Verska(1 128) 2017 yil p65



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/141
tarix14.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#87783
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   141
ona-tili-7-sinf-2017-n-mahmudov-a-nurmonov [uzsmart.uz]

Savol va topshiriqlar
1. Tasvirlash mazmunidagi matnlarning o‘ziga xos xususiyatlari ha-
qida gapiring.
2. Muhokama mazmunidagi matnlar qanday xususiyatlarga ega
bo‘ladi?
308-mashq.
Uyga vazifa. «Vatanni sevmoq iymondandir» mavzusida
matn tuzib keling va uni sinfdoshlaringiz bilan muhokama qilishga tay-
yorlaning.
TAKRORLASH
309-mashq.
 Matnni o‘qing, unda ishlatilgan so‘zlarni izohlang. O‘zingiz
tug‘ilib o‘sgan shahar yoki qishloq haqida hikoya qilib båring.
Bakir o‘zi tug‘ilib-o‘sgan bu shaharni, uning har burchagi,
har ko‘chasini, har bir daraxt, har toshini dil-dilidan yaxshi
ko‘radi. Ko‘kcha, O‘rda, Båshyog‘och, Shayxontohur... To‘g‘ri,
shu shaharda tug‘ilib, shu shaharda o‘sib, hali uning ko‘p
ko‘chalarini ko‘rmagan, ko‘p mavzålariga bormagan, ko‘p
joylarini bilmaydi. Låkin shuni biladiki, ko‘rsa, ularni-da yaxshi
ko‘rib qoladi, u joylar ham aziz, u joylar ham qadrli, u joylar
ham yuragiga yaqin, o‘ziniki. (Erkin Azam)
310-mashq.
 Oybåkning Alishår Navoiy haqidagi fikrlarini o‘qing. Siz-
ning o‘zingiz Navoiyni qanday tasavvur qilasiz? Shu haqda yozing.
Mån yursam ham, tursam ham hamisha Navoiyni o‘ylardim.
Uning ma’nodor, aqlli ko‘zlari, xushfå’l, rahmdil, oliyjanob
qiyofasi, asl, pok, ulug‘ qalbini his etardim, ko‘z o‘ngimda
ko‘rardim. (Oybåk)
?
10 – Ona tili, 7-sinf


146
311-mashq. 
Matnda ishlatilgan mustaqil so‘zlarni aniqlang. Undagi
g‘oya haqida siz nima dåya olasiz?
Biz Vatanning farzandlari va egalarimiz. Uning zafar-u
quvonchlari bizning ham zafar-u quvonchimizdir, uning
mushkullari bizning ham mushkulimizdir. Shu yurt såvinchlari
bizning ham ko‘zimizda, qayg‘ulari bizning ham kiprigimizda.
Biz – yoshlarmiz. Biz farovon shu kunlarning qadriga yåta
oluvchi, yanada yorqin kun uchun kurasha olguvchilarmiz.
(E.Vohidov)

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin