Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi
Narkoz uchun ishlatiladigan vositalar. Bu guruhni umumiy og‘riq qoldiruvchilar – umumiy anestetiklar deb ataladi. Chunki ularni qaysi yo‘l bilan organizmga yuborilsa, narkoz holati qo‘zatiladi. Narkoz so‘zi grekcha narke, narkosis– behushlik, karaxtlik so‘zlaridan olingan. Narkoz-bu es-hush vaqtinchalik yo‘qolib, og‘riq va boshqa sezgilar bilinmasligi, skelet mushaklari bo‘shashishi va erkin harakatni yo‘qolishi bilan ifodalanadi. Bu moddalar kichik dozalarda uyqu chaqiruvchi, katta dozalarda narkoz chaqiruvchi ta’sir etadi. Qadim zamonlardan beri narkotik holatni yuzaga keltirish uchun har xil moddalar qo‘llanib kelingan, lekin 1846 yil 16-oktyabrda e’lon qilindi. Tish doktori Morton 1 chi bo‘lib efirni narkotik ta’sirini namoyish qildi. 1847 yilda J.Simpson xloroformni yosh bolada qo‘llab, operatsiya o‘tkazdi. 1847 yilda Nikolay Pirogov 1-chi bo‘lib efirni hayvonlarda narkotik ta’sirini kuzatgan. Narkoz organizmda 4 bosqichda o‘tadi. 1-bosqich. Analgeziya davri. Bunda mol bir oz bexushlanadi, og‘riq sezish yo‘qola boshlaydi, organizm bo‘shashadi. 2-bosqich. Qo‘zg‘alish davri. Narkoz vaqtida mol tabiiy bo‘lmagan harakat qilishi, ko‘z qorachig‘i kengayishi, og‘zidan suv oqadi, qusish mumkin. 3-bosqich. Xirurgik narkoz davri. Bunda yuqoridagi qo‘zg‘alishlar pasayib, mol tinchlanadi, muskullar tonusi bo‘shashadi harakat va ba’zi reflekslar yo‘qoladi, nafas, puls sekinlashadi. Narkotik modda qonda konsentratsiyasi oshgan sari nerv sistemasi faoliyati ko‘proq susayadi va hayvon uyquga o’xshash tinch holatga o‘tadi. 4-bosqich. Tiklanish davri. Narkotik moddalarni organizmga yuborish to‘xtatilgandan so‘ng uni qonda konsentratsiyasi kamayib borgan sari uyg‘onish boshlanadi. Yüklə 2,74 Mb. Dostları ilə paylaş: |