Vaziyatga huquqiy baho bering


II. Normativ-huquqiy hujjatlar



Yüklə 35,3 Kb.
səhifə7/13
tarix11.04.2023
ölçüsü35,3 Kb.
#96235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Vaziyatga huquqiy baho bering

II. Normativ-huquqiy hujjatlar:
2.1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: “O`zbekiston” nashriyoti matbaa-ijodiy uyi. 1992-yil 8-dekabr, 72 bet;
2.2. O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Axborotnomasi 1995-yil 1-son;
2.3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 23-bandi
III. Maxsus adabiyotlar:
3.1. M.H.Rustamboyev Jinoyat huquqi (maxsus qism). Darslik, 2007.
656 bet;
3.2. M.H. Rustamboyev O`zbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi kursi,
4-tom (maxsus qism). – Toshkent.: “Ilm ziyo”, 2010. – 142 bet;
3.4. H.R.Ochilovning “Jinoyat huquqi” Toshkent 2013-yil
3.3. M.H.Rustambayev. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga sharh (Qayta ishlangan va to`ldirilgan ikkinchi nashr) maxsus qism. – T.: “Adolat”,
2016. – 980 bet;
IV. Elektron web-saytlar:
4.1. www.lex.uz. O`zbekiston Respublikasi milliy qonunchilik bazasi;
4.2. www.huquqburch.uz.
2-kazus
Yahyoev 2015 yil 22 oktyabr kuni soat 20:30 larda Qoraqamish-1/3 dahasi, 44-uyning orqa tarafida yo‘ldan o‘tib ketayotgan Shuxratov bilan to‘qnashib ketgan. Shunda Shuxratov unga “Ko‘zingga qarab yurmaysanmi?”, deb gapirganida uni to‘xtatib, unga “Eplasang aroq ich, bo‘lmasa uyingda o‘tir ayol kishiga o‘xshab”, deb gapirganida o‘rtada dahanaki janjal kelib chiqadi. Bundan jahli chiqqan Yaxyoev Shuxratovning badanining turli joylariga urib-tepib, uning qo‘lida bo‘lgan bir dona 100 000 so‘mlik sumkasini va uning ichida bo‘lgan jami 4 000 000 so‘mlik ikkita telefon apparatini tortib olib, voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lganida o‘sha hududdan o‘tib ketayotgan yo‘lovchilar tomonidan ushlangan.
Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra Shuxratovga og‘irlik darajasi bo‘yicha yengil tan jarohati yetkazilgan.
Sud majlisida sudlanuvchi Yahyoev aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, o‘sha kuni uyiga qaytib kelayotgan vaqtida, yo‘ldagi spirtli ichimlik sotadigan do‘konga kirib u yerda ikki yuz gramm aroq ichganligini, shu kunlarda ishi yurishmayotganligi sababli jahli chiqib yurganligini, Qoraqamish-1/3 dahasi, 44-uy oldidan o‘tib uyiga kelayotganida Shuxratov bilan o‘zaro janjallashib, uni urganligini, mast bo‘lganligi sababli bo‘lib o‘tgan holatni to‘liq eslay olmasligini, hozirda qilmishidan qattiq pushaymonligini bildirgan.


Yüklə 35,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin