Vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Yolg’izlikni o‘lchashning modifikatsiyalashtirilgan shkalasi



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/31
tarix28.11.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#169126
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining ijtimoiylashuvida muloqotchanlikka kirishishning psixologik xususiyatlari (1)

 
Yolg’izlikni o‘lchashning modifikatsiyalashtirilgan shkalasi


85 
Vaziyatlar
Hech 
qachon
Kamdan-
kam
Ba’zida
Tez-
tez
01.
Men atrofdagilar bilan yaxshi 
munosabatda ekanimni his etayapman 




02.
Men do‘stona muloqotga 
muhtojman 
1

3
4
03
. Men birorta odamga ham 
murojaat qilolmayman 




04.
Men o‘zimni yolg’iz his 
etmayapman 
1

3
4
05.
Men o‘zimni do‘stlarim 
guruhining bir qismi deb his etaman 




06

Men 
atrofdagilarga 
xos 
ko‘pchilik xususiyatlarga egaman 
1

3
4
07. 
E
ndilikda 
mening 
o‘y-
xayollarim faqat o‘z ichki hissiyotlarim 
va fikrlarim bilan cheklanib qolmayapti 




08.
Hech kim mening fikrlarimga 
va gaplarimga qo‘shilmayapti 
1

3
4
09.
Men 
odamlardan 
tez 
uzoqlashadigan odamman 




10.
Shunday odamlar borki, men 
ularga nisbatan chuqur tuyg‘ular his 
etaman 
1

3
4


86 
11.
Men 
o‘zimni 
tashlab 
ketilgandek his etayapman 




12.
Mening ijtimoiy muhit bilan 
bo‘lgan aloqalarim unchalik chuqur emas 
1

3
4
13.
Hech kim mening haqiqatan 
qanday ekanimni bilmaydi 




14.
Men o‘zimni boshqalardan 
ajralib qolganday his etayapman 
1

3
4
15.
Men istagan paytimda do‘st 
orttira olaman 




16.
Meni juda yaxshi biladigan 
odamlar bor 
1

3
4
17.
Men boshqalardan uzoqlashib 
qolganim bois baxtsizman 




18.
Odamlar atrofimda, biroq men 
bilan emas 
1

3
4
19.
Shunday odamlar borki, men 
ular billan suhbatlasha olaman




20.
Shunday odamlar borki, men 
ularga murojaat qila olaman 
1

3
4
Natijalar tahlili 
Yolg’izlikhissiningyuqori (54 balldan 80 ballgacha) darajasiniizohlabturibdi. 
Bundan ko‘rinadiki, o‘smir endi «yosh bola» emas, endi u «katta odam». Katta 
odam esa mustaqil, bo‘lishi, o‘z muammolarini o‘zi hal qilishi kerak. Bu davrda 


87 
kattalar yordamiga murojaat qilish teng-doshlar tomonidan qoralanadi va buni 
o‘smirning o‘zi ham xohlamaydi. Bu davrda o‘smirlarga kattalar tomonidan 
oldingidek ko‘rsatiladigan iltifot, erkalashlar yerish tuyuladi. Endi ular o‘zlarini 
yerkalab, silab-siypashlarini, «arzimagan narsalar» uchun kattalar tomonidan 
bildiriladigan olqishlarni «yoqtirmaydi». Endi ular atrofdagilarni hissiy qo‘llab-
quvvatlashlaridan holiroq bo‘lishga, o‘z muammolarini o‘zlari shaxsan hal qilishga 
intiladilar.
Oldinlari ko‘chada, bog‘chada, maktabda yuz bergan voqealar haqida 
uyidagilarga shikoyat qilib ota-onasidan yordam so‘ragan bo‘lsalar, endi oiladan 
tashqarida birontasidan dakki eshitib, kaltak yeb kelgan taqdirda ham bu haqda 
ota-onasiga biddirmaslikka harakat qiladi va imkon qadar ota-onalarini uning 
«ishlariga» aralashmasliklarini xohlaydi. Bularning barchasi o‘smirlarda bevosita 
kuzatiladigan emotsional avtonomiyaning alomatlaridir. O‘smirlarda kuzatiladigan 
avtonomiya holatining yana biri makoniy avtonomiyadir. Bunga ko‘ra o‘smirlar 
imkon qadar o‘z xonasida yolg’iz qolishga, biron bir ishni bajarayotgan yoki biron 
bir joyda bo‘lgan vaqtlarida imkon qadar yolg’iz bo‘lishga ayniqsa o‘z ota-onasi, 
oila a’zolari nazaridan chetroqda bo‘lishga, o‘z o‘y-xayollari bilan mashg‘ul bo‘lib 
vaqt o‘tkazishga intilib qoladi. Suhbatlashsa ham asosan o‘z tengdoshlari, yaqin 
o‘rtoqlari bilangina muloqotda bo‘lib, o‘z ota-onasi bilan esa kamroq muloqotda 
bo‘lishga intilib o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi. Ayni vaqtda o‘smirda 
kuzatilayotgan bu hodisalarning asl sababini tushunmagan ayrim ota-onalar 
ularning bunday holatidan xavotirlanib, ular bilan oldingiga qaraganda ko‘proq 
qiziqib qoladilar.
Boshqacha qilib aytganda ularning avtonomiyasiga «bostirib kiradilar». 
Buni esa o‘smirlar yoqtirmaydi. Bunday holatlar o‘smirlar va ularning ota-onalari 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarida kelishmovchiliklar, nizolarning yuzaga 
kelishiga asos bo‘lishi mumkin. Shuningdek o‘smir ruhiyatida kuzatiladigan 
xarakterli xususiyatlar, ya’ni ularning o‘ta ta’sirlanuvchan, jizzaki, qo‘rs, sal 
narsaga xafa bo‘lishi, uning hissiy noturg‘unligi ifodasidir. Bunday holatlarning 


88 
yuzaga kelish sabablaridan biri bevosita jinsiy balog‘atga yetish, ichki sekretsiya 
bezlari, ayniqsa jinsiy bezlar funksiyalarining faollashuvi va shular bilan bog‘liq 
holda o‘smir organizmida ro‘y beradigan psixofiziologik o‘zgarishlardir. Bunday 
vaziyatda o‘smirda ijtimoiy-psixologik omillarning kamida bittasi bo‘yicha 
yolg’izlik hissining yuqori darajada kuchayib ketish holatlari kuzatiladi.
Yolg’izlik hissining o‘rta (28 balldan 53 ballgacha) darajasini ko‘rsatishdi. 
Mazkur jarayonning yuzaga kelishi o‘smirlik davrida o‘smirning «men»ini 
qaytadan shakllana borishidadir, ya’ni uning atrofidagilarga ayniqsa o‘z o‘ziga 
bo‘lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo‘nalishi keskin o‘zgaradi. Uning 
o‘z shaxsiga bo‘lgan e’tibori kuchayadi. Chunki bu davrida shaxs egotsentrizmi 
boshqa davrdagilarga qaraganda eng yuqori darajaga yetadi. O‘smir o‘z 
shaxsiyatini boshqalardan ustun, o‘ziga ko‘proq bino qo‘yadi. Shu davrda o‘g‘il 
bolalarda ham, qiz bolalarda ham shunchaki kattalarga taqlid qilib emas, balki tom 
ma’noda o‘zining xatti-harakatini nazorat qilish, o‘zining yurish-turishi, kiyinishi, 
tashqi ko‘rinishiga astoydil e’tibor berish, pardoz-andoz bilan shug‘ullanish kabi 
holatlar kuzatiladi. Biroq bu davrdagi endokrin sistemasi faoliyati, epofiz, jinsiy 
sekretsiya bezlari ajratib chiqaradigan garmonlar ta’siri ostida o‘smir organizmida 
va tana to’zilishida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Uning tana to’zilishi proporsiyasi 
bo’ziladi (u nisbatan beso‘naqayroq bo‘lib qoladi), tovushlari o‘zgarib, do‘rillab 
qoladi. Jinsiy balog‘atga yetishning boshlanishi bilan yuzlariga husnbuzar chiqa 
boshlaydi. Bularning barchasi o‘smir uchun kutilmagan, uncha xush kelmaydigan 
holatlardir va aynan ana shu holat o‘smirning ta’sirlanuvchanligini, jizzakiligini 
ortishiga olib keladi. Shu davrda o‘smirning tashqi ko‘rinishi, shaxsiyatiga oid 
bildirilgan arzimagan nojo‘ya gap uning uchun jiddiy salbiy kechinmalarning yuz 
berishiga asos bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda hissiyotning o‘z harakatlari 
motivi sifatidagi roli o‘zgarib boradi. Emotsiya va hissiyotlar boshqaruv 
funktsiyasini bajarib, o‘smirning xulq-atvorini qayta qurishga yordam beradi.
Emotsional kechinmalar, xatti-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi, yo‘naltiradi 
yoki tormozlaydi. o‘smirning xulq-atvorini o‘zgartirishiga qaratilgan kattalarning 


89 
ta’sirlari va talablari o‘smir tomonidan qabul qilinsada, lekin uning harakatlarini 
undovchisi bo‘lib xizmat qilmaydi va emotsional javobni ham uyg‘otmasligi 
mumkin. Shuning uchun ham irodaviy sifatlarning namoyon bo‘lishi faqat motivlar 
bilangina emas balki qadriyatlar ustanovkasi, nerv sistemasida namoyon bo‘luvchi 
tug‘ma xususiyatlarga ham bog‘liqligini ta’kidlash joizdir. Masalan, qo‘rquv, nerv 
sistemasi kuchsiz, nerv sistemasining tormozlanish yuqori darajada va 
tormozlanish qo‘zqaluvchanlikdan ustun bo‘lgan holatdagini yorqin namoyon 
bo‘ladi. Bunday vaziyatda o‘smir uchun dadil harakat qilish qiyinroq kechsada
yolg’izlik hissining o‘rta darajada saqlashga, ya’ni ijtimoiy-psixologik 
aloqalarining kamligini kompensatsiyalashga va yolg’izlik hissining susaytirishga 
qodir bo‘ladi. 
Yolg’izlik hissining past (0 balldan 27 ballgacha) darajada ekanligi 
aniqlandi. O‘smirning haqiqiy qiyofasi asosan uning turmushda orttirgan shaxsiy 
tajribasiga: uning faoliyatiga, kattalar va tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlari 
xarakteriga, uning oila va maktab jamoalariga, kattalar o‘rtasida tutgan o‘rniga 
bog‘liq bo‘lsada, uning tajribasi tevarak-atrofdagi kishilar hayoti va faoliyatini, 
ularning xulq-atvori, xatti-harakatini kuzatishi, ular bilan o‘zaro aloqalari bilan 
ham belgilanishi mumkin. Shaxsiy tajriba asosida yuzaga keladigan bevosita his-
tuyg‘ular va mulohazalarni o‘smir hamma vaqt ham jamiyatimizda qabul qilingan 
axloq normalari hamda o‘ziga nisbatan qo‘yiladigan biror shakldagi talablar 
jumlasiga kiritavyermaydi.
O‘smirning shaxsiy tajribasi jamiyat axloqiy talablariga qay darajada mos 
kelishiga qarab uning shaxsi shakllanadi. Masalan, agar uning shaxsiy tajribasi 
axloq me’yorlariga va tevarak-atrofdagilarning uning o‘ziga qo‘yadigan talablarga 
zid bo‘lsa, o‘smir bu talablarni rasmiyat uchun qabul qilishi va ularni kattalarning 
oldidagina bajarishi mumkin. O‘smirning qat’iyatsizligi, sabrsizligi uning "iroda 
kuchini" namoyon qilishni istamaganligidan emas, balki genetik sabablarga ham 
bog‘liqdir. Bu degani shaxs irodaviy sohasini rivojlantirish uchun kuch 
ishlatishning xojati yo‘q degani emas. Faqatgina ortiqcha va standart faollikdan, 


90 
ayniqsa, inson irodaviy sohasidagi kuchsizlikni bartaraf etishga volyuntaristik 
yondashuvdan qochish lozimdir. Shuni ta’kidlashkerakki, "iroda kuchini" 
rivojlanishi jarayonida o‘smir murakkab qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.
Umuman olganda psixik jarayonlarning tashqi emas, insonning o‘zi qabul 
qilgan qarordan kelib chiqqan holda ichki anglangan stimullar orqali 
faollashtirilishi bilan boshqaruvning ixtiyoriy mexanizmi ixtiyorsiz mexanizmidan 
farqlanadi. Aynan mana shu mexanizm irodaviy (ixtiyoriy) deb nomlangan, 
qolavyersa, birinchidan, ko‘pincha, insonning o‘z istaklaridan, tashqi ta’sirlardan 
mustaqil tarzda yuzaga kelgandek tuyuluvchi ongli qarorlar va motivlardan kelib 
chiqadi, ikkinchidan, anglangan (irodaviy) impulslar va sharoitlarda namoyon 
bo‘ladi va bunday hollarda o‘smirlarda yolg’izlik hissining past darajasi, og‘ir 
yolg’izlik hisssining yo‘qligini kuzatishimiz mumkin albatta. 
Umuman aytganda, o‘smir hayotiy vaziyatlarga optimistik munosabatda 
bo‘ladilar. Emotsiya va hissiyotlarning ontogenezidagi rivojlanish qonuniyatlarini, 
shuningdek shartlari va yosh xususiyatlarini hisobga olisho‘smirlarda shaxs 
xususiyatlarini shakllantirish imkonini beradi. 
V.A.Soninning “Bu olamda men kimman?” metodikasi umumiy tahlili 
Biz tadqiqotimizda, V.A.Sonin tomonidan ishlab chiqilib bir necha marta 
sinalgan “Bu olamda men kimman?” metodikasini sinaluvchilarimizda o‘tkazdik. 
Albatta, har bir metodikalarni biz sinaluvchilarimizning ruhiy holatlarini hisobga 
olgan holda, keng, yorug‘ va tadqiqot o‘tkazish uchun qulay sharoitga ega bo‘lgan 
xonalarda o‘tkazdik. Biz respondentlarimizga metodikani o‘tkazishdan oldin 
quyidagicha yo‘riqnoma berdik:
“Sizga gorizontal chiziqlarga joylashtirilgan 10 xil shaxs xususiyatlari 
tavsiya etilmoqda. E’tiboringizni bir joyga to‘plab yersharida yashayotgan 
odamlarni ana shuchiziqqa joylashtirib tasavvur qilib ko‘ring. Ular orasida sog‘lom 
va bemorlar, aqlli va ahmoqlar ham bor. Siz o‘zingizni ana shuchiziqning qayerida 


91 
turibman deb baholaysiz. O‘sha yerdagi raqamni doira ichiga olib belgi 
qo‘ying”.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin