Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi



Yüklə 2,74 Mb.
səhifə87/182
tarix19.12.2023
ölçüsü2,74 Mb.
#184978
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   182
2023 мажмуа 5440100- VET FARM VA TOKS

Antibiotiklar.
“Antibiotiklar” termini 1942 yilda dunyo bo’yicha qabul qilinib, grekcha anti – qarshi va bios – hayot degan ma’noni anglatadi.
Antibiotiklar, mikroblar, zamburug‘lar, hasharotlar, hayvonlar va o‘simliklarning hayotiy ish faoliyati davrida hosil bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi mikroblar, viruslar, oddiy hayvonlar kasallik chaqiruvchi zamburug‘lar, gelmintlar (helmins helminthes) ni har xil yo‘llar bilan o‘limga olib boradi. Antibiotiklarning ma’lum bir qismi hayvonlar va parrandalarning o‘sishini tezlashtiradi, tezda semirtiradi. Ularning ushbu xususiyatlari keyinroq aniqlandi. Antibiotiklarning nomlari, ya’ni “antibiotik” degan termin eskirsada saqlanib kelinmoqda.
Antibiotiklar tarixi
Antibiotiklarni ingliz olimlari Fleming keyin E.Cheyn va Florilar 1938-1940 yillarda toza penitsillin ajratib olishadi. Rossiyada 1940 yilda Z.V.Ermoleva penitsillinni o‘rganib, yangi Penicillum Crustosin zamburug‘idan ajratib oladi. 1942 yil Amerikalik olim Vaskman streptomitsinni yaratdi. Hozir antibiotiklarni 140 ga yaqin preparatlari ixtiro qilingan va amaliyotda qo‘llanilayapdi.
Antibiotiklar farmakologik modda bo’lib, hayvonlar organizmida modda almashinuvini kuchaytiradi, tezlashtiradi va hazm qilishni yaxshilaydi. Tirik organizmda ko‘pgina tizimlarning va organlarning ish faoliyatini yaxshilaydi. Ularni o‘z vaqtida, hayvonlarga to‘g‘ri tashxis qo‘yib, qo‘llanilsa kasal mollarning tashqi muhitning yomon ta’sirlariga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi, immunitetini mustahkamlaydi. Ayniqsa, yosh hayvonlar, parrandalar va bo‘rdoqiga boqilayotgan, qari hayvonlardan juda ko‘p iqtisodiy foyda olish mumkin.
Antibiotiklarni birinchi topilgan yillardan boshlab, ularning quyidagi xususiyatlarini o‘rganishdan boshlangan:
A) bakteriostatik – mikroorganizmlarning taraqqiyoti yoki o‘sishini susaytirish;
B) bakteriotsid – mikroorganizmlarga o‘ldiruvchi ta’siri;
V) bakteriolitik – mikroorganizmlarni eritib yuborishi (lizis holatiga olib borishi).
Hozirgi davrga kelib ularni qo‘llash, kasal hayvonlarni davolash va ularning oldini olishda antibiotiklar keng-ko‘lamda ishlatilib kelinmoqda. Ushbu jarayon o‘simlikshunoslikda va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida ham qo‘llanilib kelinmoqda.
Qisqacha antibiotiklardan foydalanilib kelayotgan tarmoqlarni aytib o‘tamiz:

  1. O‘simlikshunoslikda.

  1. Chorvachilikda.

  1. Veterinariyada.

  2. Oziq-ovqat sanoatida.

  3. Konserva sanoatida.

  4. Sut va sut mahsulotlarini saqlashda.

Oxirgi 60 yil davomida antibiotiklarni o‘simliklarda fitopatogen mikroorganizmlar (viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar, oddiy mikroblar va boshqa) chaqiruvchi kasalliklarning oldini olish va davolashda qo‘llanilib kelinmoqda. Fitopatogen organizmlar tuproqda, o‘simliklarning barcha qismlarida, urug‘i, issiqxona va boshqa joylarda ham uchraydi.
Antibiotiklarni tez buziladigan oziq-ovqatlarni saqlash maqsadida ham keng qo‘llanilib kelinmoqda. Shu maqsadda har xil fizik va kimyoviy usullar ham qo‘llaniladi. Ayniqsa 1943 yildan boshlab konserva sanoatida qo‘llanilib kelinmoqda. Antibiotiklarni go‘sht, baliq va parrandalarda mikroblarni yo‘q qilish maqsadida qo‘llaniladi, chunki ular ushbu mahsulotlarda juda tez ko‘payib ketib, ularni buzilishiga olib keladi.
Antibiotiklarni qo‘llagandan keyin ularning buzilishi ancha kech bo‘ladi, ovqatni ancha kundan keyin ham saqlash mumkin. Dorilarni qo‘llash ayniqsa, baliqni uzoqroq saqlash uchun ko‘proq kerak bo‘ladi. Sut va sut mahsulotlarining buzilishidan saqlash uchun ham keng qo‘llanilib kelinmoqda.
Chorvachilikda antibiotik dorilarni ko‘pgina qishloq xo’jalik hayvonlari va parrandalarning semirtirishni tezlashtirish xossalari borligi aniqlandi. Yana bir ahamiyati antibiotiklar kichik dozalarda qo‘llanganda yangi tug‘ilgan va yosh hayvonlarda chiqim (o‘lim, majburiy so‘yilish) kam bo‘lishi isbotlandi. Undan tashqari preparatlar optimal doza va kombinatsiyalarda yosh hayvonlarning tez o‘sishi va kombinatsiyalarda yosh hayvonlarning tez o‘sishi va taraqqiyotini ancha tezlashtiradi. Bu faktor esa oziqaning 5-10% kam xarajat qilishga olib keladi. Ushbu hayvonlar kasalliklarga, ayniqsa miroorganizmlar chaqiruvchilariga kam chalinadi. Ularning eng qulay tomoni va iqtisodiy samaradorligi oziqa bilan berishdir, oziqaga qo‘shib berilganda hayvon organizmiga hech qanaqa ziyoni bo‘lmaydi va mahsulot sifatini buzmaydi.
Bizning Respublikamizda ham bo’rdoqiga boqish punktlarida, yangi tug‘ilgan buzoqlar, qorako‘l va boshqa qo‘ylar qo‘zilari, cho‘chqa bolalari va inkubatsiyadan keltirilgan jo‘jalarni o‘stirish va boqishda ko‘p qo‘llanilib kelinmoqda.

Yüklə 2,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin