29
modda va penitsillin saqlovchi gemostatik gubkalar (biologik
antiseptik tampon) ishlab chiqilgan.
To‘qimalarni biriktirish usullari
Jarohatlarning bitish muddatini qisqartirish uchun ularga tinch
sharoit yaratiladi va jarohat yuzasini tashqi ta’sirotlardan: shamol-
lash, mexanik vosita va patogenetik mikroorganizmlarning tushib
qolishidan saqlash uchun buzilgan to‘qimalar biriktiriladi. Jarohat-
larning bitishi uchun eng yaxshi sharoit jarohat chetlarini yaqin-
lashtirib tikishdir. Agar jarohatni to‘liq yopishning iloji bo‘lmasa,
u qisman tikib qo‘yiladi. Jarohatda yot moddalar bo‘lganda, mexa-
nik ifloslanish va jarohat infeksiyasi rivojlanishi belgilari kuza-
tilganda bunday jarohat berkitilmasdan ochiq usul bilan davolanadi.
Asbob-uskunalar – tikuv materiallarini to‘qimalar orasidan
teshib o‘tkazish uchun jarrohlik ignalaridan foydalaniladi. Ular
to‘g‘ri va egilgan, yumaloq va uch qirrali bo‘lib, prujinali, vilka
shaklidagi quloqchaga ega. Yumaloq kesimli ignalar ichki organ-
larda o‘tkaziladigan operatsiyalarda, uch qirrali jarrohlik ignalarini
teri, muskul va fassiyalarga chok qo‘yilganda ishlatiladi (4-rasm).
Iplarni qon tomir va boshqa to‘qimalar atrofidan aylantirib
o‘tkazish uchun dastasi katta, uchi o‘tkir va kengaytirilgan uchining
o‘rta qismida ligatura o‘tishi uchun teshigi bo‘lgan – Deshan ignasi
qo‘llaniladi. Jarrohlik amaliyotida Kovach tomonidan taklif qilgan
igna dastasiga tikuv materiali o‘raydigan g‘altak o‘rnatilib, terilarga
chok qo‘yishda bir marotaba tayyorlash bilan to‘qimalar tikiladi.
Dostları ilə paylaş: