Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


Dorilarni organizmdan chiqish yo‘llari



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə12/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Dorilarni organizmdan chiqish yo‘llari.
Dorilar organizmga tushgach to‘liq yoki qisman buziladi, lekin ko‘pchiligi buzilmasdan yoki har xil birikmalar holida organizmdan chiqib ketadi.
Dorilar organizmdagi tashqi sekretor faoliyatga ega organlar yordamida tashqariga chiqariladi.
Agar dorilar to‘qimalarda qanchalik ko‘p adsorbsiyalangan bo‘lsa, organizmdan shuncha sekin chiqib ketadi. Dorilarni asosiy qismi organizmdan 1 chi 3-5 soatda, qolgan qismi bir necha kun davomida chiqib ketadi.
1.Buyrak orqali. Siydik bilan turli tuzlar, og‘ir metall tuzlari, alkoloid va glikozidlar, yog‘lar, terpenlar va boshqalar chiqib ketadi. Ba’zi dorilar buyrak orqali ajralib davolovchi (urotropin) ta’sir etishi mumkin.
2. Oshqozon-ichak yo‘li. So‘lak bezlari bilan yoditlar, bromidlar, og‘ir metall tuzlari ajraladi. Oshqozon-ichak kanali orqali margumush preparatlari, og‘ir metall tuzlari, aromatik birikmalar, Ca, Mg, alkoloidlar ajraladi.
3.Nafas organlari orqali uchuvchan gaz va par holatidagi moddalar (efir, efir moylari, ammoniy xlorid) ajraladi. Nafas organlarida qon bilan ta’minlanish yaxshi bo‘lganligi uchun dorilar tez ajraladi
4. Teri va ter bezlari orqali og‘iz metallar, galoidlar, margumush, fenol, salitsilat va boshqalar ajraladi.
5. Sut bezlari orqali laktatsiya davrida antibiotiklar, og‘ir metallar, margumush preparatlari insektitsidlar ajraladi.
Dori moddalarni birga qo‘llagandagi ta’sirlari.
Amaliyotda hayvonlarni davolash uchun bitta emas, bir nechta dori moddalari bir vaqtni o‘zida qo‘llaniladi.
Bitta dori qo‘llansa, kerakli natija olib bo‘lmaydi, shuning uchun yuqori terapevtik natija olish uchun dorilar bir-biriga qo‘shib qo‘llaniladi. Bunda organizmda sinergizm yoki antagonizm holatlari ro‘y beradi.
1. Sinergizm – bir necha dorilar birga qo‘shib qo‘llanilganda yuqori davolovchi natija beradi. Sinergizm to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita bo‘lishi mumkin, bunda dorilar bitta organ yoki sistemaga ta’sir qiladi. Masalan: xloralgidrat bilan alkogolni narkotik ta’siri, bular bir nerv hujayralariga ta’sir qiladi. Bilvosita sinergizm – bunda dorilar bir-birini ta’sirini har xil sistema yo organ orqali bo‘ladi. Masalan: Atropin va adrenalin ta’siri ko‘z qorachig‘iga.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin