Obyekt deganda - O’zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni bilan qo’riqlanadigan barcha ijtimoiy munosabatlar (shaxsning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, tabiiy muhit, tinchlik, insoniyat xavfsizligi) majmui tushuniladi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi natijasida, ushbu ijtimoiy munosabatlarga zarar etkaziladi yoki shunday zarar etkazish real xavfi ostida qoladi.1 Jinoyat huquqida jinoyatning obyekti uch turga bo‘lib, o‘rganilgan. Bular:
- jinoyatning umumiy obyekti; - maxsus obyekti; - bevosita obyekti. Mazkur jinoyatning maxsus obyekti – fuqarolik huquqіning mulk huquqi instituti doirasiga kiruvchi shaxsning o`z mulkiga egalik qilishi, undan foydalanishi va tasarruf etishi bilan bog`liq mulkiy munosabatlar hisoblanadi2.
Jinoyatning turdosh obyekti – o`zgalar mulkini va unga bo`lgan huquqni talon-toroj qilishdan muhofaza qilishga qaratilgan ijtomoiy munosabat hisoblanadi.
Jinoyatning bevosita obyekti – o`zganing mulki yoki mulkiy huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlardir. Mazkur vaziyatda esa fuqaro Mirovaning mulkiy huquqlarini ta’minlash va muhofaza qilish bilan bog`liq bo`lgan ijtimoiy munosabatlar jinoyat obyekti bo`lib kelmoqda.
Jinoyatning obyektiv tomoni deb - sodir qilingan ijtimoiy xavfli qilmishning tashqi tomoni xususiyatlarini ifodalovchi qonun tomonidan o’rnatilgan belgilar majmuiga aytiladi. Ya’ni jinoyat sodir qilishning usul va yo’llarini nazarda tutuvchi belgilar yig`indisi tushuniladi.
Odatda ushbu belgilar JK Maxsus qism moddalari dispozistiyasida ko’rsatilgan bo’ladi.
Jinoyat subyekti deganda – ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilgan va jinoyat qonunida belgilangan yoshga etgan aqli raso jismoniy shaxs tushuniladi.
Subyekt ham jinoyat tarkibining bir elementi sifatida, o’zining zaruriy va fakultativ belgilariga ega.
Jinoyat subyektining zaruriy belgilari quyidagilar:
- jismoniy shaxs bo’lishlik;
- aqli rasolik;
- jinoyat qonunida belgilangan yoshga etganlik.