Patologik holatlari. Ko‘pchilik dori moddalar ta’siri sog‘lom va kasal hayvonlarda bir xilda namoyon bo‘lmaydi. Kasal hayvonlar sog‘lom hayvonlarga nisbatan dorilarga sezuvchanligi yuqori, nosog‘lom hayvonlar ham ozroq doza kuchaytirilsa, zaharlanish belgilari paydo bo‘ladi. Shuning uchun davolashda minimal dozadan boshlash kerak.
Individual sezuvchanlik. Hayvonlarda ham juda ko‘pchilik dori moddalariga individual sezuvchanlik mavjud. Bu nerv sistemasi tipiga va modda almashinuv xususiyatlariga bog‘liq, ya’ni bu holat kuchaygan yoki pasaygan bo‘lishi mumkin.
Saqlash sharoiti va ozuqa. Bir tomonlama ozuqalanganda hayvonlarni ko‘pchilik doriga sezuvchanligi kuchayadi, ba’zilariniki pasayadi. Masalan: kalsiy organizmda kam bo‘lsa, 4 xlor uglerodga sezuvchanligi kuchayadi, yodga esa pasayadi. Vitamin A yetishmasa ichak sekretsiya bezlari faoliyati yodoform ta’sirida kuchayadi, natriy sulfat ta’sirida esa susayadi.
Hayvonlar qorong‘u, shamollatish yomon bo‘lgan xonalarda saqlansa, dorilarni noxush ta’siri kuchayadi, davolash samarasi pasayadi. Yilni issiq paytlari hayvonlar yurak glikozidlariga sovuq paytga qaraganda sezuvchanlik yuqori bo‘ladi, kechasi kunduzga qaraganda dorilarga reaksiya kuchsiz va uzoq bo‘ladi.
Zaharlanishlarda birinchi yordam ko‘rsatish Hayvonlarni dori moddalari bilan zaharlanishi qo‘yidagi holatlarda ro‘y berishi mumkin: bir dori o‘rniga 2 - chisini adashib berilsa, katta dozalarda qo‘llanilsa, kumulyativ ta’sirga ega dorilarni uzoq qo‘llanilsa, dori yaxshi aralashtirilmay guruhlab berilsa, hayvonlar individual, yoshi va turi bo‘yicha sezuvchanligini oshganda, dorilar toza kukun holida qo‘llanilganda erituvchilarsiz (sut kislota, chemeritsa), hayvonlarni ektoparazitlarga qarshi dorilar konsentratsiyasi noto‘g‘ri qo‘llanilsa zaharlanish yuzaga keladi.
Dorilar bilan zaharlanishlarda davolash ishlari qo‘yidagicha bajarilishi lozim.
Zaharli moddani qonga so‘rilishini to‘xtatish.
Zaharni qonda zararsizlantirish.
Zaharni organizmdan chiqishini tezlashtirish.