40
Erkak hayvonlarni bichish usullarining umumiy xususiyati.
Erkak hayvonlarni bichishning usullari juda ko‘p. Lekin asosiy usul
qonli va qonsiz (perkutan) usuldir. Bularning har biri o‘ziga xos
bo‘lib, biri boshqasidan texnik bajarilishi jihatidan ajralib turadi
(11- rasm).
Qonli bichish usuli eng ko‘p tarqalgan bo‘lib hamma hayvon
turlarida qo‘llanadi. Bu usulda moyak bezi va uning ortig‘i to‘la-
ligicha olib tashlanadi. Asosan, ochiq va yopiq usullar qo‘llaniladi.
Birinchi usulda yorg‘oqni kesgandan so‘ng
umumiy qin pardasi
kesiladi. Ichidan moyak bezi chiqarib olinadi va u bilan birga uning
ortig‘i ham olib tashlanadi. Ikkinchi usul bo‘yicha umumiy qin
pardasi kesilmasdan butun qoldiriladi, urug‘don
bezi va uning
ortig‘ini o‘rab olgan umumiy qin pardasi bilan birga qo‘shib
hammasi kesib olib tashlanadi. Jinsiy bez elementlarini qisman olib
tashlashning asosiy maqsadiurug‘don bezidan urug‘ suyuqligining
chiqishini taqiqlash. Yuqorida keltirilgan usullarni mazmuniga
ko‘ra jinsiy sterilizatsiya deyish mumkin. Uning ikki usuli ko‘p
tarqalgan:
a) jinsiy bezlar parenximasini olib tashlash (ekspression axta-
lash)
ularning, asosan, biriktiruvchi to‘qimasi va moyak ortig‘ini
saqlab qolish;
b) tuxumdon dum ortig‘i rezeksiyasi – ba’zan bu usul qo‘chqor
va buqalarda qo‘llanadi.
Qonsiz (perkutan) bichish usullari, bichishning mahsuldorligi.
Hayvonlar uchun bu keng tarqalgan usul hisoblanadi. Uning teri
ostidan jinsiy bez chilviri butunligini yoki urug‘don bezini buzish
kabi ikki asosiy usuli mavjud.
Dostları ilə paylaş: