Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə29/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Antidepressantlar
Antidepressantlar deb, tushkunlik holatini susaytiradigan va oldini oladigan dori moddalarga aytiladi. Lotincha anti-qarshi, depressus-tushkunlik, qayg‘u.
Hayvonlarda depressiya holati ularni harakatini susayishi, ishtahani yo‘qligi, o‘sishi va mahsuldorligini pasayishi, himoya reaksiyasini susayishi, yangi ozuqa tipi va saqlash sharoitiga tez o‘rganmaslik, oshqozon-ichak tizimi funksiyasini buzilishi bilan ifodalanadi.
Ta’siri. Organizmda noradrenalin, dofamin, sirotonin kabi neyromediatorlar ta’sirini kuchaytirib, M.N.S dagi mediatsiya jarayonini yaxshilaydi va qo‘zg‘atuvchi ta’sir qiladi. Chorvachilikda antidepressantlar hayvonlarni yangi yashash sharoitiga adaptatsiya qilishda, yangi ozuqa tipiga o‘tkazishda, hayvonlarga qaraydigan yangi xizmatchilarni almashtirishda qo‘llaniladi.
Asab tizimiga ta’siri bo‘yicha 2 guruhga bo‘linadi.
1. Monoaminoksidaza fermenti aktivligini susaytiradigan - nialamid, transamin.
2. Monoaminlar ta’sirini oshiradigan moddalar: imizin, iprazid, amitriptimin. Asosan hayvon ozuqalariga qo‘shib beriladi.
Kofein guruhi
1.Kofein –Coffeinum. Alkoloid, choy daraxti bargida va kofe daraxti mevasida 2-3% saqlaydi, yana sintetik yo‘l bilan olinadi. 1819 yili Runge tomonidan kashf qilingan.
Ta’siri. Kofein murakkab ta’sir mexanizmga ega, uni ta’sir doirasi keng, ko‘p organ va tizimlarga xilma-xil ta’sir ko‘rsatadi.
1. Mosh miya po‘stlog‘i markazlari kuchli ta’sir ko‘rsatib, uni psixomotor faoliyatni aktivlashtiradi, miya hujayralariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etib, miya po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish jarayonini kuchaytiradi. Katta dozalarda miya po‘stlog‘i kuchli qo‘zg‘alib, bezovtalanish va uyqusizlikka olib keladi. Bu ta’sirdan amaliyotda kechasi dars tayyorlashda, kechasi mashina haydash yoki kechasi ishlaganda foydalansa bo‘ladi.
2. Kofein uzunchoq miyadagi nafas va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarni qo‘zg‘atib uni funksional faoliyatini oshiradi. Jumladan nafas olishni chuqurlashtiradi, o‘pkada gaz almashinuvini yaxshilaydi. Kofein bu ta’siri jismoniy charchash holatida, nafas olish susayganda aniq namoyon bo‘ladi. Masalan: odam ishlaganda, sport bilan shug‘ullanganda charchaysiz, shunda choy yordam beradi. Kofein stimullovchi ta’sirini namoyon qiladi.
3.Yurak-qon tomir tizimi kofein ta’sirida turli xil o‘zgarishga uchraydi.
Kofein yurakka bevosita ta’sir etib, yurak qisqarishlar sonini oshiradi, ish ritmi yaxshilanadi. Qon –tomirlarga ikki xil ta’sir ko‘rsatadi jumladan, ichki organlar va teri tomirlarini qisqartirsa, skelet muskullari, yurak, buyrak, o‘pka va karonar tomirlarni kengaytiradi.
4. Kofein ta’sirida oshqozon va ichaklar motorikasi kuchayadi, ular muskul qavati spazmi bo’shashadi. Shuning uchun oshqozon va ichak kasalliklari foydasi katta.
5. Siydik ajralishini kuchaytiradi. Buyrak qon tomirlari kengayishi hisobiga birlamchi siydik filtratsiyasi kuchayadi, organizmdan xloridlar, azotli mahsulotlar va zaharli moddalar ajralishi tezlashadi. Masalan: alkogolni chiqishini.
6. Kofein organizmni immun aktivligini oshiradi.
Qo‘llanishi: Davolovchi va profilaktik vosita sifatida bosh miya po‘stlog‘i va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarni stimullashda; yurak faoliyatini yaxshilashda; isitmalarda, charchoqda umumiy holatni tiklash uchun; organizm rezistentligi susayishi va nerv tizimi ish faoliyatini susayishi bilan kechadigan barcha yuqumli va yuqumsiz kasalliklarda yakka yoki boshqa dorilar bilan; miya, yurak, buyrak tomirlari spazmida tomirlarni kengaytirishda, narkotik va boshqa zaharlar bilan zaharlanishda yurak, buyrak shishlarida siydik haydovchi sifatida, ichak spazmlarida, tug‘ruqdan keyingi falajlarda.
Doza teri ostiga qoramol, ot -2,0-5,0 , cho’chqa, qo’y- 0,5-2,0 , it-0,1-0,3

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin