Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə27/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

1. Morfin gidroxlorid-ko‘knordan olinadi, oq kukun suvda eriydi.
“A” ro’yxatda. Opiyda 1 % dan ko’proq.
Ta’siri: Bosh miyadagi og‘riqni sezuvchi markazlarni susaytiradi. Uzunchoq miyadagi markazlarni ayniqsa yo’tal va nafasni, oshqozon va ichaklar sekretsiya va peristaltikasini susaytiradi, shilliq muskullar spazma bo‘shashadi, siydik pufagi spenktrlarini spazmi chaqiradi. Mayda hayvonlarda u katta dozada uyqu chaqiradi. Ta’siri 10-20 daqiqadan boshlanib 10-16 soat davom etadi.
Qo‘llash: Og‘riqsizlantiruvchi modda sifatida kuyganda, suyak singanda, travmalarda, oshqozon-ichak, buyrak, jigar sanchiqlarida. Itlarda narkoz chaqiruvchi sifatida efirdan oldin kombinatsiya kilinadi.
Uyqu chaqiruvchi vositalar.
Uyqu hayvonlarni doimiy fiziologik holati bo‘lib, sezilarli harakatsizlanish va tashqi muhit ta’sirlaridagi javob bermaslik. Uyqu chaqiruvchi dorilar o‘rta dozalarda tabiiy uyqu hosil bo‘lishiga yordam bersa, katta dozalarda narkoz chaqiradi. Hozir uyqu chaqiruvchi bir necha dori guruhlari yaratilgan bular ichida eng ahamiyatlisi barbitur kislotasi birikmalari. Uyqu chaqiruvchilar turli og‘riqli holatlarda: operatsiyadan keyingi davr, salbiy emotsional holatlarida, narkoz premedikatsiyasi uchun va h.k. Tez ta’sir uchun vena yoki muskul orasiga uzoq ta’sir uchun og‘iz orqali yuboriladi. Qisqa uyqu chaqirish uchun (2-3 soat) siklobarbital, tetradin, o‘rta (4-5 soat) natriy barbital, fenobarbital, noksiron, uzoq ta’sir (8-10 soat) xloral gidrat, karbromal, barbamil qo‘llaniladi.
Hamma uyqu chaqiruvchilar katta dozalarda narkoz chaqiradi, lekin yomon tamoni u uzoq davom etadi. Bu holat o‘txo’r hayvonlarda nafas yurak faoliyati buzilishlari, gaz to‘planishlarga olib keladi. Shuning uchun bu dorilar zaruriyat bo‘lsa go‘shtxo’r hayvonlarga qo‘llash ma’qul.
1.Barbital-barbitalum oq kukun kuchsiz achchiq ta’mli tinchlantiruvchi va uyqu chaqiruvchi dori sifatida itlar eklompiya va ulat nerv formasida boshqa kasalliklarda ta’siri 10 soat og‘iz orqali.
2.Fenobarbital-(lyuminal) oq kukun tinchlantiruvchi uyqu chaqiruvchi qaltiroqqa qarshi ta’sir etadi, oshqozon ichak bochadan silliq muskuli spazmini bushashtiradi. Tinchlantiruvchi ta’siri 12 soat. Itlarda tinchlantirish uchun fiksatsiya uchun, qichima, qaltirashlarni yo’qotish uchun va boshqa qo‘zg‘algan asab holatlarida ichak bachadon sanchiqlarida qo‘llaniladi og‘iz orqali.



Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin