Verska(1 128) 2017 yil p65


O‘zaro bog‘lanayotgan bo‘lak yoki gaplardan birini



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/141
tarix14.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#87783
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   141
ona-tili-7-sinf-2017-n-mahmudov-a-nurmonov [uzsmart.uz]

O‘zaro bog‘lanayotgan bo‘lak yoki gaplardan birini
boshqasidan ayirib ko‘rsatuvchi bog‘lovchilar ayiruv
bog‘lovchilari hisoblanadi. Masalan: yo, yoki, yo ...
yogoh ... gohdam ... damba’zan ... ba’zanbir ...
bir kabi.
Takror qo‘llanuvchi ayiruv bog‘lovchisi oldidan
yozuvda vergul qo‘yiladi.
 
194-mashq.
 Ayiruv bog‘lovchilarining tagiga chizing. Qanday ma’no
anglatayotganini ayting. Qo‘l telefonidan foydalanish odobi haqida bahs-
lashing.
1. Yo bir maslahatni aytib bo‘ladi, yo ro‘zg‘or ishini. (Cho‘l-
pon) 2. Goh u birdaniga o‘yga tolib yuragimga g‘ulg‘ula solar,
goh xomush tortib qolganimni ko‘rib kular edi. (Xayriddin
Sulton) 3. Usmonali militsiyaga dam telefon qilar, dam o‘zi
borib kelar, yana kechasi bilan telefon oldida o‘tirib chiqardi.
(S. Zunnunova) 4. Savobdir jilg‘aga «soysan» deb aytsang Yo
xunuk ayolga «oysan» deb aytsang. (A. Oripov) 5. Yo istagan
bu maqsadga erishaman, yo o‘lim meni bu yo‘lda halok etadi.
(Ibn Sino) 6. Suzmoqdami yo chopmoqda, Suv tagidan ne
topmoqda? (Mirtemir)
195-mashq.
 Ayiruv bog‘lovchilarini qatnashtirib, oltita gap tuzing. Bog‘-
lovchilarning qanday ma’no anglatayotganini tushuntiring.
196-mashq.
 Nuqtalar o‘rniga ayiruv bog‘lovchilaridan mosini qo‘yib,
gaplarni ko‘chiring. Mazmunini tushuntiring.
1. U ... yig‘lagisi, ... kulgisi, ... butun kechani ostin-ustun
qilib qo‘shiq aytgisi kelardi. (Said Ahmad) 2. Yolg‘on ...
farzandga urar, ... davlatga. (Maqol) 3. ... kattaning gapiga kir,
... kichikning. (Maqol) 4. Aslida, dunyoda tanho nima bor,
!


96
Paxta o‘smaydimi o‘zga elda ...? ... quyoshimi sevgimga sa-
bab? Axir, quyoshli-ku butun Osiyo. (A.Oripov) 5. Sherikla-
ringiz ham bormidi? ... bir o‘zingiz bajardingizmi? (X. To‘x-
taboyev)
B o g ‘ l o v c h i l a r: bir ... bir, yo ... yo, goh ... goh, yo,
yoki.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin