1.Nashatir spirtimahalliy kuchli qitiqlovchi, uzoq ta’sir ettirilsa to‘qimalarni qo‘zg‘atuvchi ta’sir etadi. Teriga tekkanda u giperemiya, shish, og‘riq, sochlarni to‘kilishi, ba’zan terida nekroz hosil qilishi mumkin. Shilliq pardalarga yana ham kuchli ta’sir etadi. Kichik konsentratsiyalarda (0,1-0,3% li) u oshqozon ichak bezlari sekretsiyasini kuchaytiradi, ishqor sifatida kislotalarni neytrallaydi.
Nashatir spirti bilan eksteroretseptorlar qitiqlansa reflektor yo‘l bilan ichki organlar funksional holatini o‘zgarishga olib keladi. Masalan, qorin terisiga surtilsa sanchiqlarda og‘riqni pasayishi, ingalyasiya qilinganda reflektor nafas olishni kuchayishi va qon aylanishi yaxshilanishi kuzatiladi lekin katta dozalarda nafas olishni to‘xtatadi.
Ammiak organizmga so‘rilgach markaziy nerv sistemasini reflektor qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi va o‘pka, bronxial bezlar bilan ajralib balg‘am ko‘chiruvchi ta’sir etadi.
Qo‘llash. Navshatir spirti tashqi tomonga oshqozon - ichak va bo‘g‘imlar yallig‘lanishlarda og‘riqlarni reflektor ravishda qoldiruvchi vosita sifatida, og‘iz orqali hazm organlari motorikasi va sekretsiyasini aktivlashtirish uchun qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, u nafas olish susayganda ingalyasiya yo‘li bilan markaziy nerv sistemasini reflektor qo‘zg‘atish uchun qo‘llaniladi.
2. Ammoniy xlorid (NH4Cl) – oq kukun suvda yaxshi eriydi u to‘qima suyuqliklarida parchalanib, ammiak mochivina va boshqa moddalarga aylanadi va qitiqlovchi dezinfeksiyalovchi ta’sir etadi, ayniqsa bu holat bronxial bezlarda yuz beradi. Shuning uchun samarali balg‘am ko‘chiruvchi dori sifatida yo‘tal bilan kechadigan barcha nafas organlari kasalliklarida.
Terpenlar va efir moylari Terpenlar uglevodorod tipidagi birikmalar, oson oksidlanib smolaga aylanadi.
Efir moylari murakkab aralashmalar bo‘lib, tarkibiga terpenlar, kamfora uglevodorodlar, kislotalar, efirlar, fenollar kiradi.Ular uchuvchan maxsus hidga ega, suvda erimaydi efir xloroforida eriydi.
Terpenlar va efir moylari kimyoviy tuzilishi va fizika-kimyoviy xossalari hamda organizmga ta’siri bo‘yicha bir biriga o‘xshash.
Terpenlar Bu moddalarni qitiqlovchi va dezinfeksiyalovchi ta’siri alohida e’tiborga ega. Bundan tashqari ular kichik dozalarda markaziy nerv sistemasini qo‘zg‘atadi, katta dozalarda falajlaydi.
Teriga qo‘llansa, qichima va giperemiya, uzoq qo‘llansa yallig‘lanishni chaqiradi.
Og‘iz orqali qo‘llanganda oshqozon va ichaklar shilliq pardalari interoretseptorlarini qitiqlab, sekretsiya va motorikani kuchaytiradi, sfinkterlarni bo‘shashtiradi.
Ingalyasiya qilinganda o‘rta dozalarda nafas yo‘llari shilliq pardalari qitiqlab, balg‘am ko‘chiradi, katta dozalarda bronxial bezlar sekretsiyasini kamaytirib bakteriostatik ta’sir etadi.
Qonga so‘rilgach, markaziy nerv sistemasini qo‘zg‘atadi ayniqsa nafas va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarni, yurak ishini kuchaytiradi va tana haroratini tushiradi.