Vaziyatga huquqiy baho bering


Vaziyatga huquqiy baho bering, jinoyat tarkibi elementlarini aniqlang. Mastlik holatida jinoyat sodir etish xususida fikr bildiring



Yüklə 35,3 Kb.
səhifə8/13
tarix11.04.2023
ölçüsü35,3 Kb.
#96235
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Vaziyatga huquqiy baho bering

Vaziyatga huquqiy baho bering, jinoyat tarkibi elementlarini aniqlang. Mastlik holatida jinoyat sodir etish xususida fikr bildiring.

Bizga berilgan kazusga tahliliy va huquqiy yechim berishda xorijiy yuridik ta’lim muassasalarida keng qo`llanib kelinayotgan IRAC (Issues, Rules, Analysis, Conclusion) o`quv tizimidan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Dastavval, muammoli holatlar doirasini belgilab olamiz:


1. Qilmishga Jinoyat qonuni hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tegishli qarorlarini tahlil qilgan holda yuridik baho bering.
2. Huquqiy normalar raqobati mavjud bo`lganida qilmishni kvalifikatsiya qilish masalalari xususida to`xtalib o`ting.
3. Fikrlaringizni jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlar va xorijiy olimlar ilmiy qarashlariga tayanib sharhlang
Mazkur muammoli vaziyatda Yahyoyev tomonidan bir necha qilmishlar sodir etilganligini hisobga olgan holda, mazkur qilmishlarni alohida-alohida tahlil etgan holda yakuniy xulosa bersak maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqiga binoan jinoiy javobgarlikning yagona asosi ijtimoiy xavfli qilmishda jinoyat tarkibining barcha tomonlari (elementlari)ning mavjudligi ekan, jinoyat tarkibi tomonlarini batafsil tahlil qilmasdan, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lmaydi. Chunki qonunda jinoiy javobgarlikning yagona asosi sifatida shaxsning sodir qilgan qilmishida Jinoyat kodeksi Maxsus qismining aniq bir normasida nazarda tutilgan huquqiy aktning belgilari bo‘lishi kerakligi talab qilinadi.
Jinoyat tarkibi — jinoyat qonunida koʻzda tutilgan, qilmishni jinoyatning muayyan bir turi sifatida harakterlovchi alomatlar yigʻindisi; jinoiy javobgarlikning zaruriy asosi, ijtimoiy xavfli qilmishning jinoiyligini aniqlash vositasi. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 16-moddasida koʻrsatilganidek, qilmishda JKda nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha elementlari mavjud boʻlsagina, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos topiladi. Har qanday jinoyat tarkibi obyektiv va subyektiv alomatlar yigʻindisidan iborat. Jinoyatning nimaga qarshi qaratilganijinoyat obyekti, uning oʻzi sodir etilishiobyektiv tomoni, shaxsning qanday harakat yoki harakatsizlik bilan sodir etilayotgan jinoiy harakatga psixik munosabati, yaʼni jinoyatning qastdan yoki ehtiyotsizlik bilan qilinishisubyektiv tomoni, jinoyat kim va qanday shaxs tomonidan qilinganligijinoyat subyekti hisoblanadi. Ana shu elementlar aniq boʻlmasa, Jinoyat tarkibi ham toʻla boʻlmaydi.
Bundan tashqari, jinoyat tarkibi elementlarining mavjudligi qilmishni jinoyat deb baholash uchun yetarli emas. Qachonki jinoyat tarkibi elementlari o‘rtasida sababiy bog‘lansh mavjud bo‘lganda ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb baholashimiz mumkin.

Yüklə 35,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin