1.Aminazin-Aminazinum. Oq kukun, suvda, spirtda yaxshi eriydi. “B” ro‘yxatda.
Aminazin-aktiv neyroleptik preparat bo‘lib, M.N.S va periferik nerv sistemasiga sezilarli murakkab ta’sirga ega. U katta yarimsharlar po‘stlog‘iga keladigan impulslarni susaytiradi yoki yo‘qotadi. Hayvonlarga maxsus ta’sir etib harakat aktivligini kamaytiradi. Agar doza kuchaysa bu ta’sir ham kuchayadi, hayvonlar tinch uxlaydi, gavda muskullari bo‘shashadi, qitiqlovchilarga reaksiya kamayadi, stress holatidan chiqadi.
Yana spazmalitik, gipotermik, qusishga qarshi va qaltiroqqa qarshi ta’sirga ega, hayvonlardagi qo‘rquv, vahima, vaxshiylik holatlari yo‘qoladi.
Hayvonlarga og‘iz orqali, teri ostiga, muskulga va venaga yuboriladi.
Qo‘llash. Hayvonlarni stress holatlarida davolash va profilaktika uchun, salbiy emotsional holatda glyukoza yoki vitamin A, B guruh bilan qo‘llansa samara yuqori bo‘ladi. Uni yana analgetik ta’sirini, narkotiklar ta’sirini uzaytirish, organizmni sun’iy sovutish, tug‘ishda og‘riqni kamaytirish, kamfora va nikotinni toksik ta’sirini olish uchun qo‘llaniladi.
6-Mavzu: Markaziy nerv tizimini susaytiruvchi va qo‘zg‘atuvchi moddalar.
Reja:
1.Alkogollar.
2.Neyroleptik moddalar.
3.Tinchlantiruvchi va qaltiroqqa qarshi moddalar.
4.Tana haroratini tushiruvchi va analgetiklar.
5.Markaziy nerv faoliyatini kuchaytiradigan moddalar (stimulyatorlar).
6. Ta’sirining xillari: stimulovchi, tiklovchi, antidepressant, analeptik.
7. Dorilarning dozasiga va markaziy nerv tizimining holatiga qarab ta’sir fazalari.
Tayanch tushunchalar:
Etil spirti-Spirtus aethylcus, Tana haroratini tushiruvchilar, Tinchlantiruvchi- sedativ moddalar, Qaltiroq yoki tutqonoqga qarshi moddalar, Difenin-Dipheninum, geksamidin-hexamidinum, Analgetik yoki umumiy og‘riqsizlantiruvchi moddalar, Analgeziya (grek an-inkor, algos-og‘riq) sezuvchanlikni yo‘qotish. Uyqu chaqiruvchi vositalar.
Dostları ilə paylaş: |