Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


MNS ni qo‘zg‘atuvchi moddalar qisqacha tavsifi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə28/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

MNS ni qo‘zg‘atuvchi moddalar qisqacha tavsifi

Bu guruhga kimiyoviy tuzilish, olinish farmakalogik ta’siri va ishlatilishi jihatidan har xil dori preparatlari kiradi. Shu bilan bir qatorda ushbu preparatlarni hammasi uchun xos bo’lgan umumiy bir farmakologik xususiyat bor ular markaziy asab tizimining har xil markazlariga ta’sir etish xossasiga ega. Bunday ta’sir markaziy asab tizimini faoliyatini rag’batlarnitiradi, qo’zg’atadi, susaygan markazlarni aktivlashtiradi, stemullashtiradi va fuknsiyani tiklaydi. Bundan tashqari bu stemelatorlar markaziy asab tizimi faoliyatini tez tiklash qobilyatiga ham ega. Hatto hayoti so’nib borayotgan organizmni qayta tiklaydi. Shuning uchun bu dorilarni –analiptiklar deb ataladi.


Lekin bu moddalar faqat kichik va o’rta dozalarda asab tizimini faoliyatini qo’zgatadi. Katta dozalarda esa teskari ta’sir etadi, ya’ni susaytiradi tormozlaydi.
Farmakalogiyada ushbu dorilar quydagi guruhlari qo‘llaniladi.

  1. Antidepressantlar.

  2. Kofein guruhi.

  3. Kamfora.

  4. Korazol va kordiamin guruhi.

  5. Strixnin guruhi.

  6. Nafas markazi stimulyatorlari.

  7. Har xil stimulyatorlar.

Ta’siriga qarab bu dorilar o’ziga xos ajralib turadi. Masalan: kofein nisbatan bosh miya po‘stlog‘i markazlarini kamfora guruhi va korozol uzunchoq miya markazlarini, strixnin guruhi esa orqa miya markazlarini u yoki bu darajada aktivlashtiradi. Markaziy asab tizimini stimullab organizmda moddalar almashinuvini kuchaytiradi, qon aylanishini nafas va yurak ishini yaxshilaydi, siydik ajratish va organizmda zararli moddalarni chiqarish funksiyasini kuchaytiradi. Shuning uchun veterinariya amaliyotida davolovchi va profilaktik vosita sifatida patogenitik va etiotrop ta’sir sifatida keng qo‘llaniladi.
Bu dorilarni farmakologiyasini veterinariyada o‘rganishda rus olimlari katta hissa qo‘shganlar: Zakusov, Anichkov, Raevskiy, Vershinen, Evdakimov va boshqalar.



Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin