9- Mavzu: Oshqozon va ichaklarga ta’sir etuvchi moddalar.
Reja:
1.Surgi dorilari to‘g‘risida qisqacha tushuncha.
2.Moy surgilari, antraxinon unumlari, padofillin unumlari, tuz surgilari. 3.Ruminator moddalar.
4.O‘t haydovchi moddalar.
Tayanch tushunchalar:
► Surgi moddalariga umumiy tavsifnoma berish, ularning guruhlari. Har xil guruhga kiruvchi surgi moddalarining o‘ziga xos xususiyatlari, ahamiyati, vakillari, ta’sir mexanizmi, qo‘llash haqida tushuncha.
►Ruminator moddalarga umumiy tavsifnoma berish, ularning vakillari, ahamiyati, xususiyatlari, qo‘llanilishi, ta’sir mexanizmi, dozalari haqida tushunchalar.
►Jigarga ta’sir qiluvchi moddalar vakillari ularning olinishi, qo‘llanilishi, ta’sir mexanizmi, dozalari va ahamiyati haqida tushunchalar berish.
Asosiy adabiyotlar:
1. Соколов В.Д. “Фармакология” Санкт-Петербург 2010 г.
2. Azizova S.S. «Farmakologiya» darslik. Toshkent 2000 y.
Qo’shimcha adabiyotlar
1. Farmonov N.O, Salimov. “Farmakologiya fanidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari uchun uslubiy qo’llanma” Samarqand 2007 y.
2. Klyuyev M.A. va boshqalar. «Tabobatda ishlatiladigan dori-darmonlar» Toshkent, 1995 y.
3.Maxkamov S.N. va boshqalar. «Tayyor dorilar texnologiyasi» Toshkent 1996 y.
4. Машковский М.Д. «Лекарственние средства», 1998 г
5. “Veterinariya meditsinasi” jurnali, Toshkent
Surgi dorilari to‘g‘risida qisqacha tushuncha: moy surgilari. Antraxinon unumlari, padofillin unumlari, tuz surgilari.
Surgi dorilar deb, ichaklar motorikasini kuchaytirib, hazm kanali bo‘yicha ximusni chiqishini tezlatuvchi moddalarga aytiladi. Surgi dorilari ta’sir kuchi bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:
Kuchsiz ta’sir etuvchilar – o‘simlik surgilari.
O‘rta ta’sir etuvchilar - tuz surgilari.
Kuchli ta’sir etuvchilar – xolinomimetiklar.
Dostları ilə paylaş: |