Verska(1 128) 2017 yil p65


? 99 INKOR BOG‘LOVCHISI



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/141
tarix14.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#87783
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   141
ona-tili-7-sinf-2017-n-mahmudov-a-nurmonov [uzsmart.uz]

?


99
INKOR BOG‘LOVCHISI
1-topshiriq. Berilgan gapdagi na ... na yordamchisini tushirib
qoldiring. Na ... na yordamchisi ishtirok etgan gapning ma’nosi
bilan qanday farq borligini ayting. Dilbar na o‘qidi, na yozdi.
Uyushiq bo‘lak va gaplarni inkor ma’nosini yuk-
lagan holda bog‘lovchi na... na yordamchisi inkor
bog‘lovchisi sanaladi. Bunda gapning kesimi tasdiq
shaklida bo‘ladi. Na... na yuklama vazifasida ham
kelishi mumkin. Bunda gapning kesimi inkor shaklida
bo‘ladi.
202-mashq.
 Gaplarni yozing, inkor bog‘lovchilarining tagiga chi-
zing. Hamma narsani inkor qilaverish to‘g‘rimi?
1. Na qo‘shiq, na kulgi, na churq etgan ovoz eshitiladi.
(Ibrohim Rahim) 2. Na kampirning, na Qoratoyning yupatishlari
kor qildi. (Oybek) 3. Ñho‘lquvarlarni na issiq, na suvsizlik
yenga oladi, balki ular o‘z jasoratlari, mehnatlari bilan tabiatni
zabt etadilar. 4. Na eshikni, na derazalarni ochib bo‘lardi.
5. Ko‘ngil, sen munchalar nega Kishanlar birla do‘stlashding?
Na faryoding, na doding bor, Nechun sen muncha sustlash-
ding? (Cho‘lpon) 6. Na oltin, na javohir edim... Armonli bir
yosh shoir edim. (Mirtemir)
203-mashq.
 Inkor bog‘lovchilari ishtirok etgan gaplarni ko‘chiring.
1. U kishi hamma bilan qo‘l berib xayrlashdi-da, menga
qolganda, burilib ketdi. (Sh. Xolmirzayev) 2. Bu qo‘shiqda na
nolish bor, na azob, unda yashash ishtiyoqi, pok muhabbat,
bitmas-tuganmas orzu va qudrat bor edi. (O‘. Umarbekov) 3. U
anchadan keyin o‘ziga keldi-yu, tepasida xotini turganini,
qizchalari yig‘layotganini payqadi. (O‘. Hoshimov) 4. Bir mahal
bola yig‘ladimi yo tashqaridan shamolning guvullashi aralash
dahshatli bir faryod qulog‘iga kirdimi, anglay olmay qoldi.
!


100
(O‘. Hoshimov) 5. Na sen nazar qilding holimga bir bor, Na
men ayta bildim senga biror so‘z. (A. Oripov) 6. Ko‘kda na
yulduz bor, na bir tabassum, Tabiat ingrardi, yig‘lardi yum-
yum. (Ramz Bobojon) 7. U na shoir edi va na mashhur zot,
Lekin dunyo bilan bir edi dardi. (A. Oripov)

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin