Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi


Terpentin moyi (skipidar) – Oleum Terebinthinae



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə47/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

1.Terpentin moyi (skipidar) – Oleum Terebinthinae – qarag‘ay daraxtidan olinadi. Rangsiz o‘ziga hos hidli va ta’mli.
Teriga qitiqlovchi ta’sir etadi giperemiya va bijirlash paydo qiladi. Teridagi sezuvchan nerv ohirlarini qitiqlab reflektor ravishda organizmda fiziologik o‘zgarishlar chaqiradi, og‘riqlar susayib qon aylanish yaxshilanadi.
Skipidar ta’sirida yaralarni tuzalishi tezlashadi, mahalliy qon aylanishi yaxshilaydi antiseptik ta’sir etadi, qonni ivitib, qon ketishini to‘xtadi.
Kichik dozalarda ingalyasiya qilinganda sezuvchan nerv uchlarini qitiqlab bronxial bezlar sekretsiyasini kuchaytiradi.
Oshqozon ichak bo‘limida antiseptik va antigelmentik ta’sirga ega.
Teri ostiga yoki muskul orasiga yuborilsa, kuchli qitiqlanish chaqirib, to‘qimalarni yallig‘lantiradi.
Skipidar qonga tushgach reflektor qo‘zg‘aluvchanlikni kuchaytiradi, qon hosil qiluvchi organlarni ta’sirlaydi, oqsillar parchalanishini kuchaytiradi, nafas olishni kuchaytirib, qon bosimini ko‘taradi.
Qo‘llash. Skipidar tashqi tomonga ta’sirlovchi vosita sifatida oshqozon ichak muskul revmatizmi va o‘pka yallig‘lanishida hosil bo‘ladigan og‘riqlarda qo‘llaniladi. Balg‘am kuchiruvchi, antiseptik, yallig‘lanishlarga qarshi vosita sifatida nafas organlari kasalliklarida ingalyasiya qilinadi.
So‘yiladigan hayvonlarda qo‘llash ta’qiqlanadi, chunki hidi go‘shtda qoladi.
Efir moylari
Efir moylari turli o‘simliklar gullarida, barglari va mevalarida bo‘ladi. Ular maxsus hidga ega, shuning uchun parfyumeriyada keng qo‘llaniladi. Efir moylari toza holda shilliq pardalardagi retseptorlarni qitiqlaydi bu amaliyotda katta ahamiyatga ega.
Quyidagi o‘simliklar tarkibida ko‘p efir moylari saqlaydi.
1. Anis mevasi – Fructus Anici. Rossiya, Ukraina Janubiy viloyatlarda o‘sadi, mevasida 1,5-3,4% efir moylari saqlaydi. Bu o‘simlik oshqozon bezlari sekretsiyasini kuchaytirish va gaz chiqaruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Ichak sanchiqlarida og‘riqni yo‘qotadi va peristaltikani tiklaydi u yaxshi balg‘am ko‘chiradi.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin