Jinoyat tarkibining subyektiv tomoni - Jinoyat qonunida jinoyat deb belgilangan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsning o’z qilmishiga bo’lgan ruhiy munosabati tushuniladi. 3 Subyektiv tomon belgilari quyidagilarni tashkil etadi:
- ayb;
- motiv;
- maqsad.
Bundan tashqari, jinoyat tarkibi elementlarining mavjudligi qilmishni jinoyat deb baholash uchun yetarli emas. Qachonki jinoyat tarkibi elementlari o`rtasida sababiy bog`lansh mavjud bo`lganda ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb baholashimiz mumkin. Sababiy bog‘lanish — ijtimoiy xavfli qilmish va uning natijasida kelib chiqqan oqibat o‘rtasida ob'ektiv ravishda mavjud bo‘lgan jinoyat tarkibi obyektiv tomonining belgisidir. Sababiy bog‘lanish moddiy tarkibli jinoyatlarning obyektiv tomonining jinoyat tarkibi doirasiga kiruvchi zaruriy belgi hisoblanadi. Sababiy bog‘lanish moddiy jinoyatlarda jinoyat tarkibi obyektiv tomonining uchinchi zaruriy belgisi hisoblanadi.4 Endi esa yuqoridagi muammoli vaziyatdan jinoyat tarkibi elementlarini aniqlab olamiz keyin esa ular o`rtasidag sababiy bog`lanishni tahlil qilamiz. Demak, yuqoridagi muammoli vaziyatda Xodjayev 2015-yil 5-avgust kuni soat 1:10 larda yuziga niqob taqib, Uysozlar ko’chasi, 6-uyning devoridan oshib o’tib, shu uyda yashovchi Islomovani to’nash uchun bostirib kirgan. Mazkur vaziyatda fuqaro Islomovaning mulkiy huquqlarini ta’minlash va muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarjinoyat obyekti bo`lib kelmoqda.
Jinoyatning obyektiv tomoni esa Xodjayevning islomovaning uyiga bostirib kirishi va unga tan jarohatini yetkazishi orqali talonchilik harakatini olamiz.
Bu holatda Xogjayevning xaraktini, dasravval, to’g’ri anglab olish lozim. Ya’ni u avval o’g’irlik qilish uchun fuqaro Isayevaning xonadoniga bostirib kirgan edi, so’ngra uy egasiga nisbatan zo’rlik ishlatadi, uni qarshilik qilsa, o’ldirishini aytadi. X.ning harakati o’zgarib o’g’irlikdan talonchilikka o’tadi. Talonchilikka “O‘zgalar mulkini o’g’irlik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat ishlari bo’yicha sud amaliyoti to’g’risida”gi Oliy Sud Plenium qarorida shunday ta’rif berilgan.
Talonchilik bu - aybdor, jabrlanuvchi va boshqalarning ko‘z oldida o‘zganing mulkini egallab olayotganligini va ular uning harakatlarining jinoiy xususiyatini tushunganligini anglaganda, o‘zganing mulkini oshkora talon-toroj qilish talonchilik hisoblanadi.5