Vetinariya 2016. pmd



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/54
tarix10.03.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#87243
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54
veterinariya jarrohligi

 
12-rasm. Axtalashda 
mayda hayvonlarni 
fiksatsiya qilish 


42 
ozuqa berib, uni boshqa tomonga chalg‘itiladi. Operatsiya olib 
boruvchi jarroh hayvon orqasida turadi. 
Bichishning yopiq usuli – urug‘don tizimchasini teri ustidan 
ezish – urug‘donning qon bilan ta’minlanishi va innervasiya qobi-
liyatini yo‘qotish. Bunday axtalashni o‘tkazish uchun chap qo‘l 
bilan yorg‘oq bo‘yni ushlanadi, urug‘don chilvirni paypaslab shish-
gan joyi topib olinadi va loteral tomonga qarab tortiladi, so‘ngra 
uning ustiga Burdisko qisqichi bosiladi, teri ustidan urug‘don 
tizimchasi qisiladi va 0,5–1 minut ushlab turiladi, keyin asbobni 
1,5–2 sm pastga qarab ko‘chiriladi va yana ikkinchi marotaba 
qisiladi. Bundan keyin ikkinchi tomondagi urug‘don bez chilviriga 
o‘tiladi. Teletnikov yoki Xanin-Tinibekov qisqichlari bilan urug‘-
don chilvirini odatga ko‘ra faqat bir marotaba, mumkin qadar 
urug‘donga yaqinroq (tomir tonusini atrofida) bosiladi. Agar 
mo‘ljallangan ish to‘g‘ri bajarilsa, qirsillash tovushi eshitiladi, 
chilvirning uzilganligini bildiradi. Agar qirsillash eshitilmasa, unda 
qisqichni faqat 1,5–2 sm yuqoriga qarab siljitiladi. Ikkinchi 
tomonida ham shu harakat qaytariladi. Qisqich qo‘yilgan joyda 
chilvirning uzilgan uchlari oralig‘ida chuqurcha hosil bo‘ladi, 10–
15 minut o‘tgach bu chuqurchada gematoma yuz beradi. 
Bir oydan keyin natija tekshiriladi. Agar urug‘don hajmi kamay- 
magan bo‘lsa, unda amalga oshirilgan ish qaytadan takrorlanadi. 
Sun’iy kriptorxizmni amalga oshirishi – 1,5–2 oylik buzoqcha-
larda urug‘donlarini yuqori qin kanaliga kiritib, yorg‘oq yuqorisida 
elastrator (amputator) yordamida rezinadan halqa tayyorlab o‘r-
natish. 15 kun o‘tgandan keyin yorg‘oqning distal qismi ajralishi oqi-
batida urug‘donlar rivojlanmaydi. Bu usul AQSHda ishlab chiqilgan. 
Bichishning ochiq usuli: 1) 
ligatura qo‘llab axtalash. Hay-
von orqasida turib yorg‘oqni 
bor narsasi bilan ushlab uni ikki 
son oralig‘iga tortiladi va yor-
g‘oq kaudal tomonlaridan urug‘-
donning hamma qavatini va 
umumiy qin bog‘lamini (13-
rasm) kesiladi, so‘ngra pastidan

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin