30
Igna tutqichlar – ignalarni to‘qimalardan teshib o‘tkazishda,
fiksatsiya qilish va jarroh haroratini ignaga yo‘naltirishga mo‘ljal-
langan Troyanov, Matye, Gegar igna
tutqichlari jarrohlik amali-
yotida keng tarqalgan bo‘lib, ular bir-biridan tuzilish jihatidan farq
qiladi. Igna tutqich uchining o‘rta, kengaygan qismi bilan o‘rnatil-
gan igna qisib mustahkam ushlanadi.
Jarrohlik pinsetlari: jarohat chetlaridan igna sanchib o‘tkaz-
ganda fiksatsiya qilishda yordam beradi.
Laboratoriya mashg‘uloti.
Chok turlari. Organ va to‘qimalarning fizik-mexanik sifatiga,
funksional ish bajarish xarakteriga va ular butunligining buzilish
darajasiga bog‘liq holda jarrohlik choklarining xilma-xil turlari
taklif qilingan. Bularning barchasi ikki asosiy turga:
uzlukli va
uzluksiz choklarga bo‘linadi.
Oddiy tugunli chok – har biri 15–25 sm uzunlikda kesilgan
alohida iplar olinadi. Jarohat lablari pinset bilan fiksatsiya qilinib,
ip o‘tkazilgan igna jarohat labidan 0,5–1,5 sm uzoqlikdan suqiladi,
teshib o‘tkazilgandan so‘ng, ignani jarohatning ikkinchi labining
ichki yuzasidan suqib, 0,75–1,5 sm uzoqlikdan chiqariladi. Har bir
ip o‘tkazilgandan keyin jarohat lablari bir-biriga to‘g‘rilanib, lab-
larning yonbosh tomonida bog‘lanadi.
Vaziyatli (situatsionniy) chok – lablari to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan
uzun jarohatlarni tikishda foydalaniladi. Birinchi chok bog‘lamini
jarohatning o‘rtasiga qo‘yib, keyin
har tomonidan bittadan chok
qo‘yiladi, so‘ngra shu usulda davom ettiriladi.
Yostiqchali chok – lablari bir-biridan uzoq, taranglashgan jaro-
hatlarni yopishga mo‘ljallangan. Yo‘g‘on, qattiq ipak ipni igna te-
shigidan uchlarini bir-biriga teng qilib o‘tkaziladi. Halqani jarohat-
ning qarama-qarshi tomoniga o‘tkazib, igna teshigidan chiqariladi.
Hamma choklarning halqasiga rezina trubka yoki dokali tampon
qo‘yib, ip uchlari tortib bog‘lanadi.
Halqasimon chok – to‘qimalarni yorilib ketishdan saqlaydi. Uni
jarohat terisiga, muskullar nuqsoniga,
kuchli taranglashib turgan
aponevrozlarga qo‘yiladi.
31
Terida qavatlar hosil qiluvchi choklar – kindik dabbalarida
operatsiya o‘tkazilganda qo‘l keladi. Teriga tugunli chok qo‘yiladi,
oxirgi chokdan keyin ustiga doka qavati quyilib uning ortiqcha
qismi alohida tugunli chok bilan tikiladi.
Uzluksiz choklar – teri jarohatining lablari keng ochilmaganda,
qorin devorida chuqur choklar qo‘yishda, yirik hayvonlarda katta
qorin va yo‘g‘on ichaklar jarohatlarini yopishda qo‘llaniladi.
Mo‘ynado‘zli chok – birinchi bog‘lamga jarohatning burchagida,
ignaning teridan chiqqan joyida tugun qo‘yiladi. Keyingilari jarohat
labidan bir xil uzoqlikda o‘tkazilib boriladi. Ip bo‘shab ketmasligi
uchun yordamchi ipni har teshib o‘tkazilgandan keyin yengil tortib,
jarohat lablarining teng va qattiq tortilib turishini ta’minlaydi.
Oxirgi bog‘lamda ip jarohat labidan ikki qavat qilib o‘tkazilib,
ikkinchi tomondan qolgan ipning uchiga tortib bog‘lanadi.
Matrasli chok – chok bog‘lamlari kesib ketish xavfi bo‘lgan
to‘qimalarga qo‘yiladi.
Xaltachali chok – uncha katta bo‘lmagan yumaloq jarohatlarga
hamda tabiiy teshiklarni vaqtincha yopishda qo‘llaniladi. Ipni jaro-
hat yoki teshik lablariga parallel yo‘nalishda ignani teri qatlamiga
sanchib-chiqarib, ipning oxirgi uchlari tortib bog‘lanadi (5-rasm).
Ichaklarda qo‘yiladigan choklar. Bu turdagi choklar serozli par-
da bilan qoplangan, kovak organlarga quyiladi. Ichaklarga chok qo‘-
yish bir-biriga tegib turgan serozli pardalarning
tomirlardan sizib
chiqqan fibrinlar yordamida tezda yopishib, bitishiga asoslangan.
Chokni serozli parda tomondan qo‘yib igna ichakning kesilgan che-
tidan 5–8 mm uzoqlikda suqib, 1–2 mm qoldirib chiqariladi, ichak
labining ikkinchi tomonidan teskari tartibda o‘tkaziladi. Ip va igna
muskul qavatining ichidan o‘tadi. Iplarni bog‘langanda serozli par-
dalar bir-biriga tegadi, yara uchlari ichak ichiga qaytariladi (6-rasm).
Shmiden choki – katta qorin va shirdonda, yo‘g‘on ichaklarda
operatsiya o‘tkazilganda qo‘llaniladi.Bu uzluksiz chok bo‘lib, bi-
rinchi qo‘yilgani bog‘lanib, uning qolgan qismlari shilimshiq parda
tomonidan igna suqilib, organ devorining hamma qavatlari teshib
o‘tkaziladi. Yordamchi ipni tortib ushlab, yara lablari ichiga qay-
tishi va serozli pardalarning yopishishini ta’minlaydi.
32
Pirogov – Cherninning ikki qatorli choki –
siydik pufagi devoriga qo‘yiladi (7-rasm).
Birinchi qatorni qo‘yishda ignani serozli
parda
tomonidan suqib, jarohat yorig‘idan
muskul va shilliq parda oralig‘idan chiqa-
riladi, so‘ngra jarohatning ikkinchi labidan
yuqorida qayd qilingandek qatlamlar ora-
sidan ignani suqib, serozli yuzadan
chiqariladi va ip uchlari
bog‘lanadi. Ikkinchi qator chokni Lashber usuli bilan qo‘yiladi.
Paylarga qo‘yiladigan choklar – shikastlangan muskullarning
chuqur pay qatlamlariga novakain in’eksiyasidan yoki narkoz
o‘tkazilgandan so‘ng (ular to‘liq bo‘shashadi) qo‘yiladi. Tikuv
materiali sifatida sulema eritmasiga
botirib olingan ipak yoki
lavsanli ipdan foydalaniladi. Chok qo‘yishdan oldin pay uchlari
tozalanib qon to‘xtatuvchi pinset yordamida ushlanadi. Dastlab, ip
payning bir uchidan, to‘g‘ri burchak bo‘ylab, uzunasiga o‘qi orqali
chok qo‘yiladi. So‘ngra ikkinchi marotaba ip uchlarini 45
o
burchak
bilan o‘tkaziladi. Payning ikkinchi uchiga yuqoridagiga teskari tar-
tibda chok qo‘yilib, pay bo‘laklari tortiladi va ip uchlari bog‘lanadi.
Tixonin choki – yirik hayvonlarda paylar uzilgan hollarda qo‘l-
laniladi. Pay uchlari uchta har xil tekislikka qo‘yilgan uch dona sir-
kularli bog‘lamlar orqali birlashtiriladi. Birinchi bog‘lam payning
a b d
Dostları ilə paylaş: