqa 
fikrlarni tan olmaysiz, shu to‘g‘rimi? 
14.Qayerdadir bir chekkada sizga yaxshi ma’lum bo‘lgan biror masala 
yuzasidan mutlaqo noto‘g‘ri fikr bildirilayotganini eshitib siz munozaraga 
kirishmay jim turishni afzal ko‘rasizmi? 


81 
15.Kimdir sizdan u yoki bu xizmat masalasiga aniqlik kiritishni yoki biror 
o‘quv mavzusini tushuntirib berishni so‘rasa, sizning kayfiyatingiz bo’ziladimi? 
16.Siz o‘zingizning nuqtai nazaringizni (fikringiz, bahoingizni) yozma holda 
bayon qilishni og‘zaki bayon qilishga qaraganda afzalroq ko‘rasizmi?

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin