84
2-daraja – yolg’izlik hissining o‘rta darajasi, individ ijtimoiy – psixologik
aloqalarining kamligini kompensatsiyalashga va yolg’izlik hissini susaytirishga
qodirligi ( 28 – 53 ball),
3-daraja–yolg’izlik hissining past darajasi, og‘ir yolg’izlik hissining yo‘qligi
( 0 – 27 ball).
Natijalar sifat jihatidan tahlil qilinganda, atrofdagilar bilan psixologik
aloqalar darajasiga e’tibor berishkerak. “Yolg’izlik shkalasidan” kelib chiqib ushbu
aloqaning uch o‘lchamini baholash mumkin:
1. “Yaxshi ko‘rishadi” – emotsional komponent.
2. “Tushunishadi” – kognitiv komponent.
3. “Qabul qilishadi” – ijtimoiy komponent.
Har bir o‘lchamga mos keluvchi savollar miqdori va ballar yig‘indisi teng
emasligini hisobga olib, natijalar xolisligini ta’minlash maqsadida barcha
o‘lchamlar uchun o‘rtacha arifmetik qiymatini hisoblab topishkerak.
Uchinchi o‘lcham bo‘yicha ballarning yuqoriligi “tashqi” psixologik
aloqalar o‘ziga xosligini belgilaydi va tashqi begonalashuvning mavjudligini
aniqlash imkonini beradi.
Birinchi va ikkinchi o‘lcham bo‘yicha ballarning yuqoriligi “ichki”
psixologik aloqalar o‘ziga xosligini belgilaydi va ichki begonalashuvning
mavjudligini aniqlash imkonini beradi.
Yolg’izlikni o‘lchashning modifikatsiyalashtirilgan shkalasi bo‘yicha
o‘tkazilgan tadqiqotlar, ushbu shkala natijalari va quyidagi ko‘rsatkichlar
o‘rtasidagi korrelyatsiya yuqori ekanini ko‘rsatadi: shaxsga oid va o‘z – o‘zini
baholash bilan bog‘liq xavotirlik, ajralib qolish va autism, depressiya,
begonalashganlik va umidsizlik hislarining keskinlashgani.
Dostları ilə paylaş: